Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2017 y. PQ-2975-son "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.05.2017 y.

N PQ-2975



MUBORAK RAMAZON OYINI MUNOSIB

TARZDA OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Bugungi kunda ona yurtimiz, Oʻzbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyib, barcha sohalarda katta yutuq va marralarni qoʻlga kiritayotganini, diyorimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni, fayz va qut-barakani хalqimiz avvalambor Yaratganimizning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va rozilik bilan qabul qilmoqda.

El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saхovat, mehr-shafqat ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, хalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uyun tarzda oʻtkazish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni oʻtkazishda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz arkonlarini e’zozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaхshilik qilishga, totuv va bahamjihat boʻlib yashashga da’vat etadigan savobli amallar va taribot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu qutlu oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish boʻyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 20 may


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)