Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2017 y. 187-son "Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2017 y.

N 187




UMUMIY OʻRTA VA OʻRTA

MAXSUS TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM

STANDARTLARINI TASDIQLASh TOʻRISIDA

4-ilova. Akademik litsey diplomining davlat namunasi


" Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, umumta’lim fanlarini oʻqitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Akademik litsey diplomining davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq;

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qoʻyiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

umumta’lim maktablarining boshlanich sinflari uchun filologiya fanlari va aniq fanlar boʻyicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 1 iyundagi PQ-363-son qarorida belgilangan darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan, multimediali disk ilovasi bilan ta’minlash esa - oʻqituvchilarni oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi asosida amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi:

ikki oy muddatda umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida oʻquv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazsinlar;

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yaratilayotgan oʻquv-metodik majmualarning oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishini ta’minlasinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yiliga qadar akademik litseylarning ta’lim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi taqdim etgan хarajatlar smetalari asosida umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’limning davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablarini, oʻquv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari diplom, sertifikat, akademik ma’lumotnomalari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablalarni belgilangan tartibda ajratsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 6 apreldagi

187-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 avgustdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi toʻrisida nizomning 8-bandi toʻqqizinchi хatboshidagi "tarmoq ta’lim standartlari" soʻzlari "akademik litseylar ta’lim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi toʻrisidagi nizomda:


a) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:

ichki nazorat - oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida oʻtkaziladi.

tashqi nazorat - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;

davlat-jamoat nazorati - ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;

yakuniy davlat attestatsiyasi - oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi".


b) 20-bandning ikkinchi хatboshidagi "tarmoq ta’lim standartlarini" soʻzlari "akademik litseylar ta’lim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi 124-son qaroriga 1-ilova "Umumiy qoidalar" boʻlimining oʻninchi хatboshi chiqarib tashlansin.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 6 apreldagi

187-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanadigan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida" 1999 yil 16 avgustdagi 390-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida" 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-son qarori)" 2012 yil 10 avgustdagi 243-son qaroriga ilovaning 1-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar boʻyicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 8 maydagi 124-son qarorining 2-bandi va unga 2-ilova.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 aprel, 14-son, 230-modda