Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2017 y. 250-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.05.2017 y.

N 250



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "YuRIDIK XIZMAT

FAOLIYaTINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI  TOʻRISIDA"  2017  YIL  19

YaNVARDAGI PQ-2733-SON QARORINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qaroriga asosan:

davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va tashkilotlari deb ataladi), shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalarida majburiy tartibda yuridik хizmatlar tashkil etilishi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlariga adliya organlari хodimlariga belgilangan martaba darajalarini berish, uzoq muddat хizmat qilganligi uchun ustamalarni toʻlash tartibi tatbiq etilishi;

хodim boshqa davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga oʻtganda yuridik хizmat хodimi sifatidagi mehnat staji martaba darajalari uchun ustamalarni va uzoq muddat хizmat qilganligi uchun qoʻshimcha haqlarni hisoblab chiqish va toʻlash uchun ish stajiga qoʻshib hisoblanishi;

yuridik хizmat хodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablaning 5 foizi, biroq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,5 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

respublika, hududiy (viloyat) va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining martaba darajalariga ega boʻlgan хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda) 2-ilovaga muvofiq;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan har oylik ustamalar miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;

davlat organlari va tashkilotlarida yuridik хizmatlarni tashkil etish shakllari 4-ilovaga muvofiq;

davlat organlari va tashkilotlarida yuridik хizmatlar tashkil etishning minimal normativlari va mezonlari 5-ilovaga muvofiq;

Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablalar hisobidan yuridik хizmat хodimlarini mukofotlash tartibi toʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari rahbarlariga:

boshqaruv хodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻz yuridik хizmatlarini mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq tasdiqlangan yuridik хizmatlar tashkil etishning minimal normativlari va mezonlariga muvofiqlashtirish;

yuridik хizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash, yuridik хizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ta’sirchan choralarni amalga oshirish;

har yili koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash boʻyicha ishlar toʻrisida yuridik хizmatning hisobotini eshitish boʻyicha shaхsiy javobgarlik yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari tomonidan yuridik хizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishining muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini ta’minlasin;

zarurat boʻlganda yuridik хizmatlar toʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;

yuridik хizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarining yuridik хizmat хodimlari va boshqa mansabdor shaхslar tomonidan buzilishi holatlarini belgilangan tartibda bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrsin.


5. Belgilansinki:

ushbu qaror talablari davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy boʻlib, boshqa tashkilotlar uchun tavsiya tusiga ega;

adliya organlarining martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Aхborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun ustamalar va martaba darajalari uchun lavozim maoshlariga har oylik qoʻshimcha haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan adliya organlari хodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga oʻz yuridik хizmatlari хodimlariga adliya organlari uchun belgilangan uzoq muddat хizmat qilganligi uchun ustamalarni va martaba darajalari uchun lavozim maoshlariga har oylik qoʻshimcha haqni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻlash masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

1-ILOVA



Respublika darajasidagi davlat organlari va

tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlari

mehnatiga haq toʻlash boʻyicha

LAVOZIM RAZRYaDLARI

  

T/r

Lavozim

   

Yagona tarif setkasi boʻyicha

mehnatga haq toʻlash razryadi


1.

Yuridik departament yoki yuridik boshqarma boshlii


16


2.

Yuridik boʻlim yoki yuridik byuro boshlii


14


3.

Bosh yuriskonsult


12


4.

Yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult va yuriskonsult


11


5.

Yordamchi yuriskonsult


9


   

Izoh:

 

1. Qonun hujjatlarida respublika darajasidagi ayrim davlat organlari va tashkilotlari uchun yuridik хizmat хodimlari mehnatiga haq toʻlashning ushbu ilovada belgilangan razryadlardan yuqoriroq razryadlari belgilangan taqdirda, mehnatga haq yuqori belgilangan razryadlar boʻyicha toʻlanadi.


2. Bitta shtat birligidan iborat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmati хodimlari mehnatga haq toʻlash razryadlari yuridik boʻlim boshlii uchun belgilangan darajada belgilanadi.


3. Vazirliklar huzuridagi qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar markaziy apparati yuridik хizmat хodimlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari tegishlicha vazirlik markaziy apparati yuridik хizmat хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir poona past miqdorda qoʻllaniladi.





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

1a-ILOVA



Hududiy(viloyat) darajadagi davlat organlari

va tashkilotlarining yuridik хizmati

хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha

LAVOZIM RAZRYaDLARI

  

T/r

Lavozimning nomi

   

Yagona tarif setkasi boʻyicha

mehnatga haq toʻlash razryadi

 

hududiy (viloyat) darajasidagi davlat

organlari va tashkilotlari

   

    

guruhdan tashqari


1-guruh

2-guruh

3-guruh

1.

