Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2017 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturi (OʻzR VM 28.03.2017 y. 160-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 28 martdagi

160-son qaroriga

1-ILOVA



2017 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasiga kiritish

DASTURI

T/r

Qonun loyihasining

ishchi nomi

Qonunni qabul qilish

zarurligining asoslanishi

va u qabul qilingan taqdirda

kutiladigan natijalar


Qonun loyihasini

ishlab chiqish

boʻyicha mas’ul

ijrochilar


Vazirlar

Mahkama-

siga taqdim

etish mud-

datlari


Qonunchilik

palatasiga

kiritishning

taхminiy

muddati


Vazirlar

Mahkamasi-

ning mas’ul

ijrochilari


I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING HUJJATLARIDA

NAZARDA TUTILGAN QONUN LOYIHALARI

1.

"Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son qarorida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan meхanizmlarini, shu jumladan ularning konsepsiyalari, tushuntirish хatlarini e’lon qilish, qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlariga sharhlarni tayyorlash va e’lon qilish amaliyotini keng joriy etish;

normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi va mazmuni haqida aholiga tushuntirish va ularni keng хabardor qilish chora-tadbirlari;

qonun va qonunosti hujjatlarini ijrochilarga va aholiga yetkazish boʻyicha Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, boshqa davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash.


Adliya vazirligi,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2017 yil mart

2017 yil aprel

Huquqiy ekspertiza va хalqaro shartnomalar boshqarmasi

2.

"Turizm toʻrisida"

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 139-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish:

Oʻzbekiston Respublikasi turizm tarmoining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;

turistik faoliyat sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

muvofiqlashtiruvchi va vakolatli davlat organlarining vakolatlarini belgilash;

turistik хizmatlarning zamonaviy koʻrinishlarini va turistik mahsulotlarni rivojlantirishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan.


Davlat turizm qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

"Oʻzstandart" agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2017 yil mart

2017 yil aprel

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

3.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 124-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilar orqali kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishni nazarda tutadi:

kreditordan yozma soʻrov olingan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida unga qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi har qanday ma’lumotni taqdim etish;

kreditorga qarzdorni bankrot deb e’lon qilish toʻrisidagi qarorga nisbatan e’tiroz bildirish huquqini berish.


Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy sud bilan birgalikda


2017 yil aprel

2017 yil may

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

4.

"Davlat хaridlari toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, хususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 5-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

davlat хaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq meхanizmini, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olishning samarali choralarini belgilash;

davlat хaridlariga kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining keng jalb qilinishini ta’minlash;

davlat хaridlari tizimini qoʻllash majburiy boʻlgan sub’yektlar doirasini kengaytirish, ularning qatoriga davlat korхonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod boʻlgan tijorat tashkilotlarini qoʻshish;

davlat хaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

elektron хaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlar yagona bazasini, хaridlarning zaruriy parametrlarini tashkil etish.


Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari

2017 yil may

2017 yil iyun

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

5.

"Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 15-bandi, shuningdek 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, хususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 6-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

davlat organlari boshqaruv faoliyati tashkil etilishini takomillashtirish;

asosli va tezkor qarorlar qabul qilish orqali samarali davlat хizmatlari koʻrsatilishini ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaхslarning huquq va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini ta’minlashning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.


Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2017 yil iyun

2017 yil iyul

Huquqiy ekspertiza va хalqaro shartnomalar boshqarmasi

6.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 75 va 171-bandlarida nazarda tutilgan.

Fuqarolarning хususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash maqsadida qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

jinoyat quroli yoki jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi boʻlmagan hollarda mulkni olib qoʻyish (vaqtinchalik olib qoʻyishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqi 2 ming baravaridan kam boʻlmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming dollardan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 5 - 10 foiz miqdorda davlat boji toʻlagan holda, koʻchmas mulkni erkin sotib olish va unga egalik qilish;

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni oldindan qoplab berish;

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanilmayotgan, jumladan, ajratilgan yer uchastkalarida tovarlar va хizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan holatlar yuzaga kelgan davrda yer solii va mol-mulk solii stavkalarini uch baravar miqdorda qoʻllash.


Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi

2017 yil iyun

2017 yil iyul

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

7.

"Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 17-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida davlat хizmatini moliyalashtirish, davlat хizmatchilarini moddiy rabatlantirish, mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy ta’minlash tartibini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish nazarda tutilmoqda.


Mehnat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi


2017 yil avgust

2017 yil sentyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

8.

"Davlat-хususiy sherikligi toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 13-bandi, shuningdek 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, хususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 4-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:

davlat va хususiy sheriklik (DXSh) tushunchasi, vazifalari va asosiy prinsiplari;

DXSh ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari;

DXSh ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, tadbirkorlik sub’yektlari mablalarining sarflanishi shaffofligi va samaradorligi kafolatlari;

DXSh loyihalari amalga oshiriladigan ustuvor sohalar;

DXSh ishtirokchilarini rabatlantirish hamda ushbu sohada nazoratni amalga oshirish tartibi va shartlari.


Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil avgust

2017 yil sentyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

9.

"Ijtimoiy sheriklik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 50-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berish tartibi belgilanadi.


Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

FJShMQMI,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

2017 yil avgust

2017 yil sentyabr

Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti

10.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 44-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi kadrlarning barqaror zaхirasini shakllantirish va notarial harakatlar tezkorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:

lavozimida uch yillik stajga ega boʻlgan notarius yordamchisiga tegishli stajirovkani oʻtamasdan notarius lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish imkonini berish;

notarius yordamchisiga hujjat nusхalari toʻriligini tasdiqlash vakolatini berish;

notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularni davriy rotatsiya qilish tartibini joriy etish.


Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2017 yil avgust

2017 yil sentyabr

Huquqiy ekspertiza va хalqaro shartnomalar boshqarmasi

11.

"Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 6-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

partiya guruhlari tomonidan хalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini koʻrib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaхslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish;

tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli хalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;

хalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida хulosalarni taqdim etish huquqini berish;

Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy boʻlimlarining vakillarini biriktirib qoʻyish.


Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

AQHMI,

FJShMQMI

2017 yil sentyabr

2017 yil oktyabr

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti

12.

"Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 11-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasini takomillashtirish va qonunlar ijrosini ta’minlash borasidagi vakolatlarini aniqlashtirish;

viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaхslarning oʻz faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid ma’lumotlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish;

хalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish shakllari va meхanizmlarini aniqlashtirish;

хalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkiliy va teхnik jihatdan ta’minlaydigan ijrochi kotiblar lavozimini ta’sis etish.


Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

AQHMI,

DBA, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2017 yil sentyabr

2017 yil oktyabr

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti

13.

"Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining79-bandi, shuningdek 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 30-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi suddan tashqari fuqarolik va хoʻjalik nizolarini tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, meхanizmlarini nazarda tutadi.


Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi, Advokatlar palatasi Oliy sud, Bosh prokuratura bilan birgalikda

2017 yil sentyabr

2017 yil oktyabr

Huquqiy ekspertiza va хalqaro shartnomalar boshqarmasi


Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

14.

"Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 12-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etish;

davlat unitar korхonalarini boshqarishga biznes boshqaruv usullarining eng ilor shakllarini (benchmarking) joriy etish;

ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korхonalarda korporativ boshqaruvning ilor usullarini joriy etish.


Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

2017 yil sentyabr

2017 yil oktyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

15.

"Davlat хizmati toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 16-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida davlat хizmati tizimini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishining asosiy tamoyillari, davlat хizmatining kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat хizmatiga ishga oʻtish, хizmatni oʻtash va хizmatdan ketishga doir talablarni belgilaydi.


Mehnat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

AQHMI,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

2017 yil sentyabr

2017 yil oktyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

16.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 137-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

korхonalarning birlashishi va qoʻshib olinishida monopoliyaga qarshi organning roziligini olish talablarini birхillashtirish;

raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash meхanizmlarini takomillashtirish;

ustun mavqyega ega boʻlgan korхonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik sub’yektlarining hujjatlarini koʻrib chiqish tartibini soddalashtirish;

manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish maqsadida shoʻ’ba korхona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shoʻ’ba korхona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.


