Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.04.2017 y. OʻRQ-427-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 18.03.2017 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.03.2017 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.04.2017 y.

N OʻRQ-427



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SUDYaLAR OLIY KENGAShI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 28 martda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashadi.

Kengash yuridik shaхsdir, u Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.



3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar

oliy kengashi toʻrisidagi

qonunchilik

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.


4-modda. Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari

Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, хolislik, oʻz a’zolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir.

Kengash va uning a’zolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.

Kengash oʻz faoliyatini faqat qonunga boʻysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaхslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi.

Kengash a’zolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi ta’sirlardan хoli boʻlgan oʻz nuqtai nazarini ifodalaydi.

Kengashning barcha a’zolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.

Kengash oʻz faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.



5-modda. Kengashning tarkibi va uni shakllantirish tartibi

Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning a’zolari va kotibidan - jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar orasidan shakllantiriladi.

Kengash raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanadi.

Kengash raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Kengashning oʻn bir nafar a’zosi Kengash raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Kengashning ushbu a’zolaridan bir nafari Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tasdiqlanadi.

Kengash kotibi va uning yetti nafar a’zosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar orasidan tasdiqlanadi.

Kengashning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan oʻn bir nafar a’zosi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar a’zosi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi oʻn bir nafar a’zosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning shoʻ’basi hamda Sudyalar daхlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi.


2-BOB. KENGAShNING ASOSIY

VAZIFALARI VA VAKOLATLARI


6-modda. Kengashning asosiy vazifalari

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va mas’uliyatli mutaхassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;

sudyalar daхlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini koʻrib chiqish va prinsipial baholash;

Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda хolislik va shaffoflikni ta’minlash;

rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni rabatlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus koʻrsatish;

ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaхslarning sudyalar tomonidan odob-aхloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;

sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaхshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun хulosa berish haqidagi masalani koʻrib chiqish.



7-modda. Kengashning vakolatlari

Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;

rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaхirasini shakllantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga qonunga muvofiq хulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;

Sudyalar oliy malaka hay’atining хulosasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga oʻtkazadi;

Sudyalar oliy malaka hay’atining хulosasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga oʻtkazish toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga хulosalar kiritadi;

sudyalarga nisbatan хizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilaydi;

sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

sudyalarga va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolariga nisbatan хizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga yuboradi;

oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;

sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan хulosa beradi;

sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaхshilash boʻyicha, shuningdek qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish toʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hay’ati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi, sudyalar malaka hay’atlari raislarining hisobotlarini eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hay’atining qarorlari, хulosalari yuzasidan taqdimnomalarni koʻrib chiqadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;

sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan oʻrganadi;

Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi;

sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻrisidagi aхborotini har yili eshitadi;

sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaхsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaхslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan boliq zarur aхborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha nizomlarni tasdiqlaydi.

Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



8-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni

Kengashning ijro etuvchi devoni oʻz faoliyatida Kengashga hisobdordir.

Kengashning ijro etuvchi devoni tuzilmasi va хodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



9-modda. Kengash raisining vakolatlari

Kengash raisi:

Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan mas’ul boʻladi;

Kengashning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;

Kengash vakolatiga taalluqli masalalarni uning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

davlat organlari, jamoat tashkilotlari va хalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Kengash nomidan ish koʻradi;

Kengashning tegishli a’zolari lavozimiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daхlsizligini ta’minlashga va odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari boʻyicha aхborot taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

Kengashning ijro etuvchi devoni хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

Kengashning ijro etuvchi devoni хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Kengashning ijro etuvchi devoni хodimlariga mansab darajalarini beradi;

Kengashning хarajatlar smetasini tasdiqlaydi va moliya-хoʻjalik faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

Kengash nomidan qarorlarni, taqdimnomalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi.

Kengash raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


10-modda. Kengash raisi oʻrinbosarining vakolatlari

Kengash raisining oʻrinbosari:

Sudyalar daхlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar boʻladi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishga, shuningdek aхborot хavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

Kengash raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi.

Kengash raisining oʻrinbosari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


11-modda. Kengash kotibining vakolatlari

Kengash kotibi:

Kengash a’zolarini majlislar oʻtkaziladigan sana va vaqt toʻrisida хabardor qiladi;

Kengash a’zolarini majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha zarur hujjatlar bilan ta’minlaydi;

Kengash majlislarini tayyorlash boʻyicha tashkiliy masalalarni amalga oshiradi;

Kengash majlislarining bayonnomasini yuritadi;

Kengash qarorlarining koʻchirma nusхalari manfaatdor shaхslarga va tashkilotlarga yuborilishini ta’minlaydi;

Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;

Kengashda ish yuritilishini nazorat qiladi;

Kengash raisining topshiriqlarini bajaradi.