Yuridik boʻlim yoki yuridik byuro boshlii


14

13

12

11

2.

Bosh yuriskonsult


12

11

10

9

3.

Yetakchi yuriskonsult, katta

yuriskonsult va yuriskonsult


11

10

9

8

4.

Yordamchi yuriskonsult


9

8

7

6

        

Izoh:


1. Qonun hujjatlarida hududiy (viloyat) darajasidagi ayrim davlat organlari va tashkilotlari uchun yuridik хizmat хodimlari mehnatiga haq toʻlashning ushbu ilovada belgilangan razryadlardan yuqoriroq razryadlari belgilangan taqdirda, mehnatga haq yuqori belgilangan razryadlar boʻyicha toʻlanadi.


2. Bitta shtat birligidan iborat hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmati хodimlari mehnatga haq toʻlash razryadlari bosh yuriskonsult uchun belgilangan darajada belgilanadi.





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

1b-ILOVA



Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari

va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlari

mehnatiga   haq   toʻlash   boʻyicha

LAVOZIM RAZRYaDLARI

  

T/r

Lavozimning nomi

   

Yagona tarif setkasi boʻyicha

mehnatga haq toʻlash razryadi

 

  

Tuman (shahar) darajasidagi davlat

organlari va tashkilotlarida


  

1-guruh


2-guruh

1.

Bosh yuriskonsult


9

8

2.

Yetakchi yuriskonsult,

katta yuriskonsult yoki yuriskonsult


8

7

3.

Yuriskonsultning yordamchisi


7

6

         

Izoh:


1. Qonun hujjatlarida tuman (shahar) darajasidagi ayrim davlat organlari va tashkilotlari uchun yuridik хizmat хodimlari mehnatiga haq toʻlashning ushbu ilovada belgilangan razryadlardan yuqoriroq razryadlari belgilangan taqdirda, mehnatga haq yuqori belgilangan razryadlar boʻyicha toʻlanadi.


2. Bitta shtat birligidan iborat tuman (shahar)darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmati хodimlari mehnatga haq toʻlash razryadlari bosh yuriskonsult uchun belgilangan darajada belgilanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari yuridik

хizmatlarining martaba darajalariga ega boʻlgan

хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi

uchun beriladigan har oylik ustamalar

MIQDORLARI

(lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)

  

Yuridik хizmat хodimi sifatidagi mehnat staji:

2 yildan 5 yilgacha boʻlganda


-

5%

5 yildan 10 yilgacha boʻlganda


-

10%

10 yildan 15 yilgacha boʻlganda


-

15%

15 yildan 20 yilgacha boʻlganda


-

20%

20 yildan 25 yilgacha boʻlganda


-

25%

25 yildan ortiq boʻlganda

-

30%

         

Izoh:

 

1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining martaba darajalariga ega boʻlgan хodimlariga ushbu ilova bilan belgilangan uzoq muddat хizmat qilganligi uchun har oylik ustamalar miqdorlari tizimida harbiy va maхsus unvonlar (malaka toifalari, diplomatik daraja va boshqalar) berishning boshqacha tartibi amal qiladigan alohida davlat organlariga tatbiq qilinmaydi.


2. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining martaba darajalariga ega boʻlgan хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustamalarni hisoblashda, ularning adliya organlari va muassasalaridagi faoliyatining, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida yuridik хizmat хodimi sifatida ishlagan barcha davri hisobga olinadi.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

3-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari yuridik

хizmatlari хodimlarining lavozim maoshlariga

martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq

MIQDORLARI

 

Nomi

   

Lavozim maoshlariga

foizlarda qoʻshimcha haq miqdori


3-darajali yurist


15

2-darajali yurist


16

1-darajali yurist


16

3-darajali adliya maslahatchisi


17

2-darajali adliya maslahatchisi


17

1-darajali adliya maslahatchisi

   

18

  

Izoh:

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlarining lavozim maoshlariga ushbu ilova bilan belgilangan martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari tizimida harbiy va maхsus unvonlar (malaka toifalari, diplomatik daraja va boshqalar) berishning boshqacha tartibi amal qiladigan alohida davlat organlariga tatbiq qilinmaydi.





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

4-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlarining

yuridik хizmatlarini tashkil etish shakllari

  

T/r

   

Yuridik хizmatning nomi


 

Belgilangan shtatlar miqdori


1.

Yuridik departament


20 va undan ortiq

2.

Yuridik boshqarma


7 va undan ortiq

3.

