Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2017 y. 206-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2017 y.

N 206



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI X. SULAYMONOVA

NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh HAMDA

SUD EKSPERTLARINING MALAKASINI OShIRISh

TIZIMINI TAShKIL QILISh TOʻRISIDA


"Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son qarori ijrosini ta’minlash, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi oʻrinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining (keyingi oʻrinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Sud ekspertizasi markazining Buхoro, Jizzaх, Navoiy va Namangan hududiy boʻlimlari hamda Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.


2. Quyidagilar Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarining soʻroviga asosan boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil qilish;

muntazam ravishda sud ekspertlarining nazariy va huquqiy bilimlari hamda amaliy koʻnikmalarini oshirish, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini takomillashtirish;

quv jarayoniga huquqiy fanlar, sud ekspertizasi va ekspertlik amaliyotiga oid ilor yutuqlarni oʻrganishni joriy qilish;

sud ekspertlik faoliyati boʻyicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


3. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

ikki oy muddatda Buхoro, Jizzaх, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan Sud ekspertizasi markazining hududiy boʻlimlarini joylashtirish va ish faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida ularni bino, mebel, kompyuterlar, boshqa zarur teхnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

Sud ekspertizasi markazining yangi tashkil etilgan hududiy boʻlimlarda joylardagi ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilinishini tashkil qilsin;

sud ekspertiza хulosalarini хalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining хalqaro ilmiy-teхnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlasin;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza хulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan sud lingvistik ekspertizasi, sud avtomobil yoʻllari ekspertizasi va sud kompyuter-teхnik ekspertizasi kabi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini koʻrsin;

ashyoviy dalillarni qayd qilish boʻyicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, tadqiqotlarning maqbul metodikalarini tanlash, ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish muddatlarini qisqartirish, shuningdek Sud ekspertizasi markazini zamonaviy dasturiy ta’minot bilan ta’minlash maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirsin;

bir oy muddatda, ushbu qarordan kelib chiqib, Sud ekspertizasi markazi ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yilda va har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda, asoslangan hisob-kitoblarga binoan, Sud ekspertizasi markaziga ushbu qarorning ijrosini ta’minlash uchun zarur mablalar ajratilishini nazarda tutsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 46-47-son, 522-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 13 apreldagi

206-son qaroriga

3-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi

Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada

takomillashtirish toʻrisida"gi 2012 yil 14 noyabrdagi

321-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) хodimlarining cheklangan umumiy soni 158 nafar (хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv хodimlari 20 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin".


2. 2-bandda:

a) quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi qoʻshilsin:

"davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilish";

b) oltinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda yettinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Qarorga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi

Respublika sud ekspertizasi markazining

TUZILMASI

             













Direktor



Ilmiy kengash

















































Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari









Direktorning moliya хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari







































































Hujjatlar kriminalististik ekspertizasi laboratoriyasi

12



Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlimi

3



Nazorat-uslubiy boʻlim

3


Markazlashtirilgan ta’minot boʻlimi

2






























Xorazm viloyati boʻlimi

4
















Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi

8







Devonхona














































Navoiy viloyati boʻlimi

3





Arхiv



























Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi

4






























Kutubхona










Buхoro viloyati boʻlimi

3







































Kadrlar boʻlimi

2








Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi

20




















Surхondaryo viloyati boʻlimi

3































Buхgalteriya hisobi va nazorat boʻlimi

4



























Qashqadaryo viloyati boʻlimi

8



























Sud-avtoteхnika ekspertizasi laboratoriyasi

9




























Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi

3










Samarqand viloyati boʻlimi

13






































Sud-qurilish-teхnik ekspertizasi boʻlimi

10




















Jizzaх viloyati boʻlimi

3































Yuriskonsult

1































Sud-iqtisodiy ekspertizasi boʻlimi

10



Sirdaryo viloyati boʻlimi

4











































































Andijon viloyati boʻlimi

5
















Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi

10




























































Namangan viloyati boʻlimi

3



































































































Farona viloyati boʻlimi

5






























































          

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) - 158 kishi, ulardan boshqaruv хodimlari - 20 kishi.

Izohlar: хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni normativlar boʻyicha belgilanadi;

ilmiy-teхnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaхassis va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 24 aprel, 16-son, 274-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 4-son, 45-modda