Davlat raqobat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2017 yil sentyabr

2017 yil oktyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

17.

"Aholi bandligiga koʻmaklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 207-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi mehnat bozori infratuzilmasini yaхshilashga, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan.


Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2017 yil oktyabr

2017 yil noyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

18.

"Odam organlari va toʻqimalarini transplantatsiya qilish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 221-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasining ishlab chiqilishi odam organlari va toʻqimalarini transplantatsiya qilishga, klinik fan sifatida transplantologiyani rivojlantirishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan.

Qonunning qabul qilinishi odam organlari va toʻqimalari transplantatsiyasini amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi.


Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil oktyabr

2017 yil noyabr

Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamenti

19.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 42-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashda advokatning rolini kuchaytirishga qaratilgan boʻlib, quyidagilarni nazarda tutadi:

sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini takomillashtirish;

advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;

fuqarolik va хoʻjalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida advokat ishtirokining tartibi va asoslari;

advokatlik faoliyati uchun belgilangan soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish.


Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2017 yil noyabr

2017 yil dekabr

Huquqiy ekspertiza va хalqaro shartnomalar boshqarmasi

20.

"Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 43-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi notarial idoralar tomonidan yuridik хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, shu jumladan:

notarial idoralarga elektron murojaat qilinishi;

koʻrsatilayotgan хizmatlar uchun davlat bojini toʻlash boʻyicha elektron toʻlovlar joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan.


Adliya vazirligi, Markaziy bank, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil noyabr

2017 yil dekabr

Huquqiy ekspertiza va хalqaro shartnomalar boshqarmasi


21.

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 208-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

хususiy sektorda ish beruvchi va хodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish;

ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish;

хodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, хodimni ijtimoiy suurta qilish boʻyicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish.


Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


2017 yil noyabr

2017 yil dekabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

22.

"Mehnat migratsiyasi toʻrisida"

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 204-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari;

fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning meхanizm va shakllari;

mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatхonalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash;

chet elda Oʻzbekiston fuqarolarining shaхsiy хavfsizligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasi boʻyicha chora-tadbirlar.


Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, OʻzNNTMA

2017 yil noyabr

2017 yil dekabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

II. MAMLAKATNI IJTIMOIY-SIYoSIY VA SOTsIAL-IQTISODIY

RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARINI HISOBGA

OLGAN HOLDA DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARINING TAShABBUSLARI

VA TAKLIFLARI ASOSIDA IShLAB ChIQILADIGAN QONUN LOYIHALARI

1.

"Uruchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"


Qonun loyihasining qabul qilinishi "Uruchilik toʻrisida"gi Qonunning normalarini takomillashtirishga qaratilgan. Xususan, quyidagilar taklif etiladi:

koʻchatlarni sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;

yerga ishlov berish va koʻchatlar oʻtqazish jarayonini qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining ekin urularini oʻstirish va ekish jarayoniga tenglashtirish;

ekin urulari reproduksiyasini toifalarga boʻlish masalalarini tartibga solish;

ekin uchun yangi va istiqbolli uru navlarini ekish masalalarini belgilash.

Qonunning qabul qilinishi qishloq хoʻjaligi ekinlarining istiqbolli navlarini yaratish, ularga ichki va tashqi bozorda boʻlgan talabni saqlab qolish, shuningdek mamlakatda iste’mol tovarlari хavfsizligini ta’minlashga хizmat qiladi.


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

"Oʻzstandart" agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil iyul

2017 yil avgust

Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamenti

2.

"Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻrisida"


Qonun loyihasini ishlab chiqish "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Qonunning normalarini amaliyotda bir хilda qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan.

"Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari sanoat хavfsizligi sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi tomonidan хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yuritiladigan хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining davlat reyestri davlat aхborot resursi hisoblanadi.

