Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2017 y. 327-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustaviga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2017 y.

N 327



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI QOShIDAGI YuRISTLAR

MALAKASINI     OShIRISh     MARKAZINING

USTAVIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh, ShUNINGDEK

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING

AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


("Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi

toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)


"Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 iyuldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 29-son, 330-modda) 29-bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻqish (stajirovka) natijalariga koʻra Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi toʻrisidagi хulosa taqdim etiladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 31 maydagi

327-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI

2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 10 apreldagi 61-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 15-son, 125-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2006 yil 10 apreldagi 61-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida" 2013 yil 5 fevraldagi 28-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 6-son, 69-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 26 dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda "Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2015 yil 31 dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)" 2016 yil 26 apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 80-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 431-modda