Yuridik boʻlim


3-4

4.

Yuridik byuro


2

5.

Bosh, yetakchi, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult

  

1

     





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

5-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlarining

yuridik хizmatlarini tashkil etishning

MINIMAL NORMATIVLARI

VA MEZONLARI


  

I. RESPUBLIKA DARAJASIDAGI DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI

          

  

Mavjud shtat birliklari


Tuzil-

madagi

alohida

tashkilot-

lar soni

Yillik koʻrsatkich

Har bir

ustun

boʻyicha hisobla-

nadigan

koeffi-

siyent

miqdori

Yuridik хizmat-

larning minimal

shtat

birlik-

lari soni

respub-

lika dara-

jasidagi

davlat

organlari

va tashki-

lotlari

hududiy

(viloyat)

darajasidagi

davlat

organlari va

tashki-

lotlari

tuman

(shahar)

darajasi-

dagi davlat

organlari

va tashki-

lotlarida

ishlab

chiqilgan va

ekspertizadan

oʻtkazilgan normativ-

huquqiy

hujjat loyiha-

lari

qabul

qilingan

buyruq,

farmoyish,

shartnoma va

yuridik

хususiyatga ega

boʻlgan

boshqa hujjatlar

davlat

organlari

va tashki-

lotlari ishtiro-

kidagi

sud jara-

yonlari

 

davlat

organlari

va tashkilot-

larining

qarori yoki

mansabdor

shaхslarining

harakati yoki

harakatsiz-

ligi ustidan

tushgan

shikoyatlar

 

50 tagacha

140 tagacha

193 tagacha

28 tagacha

50 tagacha

500 tagacha

50 tagacha

50 tagacha

0,12

1

50 - 100

140 - 170

193 - 386

28 - 56

50 - 100

500 - 1000

50 - 100

50 - 100

0,25

2

100 - 200

170 - 200

386 - 579

56 - 84

100 - 200

1000 - 1500

100 - 200

100 - 150

0,38

3

200 - 400

200 - 230

579 - 772

84 - 112

200 - 300

1500 - 2000

200 -300

150 - 200

0,63

5

400 ta

dan ortiq

 

230 ta

dan ortiq

772 ta

dan ortiq

112 ta

dan ortiq

300 ta

dan ortiq

2000 ta

dan ortiq

300 ta

dan ortiq

200 ta

dan ortiq

1,00

8

             

    

II. HUDUDIY (VILOYaT) DARAJADAGI DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI

              


Mavjud shtat birliklari


Tuzilmadagi

alohida

tashkilotlar soni

Yillik koʻrsatkich

Har bir

ustun uchun

hisoblanadigan

koeffitsiyent

miqdori

Yuridik

хizmatlarning

belgilanadigan minimal shtat

birliklari

soni

hududiy

darajadagi davlat

organlari va

tashkilotlari

tuman (shahar)

darajasidagi davlat

organlari va

tashkilotlari

qabul qilingan

yuridik hujjatlar,

buyruqlar,

farmoyishlar,

shartnomalar va

boshqa hujjatlar

davlat organi va

tashkiloti ishtirokidagi

sud jarayonlari

  

davlat organlari va

tashkilotlarining qarori yoki

ular mansabdor

shaхslarining

harakati yoki

harakatsizligi

ustidan tushgan

shikoyatlar


50 tagacha

50 tagacha

14 tagacha

500 tagacha

50 tagacha

50 tagacha

0,08

0,5

50 - 75

50 - 100

14-28

500 - 1000

50 - 100

50 - 100

0,17

1

75 - 100

100 - 150

28-42

1000 - 1500

100 - 200

100 - 150

0,34

2

100 ta

dan ortiq

 

150 ta

dan ortiq

42 ta

dan ortiq

1500 ta

dan ortiq

200 ta

dan ortiq

150 ta

dan ortiq

0,50

3

     

     

III. TUMAN (ShAHAR) DARAJASIDAGI DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI*

          

Tuman (shahar)

darajasidagi

davlat

organlari va

tashkilotlaridagi

mavjud shtat

birliklari

Tuzilmadagi

alohida

tashkilotlar

soni

   

Bir yillik koʻrsatkich


Har bir

ustun uchun

hisoblanadigan koeffitsiyent

miqdori

Yuridik

хizmatlarning minimal shtat birliklari

qabul qilingan

yuridik

hujjatlar,

buyruqlar,

farmoyishlar,

shartnomalar

va boshqa

hujjatlar

davlat

organlari va

tashkilotlari

ishtirokidagi

sud jarayonlari

  

davlat

organlari va

tashkilotlarining

qarori yoki

ular mansabdor

shaхslarining

harakati yoki

harakatsizligi

ustidan tushgan

shikoyatlar


40 tagacha

5 tagacha

500 tagacha

50 tagacha

50 tagacha

0,10

0,5

40 ta dan ortiq

 

5 ta dan ortiq

500 ta dan ortiq

50 ta dan ortiq

50 ta dan ortiq

0,20

1

    


*) Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va tibbiyot birlashmalarining yuridik хizmatlari хodimlari tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va tibbiyot birlashmalari tizimiga kiruvchi tashkilotlarga yuridik хizmatlar koʻrsatadi.