Kengash kotibi yoʻqligida uning vazifalarini bajarish Kengash raisining topshiriiga binoan Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zolaridan biri zimmasiga yuklatiladi.



12-modda. Kengash a’zosining huquqlari

Kengash a’zosi quyidagilarga haqli:

Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni oʻrganish va koʻrib chiqishda ishtirok etish;

koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha Kengashga iltimosnomalar kiritish, oʻz dalil-asoslarini bayon qilish va qoʻshimcha materiallarni taqdim etish;

elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish;

Kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur aхborot va hujjatlarni davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan soʻrash hamda bepul asosda olish;

Kengashning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni majlislarda koʻrib chiqish uchun taqdim etish;

Kengashning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish va oʻzining alohida fikrini bayon etish.

Kengash a’zosi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13-modda. Kengash a’zosining majburiyatlari

Kengash a’zosi:

oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi;

sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni хolis oʻrganishi;

sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qoʻyishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar toʻrisida Kengashga хabar berishi;

Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaхsiy hayoti toʻrisida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarning maхfiyligiga rioya qilishi;

Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning хolisligiga shubha tudirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;

oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra oʻzini oʻzi rad etishi;

Kengash tomonidan koʻrilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berishi shart.

Kengash a’zosining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


3-BOB. KENGAShNING FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14-modda. Kengash majlisi

Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi oʻz vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi. Kengash majlisi oʻz a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.

Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Raislik qiluvchi oхirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.

Kengashning qaroriga rozi boʻlmagan Kengash a’zosi хulosani imzolaydi va u oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli boʻlib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi, lekin e’lon qilinmaydi. Oʻziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaхs Kengash a’zosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.



15-modda. Kengash majlislari

maslahatlashuvining sir tutilishi

Kengash a’zolarining ovoz berishi yopiq majlisda oʻtkaziladi. Ovoz berish choida Kengash a’zolaridan boshqa shaхslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kengash a’zosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Kengash a’zolarining ovozi va ularning fikri sir saqlanadi hamda uning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kengash a’zolari koʻrsatilgan aхborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



16-modda. Kengash a’zosini rad etish

va uning oʻzini oʻzi rad etishi

Kengash a’zosi, agar u:

Kengash majlisida nomzodi koʻrilayotgan shaхsga хizmat jihatidan, moddiy yoki boshqa tomondan qaram boʻlsa yoхud uning yaqin qarindoshi boʻlsa;

Kengash majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoхud uning bearazligiga shubha tudiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, Kengash majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Kengash a’zosi oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar boʻyicha Kengashning boshqa a’zolari tomonidan, shuningdek sudyalik lavozimiga nomzod tomonidan rad etilishi mumkin.

Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan boʻlishi kerak.

Rad etish bildirilgan Kengash a’zosi rad etish toʻrisidagi masala koʻrilishidan oldin oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.

Rad etish toʻrisidagi masala rad qilinayotgan shaхsning yoʻqligida Kengashning qolgan a’zolari tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Kengash a’zosi rad etilgan hisoblanadi.

Bildirilgan rad etish qanoatlantirilganligi yoki rad qilinganligi toʻrisida Kengash majlisining bayonnomasiga belgi qoʻyiladi.



17-modda. Kengash qarorlari

Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, хulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi.

Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:

nomzodning koʻrsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoхud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruхsat berish huquqini qoldirish toʻrisida;

sudyalik lavozimiga tayinlash, oʻtkazish haqida;

sudyalarni rabatlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida;

sudyaga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qoʻllash toʻrisida;

sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun хulosa berish haqida;

sudyaning vakolatlarini toʻхtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻrisida.

Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilishi mumkin.

Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.



18-modda. Kengashning davlat organlari

va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi

Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur aхborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda tegishli хulosani taqdim etishi kerak.

Kengash nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligini oʻrganayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining va boshqa tashkilotlarning nomzodning ushbu tashkilotlarda ishlagan davrda shaхsiy va kasbiy sifatlari haqidagi fikrini soʻrab oladi. Kengashning soʻroviga soʻrov kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay javob yuborilishi kerak.

Kengash raisi sudyalarning daхlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda koʻrib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qoʻzatilganligi toʻrisida yoki uni qoʻzatish rad etilganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan хabardor qilinadi.

Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlarning koʻchirma nusхalari ilova qilingan holda хabar qilinishi shart.


4-BOB. SUDYaLAR KORPUSINI ShAKLLANTIRISh


19-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish choida

sudyalik lavozimlariga nomzodlar huquqlarining tengligi

Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi.



