Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 1-2017-son, Xalq ta’limi vazirligining 23-son, Mehnat vazirligining 10-q/q-son "Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi 19.10.2016 y. Qarori (AV tomonidan 21.04.2017 y. 2834-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.04.2017 y.

N 2834-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

17.04.2017 y.

N 1-2017

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

17.04.2017 y.

N 23

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VAZIRLIGINING

17.04.2017 y.

N 10-q/q

QARORI



quv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun

mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga

qoʻshimcha kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat vazirligining 2016 yil 19 oktyabrdagi 5-2016, 12-mh, 34-q/q-son qarori (roʻyхat raqami 2834, 2016 yil 24 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 43-son, 508-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarining izohi quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

"3-1. Akademik litseylarga oʻqituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq toʻlashda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashulotlari olib boruvchi shaхslar uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.".


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

R. Kasimov

Xalq ta’limi vaziri

U. Inoyatov

Mehnat vaziri

A. Abduхakimov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 24 aprel, 16-son, 283-modda