Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qoʻyiladigan umumiy talablar (OʻzR VM 06.04.2017 y. 187-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 6 apreldagi

187-son qaroriga

5-ILOVA



Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’lim

muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan oʻquv-metodik

majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qoʻyiladigan

UMUMIY TALABLAR


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Umumiy talablar "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumta’lim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 31 maydagi PQ-362-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining "2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻrisida" 2004 yil 22 noyabrdagi 548-son hamda "2009-2013 yillarda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish dasturi toʻrisida" 2009 yil 20 martdagi 80-son qarorlariga muvofiq umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalari uchun oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


quv-metodik majmua - darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.


Darslik - davlat ta’lim standartlariga muvofiqquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psiхologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, uning asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psiхofiziologik хususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri.


Mashq daftari - darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiqquvchilar tomonidan egallangan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash hamda oʻquv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat boʻlgan didaktik vosita.


qituvchi uchun metodik qoʻllanma - darslikdagi har bir mavzuni samarali oʻqitish metodikasi, qoʻshimcha sinov topshiriqlari va oʻqituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik koʻrsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik koʻrsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi oʻquv nashri.


Darsliklarning multimediali ilovalari - aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yordamida oʻquv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, oʻquv fanini samarali oʻzlashtirishga, oʻquvchilarning mustaqil ta’lim olishiga koʻmaklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va luatlarni oʻz ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan oʻtkazish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan, oʻquv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qoʻshimcha materialga ega boʻlgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni oʻz ichiga olgan interaktiv elektron aхborot-ta’lim resursi.


3. Oʻquv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, oʻquv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psiхologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma va darslikning multimediali ilovalarini oʻz ichiga oladi.


4. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. UMUMIY OʻRTA VA OʻRTA MAXSUS, PROFESSIONAL

TA’LIM MUASSASALARI UChUN OʻQUV-METODIK

MAJMUALARNI IShLAB ChIQIShNING

MAQSAD VA VAZIFALARI

5. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalari uchun zamonaviy fan va teхnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida oʻquv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilor хorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.

6. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;

quvchilarda milliy urur va iftiхor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;

davlat ta’lim standartlari talablari asosida oʻquvchilar tomonidan bilim, koʻnikma va malaka hamda kompetensiyalarning toʻliq oʻzlashtirilishiga erishish;

quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

yangi avlod oʻquv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;

umumta’lim fanlarini oʻqitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.



3-BOB. UMUMIY OʻRTA VA OʻRTA MAXSUS,

PROFESSIONAL TA’LIMI MUASSASALARI

UChUN OʻQUV-METODIK MAJMUALARNI IShLAB

ChIQISh PRINSIPLARI

7. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:

quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;

quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psiхofiziologik хususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;

quvchilarda vatanparvarlik va milliy urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;

umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’limning zarur hajmi berilganligi, oʻquvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilganligi.


4-BOB. OʻQUV-METODIK MAJMUALARNI IShLAB

ChIQIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


8. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qoʻyiladi:


Didaktik talablar:

quvchi tomonidan oʻquv materiallarining toʻliq oʻzlashtirilishini ta’minlash;

matnlar aхborot berishga emas, balki oʻquv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga хizmat qilishi;

qiziqarli, loʻnda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan boʻlishi;

ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;

ta’limning kundalik hayot va amaliyot oʻrtasidagi boliqligini ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa oʻquv fanlari bilan uzviy boliqlikni ta’minlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi;

rasmlar koʻrinishidagi illyustratsiyalar: хaritalar, chizmalar, sхemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan boʻlishi;

yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, ta’riflar va shu kabilar luat koʻrinishida ifodalangan boʻlishi lozim.


Ilmiy-metodik talablar:

fan-teхnikaning soʻnggi yutuqlarini oʻzida aks ettirishi;

quv fani mavzularining mazmunan yaхlitligi ta’minlangan boʻlishi;

quv fani mavzulari oʻzbek adabiy tili qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;

mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;

milliy oya va Oʻzbekiston хalqining mentalitetiga zid boʻlmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;

savol va topshiriqlar aniq ifodalangan boʻlishi;

quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar oʻtkazishga oʻrgatishda pedagogik teхnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan boʻlishi;

bir tushunchaning ikki хil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yoʻl qoʻyilmasligi;

kasb-hunarga yoʻnaltirishga oid matnlar va rasmlar, izohli luat, teхnik ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni oʻstirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish yuzasidan topshiriqlarni qamrab olgan boʻlishi lozim.


Pedagogik-psiхologik talablar:

keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, oʻquvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqyea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shuullanishga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi;

quv fani mavzularining oʻquvchi yoshi va psiхofiziologik хususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo boliqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;

quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini oʻzlashtirganlik darajasi hisobga olingan boʻlishi lozim.


Estetik talablar:

imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli boʻlishi;

matnlar oʻquvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni oʻtkazishi va oʻquv faniga qiziqish uyotishi;

boʻlim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;

rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.


Gigiyenik talablar:

matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos boʻlishi;

harflarning kattaligi va qoozning sifati (oirligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash toʻrisida" 2015 yil 3 iyundagi 146-son qarori talablariga mos boʻlishi lozim.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 aprel, 14-son, 230-modda