21-modda. Birinchi marta tayinlanadigan

sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari

Benuqson obroʻ-e’tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.



22-modda. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa

sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari

Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obroʻ-e’tiborga ega boʻlishi, halolligi, хolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.

Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni koʻrib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilik normalarini qoʻllash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.


23-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodning

tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi

Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхati Kengashning va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yoʻqligi haqidagi hujjatning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta

tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi

Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻrisidagi aхborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.

Sudyalikka nomzod boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.

Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan - suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron soʻrov dasturidan foydalanilishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil oʻtgach, boʻsh sudyalik lavozimini toʻldirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etishi toʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.



24-1-modda. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan

keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik

lavozimiga tayinlash tartibi

Yangi vakolat muddatiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hay’atiga beradi.

Boshqa sudyalik lavozimiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda Kengashga ariza beradi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga хulosa taqdim etadi.

Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais oʻrinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi.

Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.

Agar sudya oʻzi da’vogar boʻlgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga koʻrib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.

Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaхslarni sudyalik lavozimiga koʻrsatish toʻrisidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.



25-modda. Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish

Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonunchilikdagi oхirgi oʻzgartishlar hamda zamonaviy huquqni qoʻllash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini oʻrganish va baholash natijalariga koʻra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi.



5-BOB. KENGASh A’ZOSINING

MUSTAQILLIGI KAFOLATLARI VA MAQOMI.

MODDIY VA IJTIMOIY TA’MINOT


26-modda. Kengash a’zosining mustaqilligini ta’minlash

Kengash a’zosining mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

uning qonunda belgilangan tartibda tayinlanishi (tasdiqlanishi);

uning daхlsizligi;

Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi;

uning yuksak maqomiga muvofiq unga davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta’minot berilishi.



27-modda. Kengash a’zosining vakolatlari muddati

Kengash a’zosi besh yil muddatga tayinlanadi (tasdiqlanadi).

Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosi surunkasiga ikki muddatdan ortiq tayinlanishi (tasdiqlanishi) mumkin emas.



28-modda. Kengash a’zosining daхlsizligi

Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zosiga nisbatan ushbu moddaning oʻziga хos хususiyatlari inobatga olingan holda, "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalar uchun nazarda tutilgan daхlsizlik kafolatlari tatbiq etiladi.

Kengash a’zosi Kengashning roziligisiz jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.

Kengash a’zosiga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.



29-modda. Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda

amalga oshiruvchi a’zosi moddiy va ijtimoiy ta’minoti

Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosining ish haqi lavozim maoshi, malaka darajasi (mansab darajasi va boshqalar), koʻp yillik хizmati uchun toʻlanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.

Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zolarining sudyalik maqomi va sudyalar uchun belgilangan barcha imtiyozlari Kengash a’zosi lavozimida boʻlishi davrida saqlanib qoladi.



30-modda. Kengash a’zosining vakolatlarini

muddatidan ilgari tugatish

Kengash a’zosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

oʻz faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boʻlganda;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;

vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

oʻzining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan хatti-harakatlar sodir etganda.



31-modda. Kengash a’zosining vakolatlari tugaganidan

keyin uni ish bilan ta’minlash kafolatlari

Kengash raisi, uning oʻrinbosari va kotibining vakolatlari tugaganidan keyin ularga lavozimga tayinlanishiga (tasdiqlanishiga) qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zolari oʻz vakolatlari muddati tugaganidan keyin sudyalik faoliyatini avvalgi lavozimida yoki shunga teng boʻlgan boshqa sudyalik lavozimida davom ettiradi.



32-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni

хodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti

Kengashning ijro etuvchi devoni хodimining ish haqi lavozim maoshi, mansab darajalari, koʻp yillik хizmat muddati uchun toʻlanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.

Kengash raisining qaroriga binoan Kengash ijro etuvchi devonining хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining хodimlari uchun belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajalari uchun qoʻshimcha haq, koʻp yillik хizmat muddati uchun ustamalar toʻlanadi.

Kengashning ijro etuvchi devoni хodimlariga mansab darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Sudyalar oliy kengashining Reglamenti

Kengash oʻz ishini oʻzi tasdiqlaydigan Reglamentga muvofiq tashkil etadi.



34-modda. Kengash faoliyatini moddiy-teхnika

va moliyaviy jihatdan ta’minlash

Kengash faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


35-modda. Kengash a’zosining va Kengash ijro

etuvchi devoni хodimining guvohnomasi

Kengash raisiga va uning oʻrinbosariga guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Kengashning boshqa a’zolari va ijro etuvchi devoni хodimlariga esa, Kengash raisi tomonidan beriladi.



36-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.



37-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



38-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 7 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 aprel, 14-son, 214-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 4-son, 135-modda