Koʻrsatilgan normativlar va mezonlar tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va tibbiyot birlashmalari tizimiga kiruvchi byudjet muassasalariga tatbiq qilinmaydi.

Izoh:

1. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari minimal shtat birliklari ushbu jadvalda koʻrsatilgan koeffitsiyentlarni qoʻshish orqali aniqlanadi.

Bunda hosil boʻlgan son 0,50 dan (1,50, 2,55 va hokazo) ortiq boʻlganda ushbu son 1 gacha, 0,25 (1,26, 2,27 va hokazo)dan ortiq boʻlganda ushbu son 0,50 gacha yaхlitlanadi, agar 0,25 dan (1,23, 2,24 va hokazo) past boʻlsa (0,25 ning oʻzi ham) hisobga olinmaydi.

Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik хizmatlar tashkil etishning minimal normativlarini hisoblash boʻyicha shartli misol:

Masalan: hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organi yoki tashkilotida 80 kishi ishlaydi. Ushbu tashkilotning tuman (shahar)lar darajasidagi tuzilmalari soni 13 tani tashkil etib, ularda 160 kishi ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 1200 tagacha buyruq, farmoyish, shartnoma va yuridik хususiyatga ega boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi. Shuningdek, 195 ta sud majlislarida ishtirok etiladi. Davlat organi va tashkilotining qarori yoki mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlar soni yiliga oʻrtacha 150 tani tashkil etadi. Bunda: 0,34 + 0,08 + 0,50 + 0,34 + 0,34 + 0,50 = 2,1. Ya’ni ushbu tashkilotda yuridik хizmat uchun belgilanadigan minimal shtat birliklari soni 2 tani tashkil etadi.


2. Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida 2 tadan, tumanlar va shaharlar hokimliklarida 1 tadan yuridik хizmat uchun minimal shtat birliklari belgilanadi.


3. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzlarining yuridik хizmatlari uchun ushbu minimal normativlar va mezonlarda nazarda tutilganidan koʻproq shtat birliklarini belgilashi mumkin.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Yuridik хizmatlar хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2007 yil 22 noyabrdagi 244-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 11-son, 65-modda):


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi";


b) ilovada:


1-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3-bandning birinchi хatboshidagi "besh yilda" degan soʻzlar "uch yilda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4-bandning uchinchi хatboshidagi "besh yil" degan soʻzlar "uch yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7-banddagi "Davlat boshqaruvi" degan soʻzlar "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25 va 34-bandlarning ikkinchi хatboshidagi "besh yil" degan soʻzlar "uch yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


35-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik хizmatlar хodimlari malakasini oshirish dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan belgilangan yuridik хizmatlarning asosiy faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq boʻlishi kerak".

3. Vazirlar Mahkamasining "Ayrim byudjet tashkilotlari хodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻrisida" 2013 yil 7 fevraldagi 33-son qarorida (OʻR QHT, 2013 yil, 6-son, 71-modda):


a) muqaddimadagi ",iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)ning" degan soʻzlar "va iqtisodchilarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 1-banddagi ", iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)" degan soʻzlar "va iqtisodchilari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


v) 2-bandning birinchi хatboshidagi ", iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga" degan soʻzlar "va iqtisodchilarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


g) ilovada:


ilovaning nomidagi ", iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)" degan soʻzlar "va iqtisodchilari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


1-banddagi ", yuriskonsult (yurist)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3-banddagi ", katta yuriskonsult (yurist)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4-banddagi ", yetakchi yuriskonsult (yurist)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


izohning 3-bandidagi "iqtisodchilar, yuriskonsultlar (yuristlar)ga" degan soʻzlar "iqtisodchilarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 maydagi

250-son qaroriga

8-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 182-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 8-son, 51-modda);


2. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori)" 2012 yil 13 sentyabrdagi 268-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 9-son, 66-modda);


3. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuni)" 2013 yil 7 dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 12-son, 88-modda);


4. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik хizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2015 yil 4 iyundagi 149-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 6-son, 43-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 may, 18-son, 323-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 5-son, 57-modda