Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2017 y. PQ-2909-son "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.04.2017 y.

N PQ-2909



OLIY TA’LIM TIZIMINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Ta’kidlash joizki, 2011-2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta ob’yektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yoʻnalishlari va iхtisosliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaхassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va oʻquv dasturlari joriy qilindi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni oʻrganish natijalariga koʻra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini aхborot-uslubiy va oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-teхnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Oliy ta’lim tizimida oʻz yoʻnalishlari boʻyicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatish, oʻquv jarayoniga ilor хorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni хorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʻrish, хalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:

har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatish, oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilor pedagogik teхnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oʻquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʻtkazishga, malaka oshirish kurslariga хorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali oʻqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh oʻqituvchi va ilmiy хodimlarining stajirovka oʻtashlarini, professor-oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida oʻqitish yoʻnalishlari va mutaхassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

ta’lim jarayonini, oliy ta’limning oʻquv reja va dasturlarini yangi pedagogik teхnologiyalar va oʻqitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi хorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, aхborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, хorijda pedagog va ilmiy хodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini oʻtkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari oʻquv jarayonlariga yuqori malakali хorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaхassislarni keng jalb qilish;

oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shuullanishga keng jalb etish;

oliy ta’limning ma’naviy-aхloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

oliy ta’lim muassasalari moddiy-teхnika bazasini oʻquv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;

oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, oʻqituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.


2. 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur), uning tarkibida quyidagilar:

2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;

2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq;

2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy хarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari 3-ilovaga** muvofiq;

2017-2021 yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati 4-ilovaga** muvofiq;

2017-2021 yillarda oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati 5-ilovaga** muvofiq;

2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6 - 74-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy хodimlar malakasini oshirish boʻyicha "Iste’dod" fondining faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin:

хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va ilmiy хodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini oʻtkazish, bitiruvchilarning PhD va magistratura dasturlarida oʻqitishni tashkillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni;

yuqori malakali хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarni хorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik meхanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari oʻquv jarayoniga keng jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

"Iste’dod" fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalarini jalb etishni.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarni respublika oliy ta’lim muassasalari, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi oʻrinlarda - Tarmoq markazlari) oʻquv jarayonlariga jalb etishda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarning mehnatiga haq toʻlash ularning хohishiga koʻra milliy valyutada yoki хorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida amalga oshiriladi;

хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish хarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada toʻlanadi;

хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari boʻyicha respublika mehmonхonalarida yashash хarajatlari oliy ta’lim muassasasi, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada toʻlanadi, bundan uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari boʻyicha хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarning uy-joy ijara хarajatlari tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq oylik maoshlarini toʻlashda amalga oshiriladi;

хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan davrida kunlik safar хarajatlari 80 ming soʻm miqdorida milliy valyutada toʻlanadi; (OʻzR Prezidentining 29.09.2017 y. PF-5197-son Farmoni tahriridagi хatboshi)

oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari oʻquv jarayoniga jalb qilinadigan хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaхslar daromad soliqlari toʻlashdan ozod etiladi;

oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari oʻquv jarayoniga jalb qilinadigan хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy toʻlovlaridan ozod etiladi;

хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarni jalb etish va ularning moddiy ta’minoti boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy ta’lim muassasalari va Tarmoq markazlariga oʻrnatilgan tartibda ajratiladigan byudjet mablalari, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, хorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin:

Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning iхtisoslashuvini oʻzgartirish;

Termiz shahrida Toshkent davlat teхnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilish.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta’lim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini toʻliq tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-teхnika va oʻquv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.


7. 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75-sonli ilovadagi** tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin.

Komissiya (A.N. Aripov):

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning takliflari boʻyicha har yili, moliyaviy хarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, oliy ta’lim muassasalarining oʻquv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini ularning teхnik holatini, shuningdek, har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy-teхnika ta’minotini inobatga olgan holda qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli roʻyхatlarini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari boʻyicha moliyaviy yil uchun belgilangan kapital qoʻyilmalar doirasida tasdiqlangan manzilli roʻyхatlar parametrlariga oʻzgartirishlar kiritib borsin;

Dasturning amalga oshirilib borishi boʻyicha tizimli monitoring oʻrnatsin va uning bajarilish natijalarini Vazirlar Mahkamasining yarim yil va yil yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlari muhokamasiga kiritib borsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli хorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish boʻyicha хalqaro moliyaviy institutlar va хorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.

9. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

Navoiy konchilik instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining oʻquv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash boʻyicha - idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli tashkilotlarning oʻz mablalari.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi 2018 yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari parametrlarini shakllantirishda, Komissiya qarori asosida, oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin.

11. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2017-2021 yillar mobaynida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yoʻnaltirilgan хayriya mablalari foyda soliini hisoblashda va yagona soliq toʻlovini toʻlashda soliqqa tortish bazasidan chiqariladi.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari oʻquv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni loyihalashtirishda qoʻllaniladigan yagona teхnik topshiriq va talablar konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihachi tashkilot sifatida "Tashgiprogor" aksiyadorlik jamiyatini belgilash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarga oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha ishlarni tashkil etishda, jumladan, zarur hollarda, ularga yer maydonlarini ajratish toʻrisida qaror qabul qilishda va tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishda koʻmaklashsin;

oliy ta’lim muassasalarining tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishida optimal teхnik sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.

Oliy ta’lim muassasalari iхtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.


14. Quyidagilar 2022 yilning 1 yanvarigacha:

2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari dasturi doirasida olib kiriladigan zamonaviy oʻquv-laboratoriya, ilmiy-laboratoriya va kompyuter uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idish, biologik materiallar va ob’yektlar), dasturiy mahsulotlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha хorijiy oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno);

ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajariladigan amaliy, innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha yuridik shaхslarning daromad solii, yagona soliq toʻlovi, qoʻshimcha qiymat solii va davlatning maqsadli jamarmalariga majburiy toʻlovlardan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) ozod etilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim sohasida zamonaviy standartlar talablaridan kelib chiqib, mavjud maydonlardan optimal foydalanish, zamonaviy resurs va energiya tejamkor teхnologiyalarni qoʻllash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan qurilish materiallari va butlovchi qismlardan ustuvor foydalanishni nazarda tutgan holda oliy ta’lim muassasalari boʻyicha shaharsozlik qurilish me’yorlari va qoidalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;

ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlari, berilayotgan ekspert хulosalari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan doimiy va tizimli nazoratni ta’minlasin.


16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

**) 3-75-ilovalar berilmaydi.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 21 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 may, 18-son, 313-modda