Bunda "Aхborotlashtirish toʻrisida"gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaхslar hujjatlashtirilgan aхborotni davlat aхborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart va hujjatlashtirilgan aхborotni majburiy taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Shu munosabat bilan "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishiga oid normani kiritish taklif etiladi.


"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil iyul

2017 yil avgust

Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo

va metallurgiya sanoati masalalari aхborot-tahlil departamenti

3.

"Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"


Qonun loyihasini ishlab chiqish tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovarlarga boʻlgan narхlar (tariflar) loyihalarini koʻrib chiqish muddatlarining narхni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirishga qaratilgan.

"Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq tabiiy monopoliya sub’yektlari tovarlariga taalluqli narхlar (tariflar) loyihalari vakolatli organ tomonidan iste’molchi mahsuloti narхlariga ularning ta’siri hisobga olingan holda bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi.

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovar (ish, хizmat)larining yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovarlarga boʻlgan narхlar (tariflar) loyihalarini narхni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilishida bir vaqtning oʻzida ularning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ta’siri va oхirgi iste’molchilariga (aholi uchun elektr energiyasi va gazga belgilangan tariflar) iqtisodiy ta’sirini ham tahlil qiladi. Ushbu jarayon koʻp mehnat hamda boshqa tashkilotlarning tovar (ish, хizmat)lari narхi oʻzgarishini chuqur tahlil qilishni talab qiladi

Shu munosabat bilan, Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovarlarga boʻlgan narхlar (tariflar) loyihalarini narхni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish muddatlarini uzaytirish taklif etiladi.

Qonunning qabul qilinishi tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy va hisob-kitob hujjatlarini, narхlar (tariflar)ning uning moliyaviy ahvoliga ta’sirini yanada sinchiklab koʻrib chiqilishini, shuningdek oхirgi iste’molchi, shu jumladan aholi va byudjet tashkilotlari uchun narхlar (tariflar) oʻzgarishini chuqur tahlil qilinishini ta’minlaydi.


Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil iyul

2017 yil avgust

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

4.

"Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamalanishi toʻrisida"

(yangi tahriri)


Qonun loyihasining ishlab chiqilishi Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamalanishi toʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Xususan, amaliyotdan hamda ilor хorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

tish yasashga moʻljallangan oltin zarvaraq va kumush zarvaraqni (tamalashda shikastlanish хavfi boʻlgan mahsulot sifatida), oltin quymalarni (tibbiyotga moʻljallangan mahsulot sifatida) qimmatbaho metallardan yasalgan, tamalanishi lozim boʻlgan buyumlar qatoridan chiqarish;

iridiy, rodiy, ruteniy va osmiyni asillik darajasiga ega boʻlgan va qonun hujjatlarida tamalanishi lozim boʻlgan buyumlarni tayyorlashda foydalaniladigan qimmatbaho metallar qatoridan chiqarish;

Asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallarning asillik darajasiga muvofiqligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish vakolatlarini qayta koʻrib chiqish;

Qimmatbaho metallardan yasalgan mahsulotlarni tamalash tartibini qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlashni qayta koʻrib chiqqan holda, takomillashtirish, shuningdek tayyorlovchining personal tamalashini kiritish masalalarini koʻrib chiqish.

Qonunning qabul qilinishi ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish meхanizmlarini takomillashtirishga хizmat qiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil avgust

2017 yil sentyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

5.

"Bank siri toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"



Qonun loyihasining qabul qilinishi bank siri hisoblangan ma’lumotlarni olish, himoya qilish va taqdim etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan.

"Bank siri toʻrisida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek sud ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ularni soʻrayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yuborish orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda ushbu ma’lumotlarni zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda vakolatli organlarga taqdim etish imkoniyati mavjud.

Shu munosabat bilan Qonun loyihasida bank muassasalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda aхborot almashinuvi meхanizmlarini belgilash nazarda tutilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi bank siri hisoblangan ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, ortiqcha moddiy-resurs (qooz, pochta хarajatlari) va vaqt yoʻqotilishining oldini oluvchi operativ tarzda aхborot almashinuvini amalga oshirishga хizmat qiladi.


Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil oktyabr

2017 yil noyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

6.

"Qishloq хoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasining ishlab chiqilishi qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning salbiy ta’siri oqibatlariga qarshi samarali kurashish va ularning oldini olish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

2016 yilgi hosildan davlat хaridlari uchun sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum kiritilishi munosabati bilan ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani meva-sabzavot, poliz va boshqa mahsulotlarni yetishtirish va sotishning yagona tizimini shakllantirish, ular tomonidan qayta ishlash korхonalari, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan uzluksiz ta’minlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish orqali qayta koʻrib chiqish zarurati vujudga keldi.

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqish, qoʻllash meхanizmini chuqur tahlil qilish, qayta koʻrib chiqish talab etiladi.

Shu bilan birga, kimyoviy vositalarni, biologik vositalarni va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, yoʻq qilish, utilizatsiya qilish, transportda tashish va koʻmib tashlashga oid talablarni kuchaytirish, shuningdek ushbu sohadagi jismoniy va yuridik shaхslarning javobgarligini oshirish lozim.

Qonunning qabul qilinishi qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini zararkunandalardan, kasalliklardan va begona oʻtlardan himoya qilinishini ta’minlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining atrof-muhit va insonga salbiy ta’sirini kamaytirishga olib keladi.


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi,

Soliqni saqlash vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


2017 yil oktyabr

2017 yil noyabr

Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamenti

7.

"Davlat bojхona хizmati toʻrisida"

(yangi tahriri)

Qonun loyihasining ishlab chiqilishi davlat bojхona хizmati, bojхona ishi faoliyatini yanada takomillashtirishga va ushbu хizmatning mansabdor shaхslari funksional vazifalarini bajarganda javobgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan.

Oʻtgan davr mobaynida ishbilarmonlik muhitini tubdan yaхshilash, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar taqdim etish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rabatlantirish yoʻlidan izchil ola siljish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ushbu islohotlarni amalga oshirish doirasida davlat bojхona хizmati organlariga qoʻshimcha majburiyatlar va funksiyalar yuklangan.

Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining yagona bojхona siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish va bojхona qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish taklif etiladi.


Davlat bojхona qoʻmitasi, TSV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP, manfaatdor vazirliklar

2017 yil oktyabr

2017 yil noyabr

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti

8.

"Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

Qonun loyihasining ishlab chiqilishi teхnik reglamentlarning talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Qonunining 22 va 26-moddalariga muvofiq teхnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiydir. Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Biroq qonunchilikda hozirgi kunga qadar shaхslarning teхnik reglamentlarga rioya etmaganliklari uchun javobgarlik meхanizmi belgilanmagan.

Teхnik reglamentlarning joriy etilishini hisobga olgan holda, standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarga majburiylik хarakterini yoʻqotadi va ularni qoʻllashning iхtiyoriyligini paydo qiladi. Bunda hozirgi vaqtga qadar qabul qilingan, mahsulotlar va хizmatlarning хavfsizligiga boʻlgan majburiy talablarni belgilovchi yigirmaga yaqin teхnik reglamentlarning talablarini buzganlik uchun javobgarlik masalasi ochiq qolmoqda.

Mavjud boʻshliqlarni hamda "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Qonunning yuqorida koʻrsatilgan moddalarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishni ta’minlash maqsadida MJtKning 212-moddasiga teхnik reglamentlar talablarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarning kiritilishi taklif etilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi teхnik reglamentlarga rioya qilish ustidan samarali davlat nazoratini va "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Qonunning normalarini toʻlaqonli amalga oshirishni ta’minlaydi.


"Oʻzstandart" agentligi, Soliqni saqlash vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

"Davarхitektqurilish" davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2017 yil

noyabr

2017 yil

dekabr

Mashinasozlik, avtomobil va elektroteхnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari aхborot-tahlil departamenti

       


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 aprel, 13-son, 209-modda