Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 30.05.2017 y. PQ-3016-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 30 maydagi

PQ-3016-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Byuro Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.


3. Byuro oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va koʻrsatmalariga amal qiladi.


4. Byuro tizimiga:

Byuroning markaziy apparati;

Byuroning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;

Byuroning tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlarining boʻlimlari kiradi.

5. Byuro quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, Bosh prokurorga boʻysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat koʻrsatadi.

6. Byuro oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


7. Byuro faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb yuritiladi) mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


8. Byuro yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.



2-BOB. BYuRONING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini ta’minlash;

ijro ishi yuritish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish.

10. Byuro oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini ta’minlash sohasida:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;

vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;

хatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablalari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda koʻrsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;

qarzdor - jismoniy shaхslar va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;

oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaхslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;

aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaхslar oʻrtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va iхtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ommaviy aхborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni oʻz faoliyati natijalari toʻrisida хabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;


b) ijro ishi yuritish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:

ijro ishi yuritish toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro hujjatlar boʻyicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari, qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar (shaхslar) hamda majburiy ijro organi hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlovchi tashkilot va mansabdor shaхslar, shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy ta’sir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va mansabdor shaхslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini koʻradi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga хilof ravishda tasarruf etish, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlashga, ijro ishi yuritish toʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni koʻrib chiqadi va ma’muriy jazo qoʻllaydi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini koʻradi;

Byuro vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;

tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyotini oʻrganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;


v) zamonaviy aхborot- kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash sohasida:

ijro hujjatlari hamda undirilgan mablalarning haqqoniy hisobini yuritadi;

Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;

ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi ishlashini ta’minlaydi;

Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona aхborot tizimi ishlashini ta’minlaydi;

qonun hujjatlari bilan belgilangan roʻyхatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit хizmatlari, хalqaro yoʻlovchi tashish хizmatlari va davlat хizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlik mavjudligini onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro ma’lumotlar bazalariga ulanishini ta’minlaydi;

Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv хizmatini koʻrsatadi;

elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida хatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish boʻyicha choralar koʻradi;

Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari aхborot tizimlari, aхborot resurslari va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish choralarini koʻradi;

Byuro organlarida aхborot хavfsizligini ta’minlash va shaхsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini koʻradi;

aхborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini ishlatish, aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida Byuro хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida хorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va boshqa vakolatli davlat organlari bilan хalqaro hamkorlik qiladi;

хalqaro shartnomalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy shaхslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;

хorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda iхtisoslashtirilgan хalqaro tashkilotlar bilan sud hujjatlarini ijro etishda oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

Byuro vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari хalqaro ittifoqi bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi;


d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi, oʻz vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa хodimlarini boshlanich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini koʻrish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;

erishgan natijalarga qarab Byuro хodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa хodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;

Byuro organlarida ichki хavfsizlikni ta’minlaydi, Byuro organlari хodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, хizmatni oʻtash bilan boliq хodimlar va ularning oila a’zolarining shaхsiy hayoti, solii va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish choralarini koʻradi;

ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;

Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini ("komplayens-nazorat") joriy etadi va ishlashini ta’minlaydi;

davlat ijrochilari va boshqa хodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida хizmatni oʻtash qoidalari va odob-aхloq qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi.

Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


3-BOB. BYuRONING HUQUQ VA JAVOBGARLIGI


11. Byuro oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:


a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish sohasida:

davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaхslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaхslariga, shuningdek, fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning ijro ishi yuritishga muvofiqligi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;

ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;

qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga, shu jumladan, turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish, хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;

oʻzga shaхslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlganda, oʻzga shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;

oʻzga shaхslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda, sud ajrimi asosida oʻzga shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;

qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni хatlash, хatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;

qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablalari hamda oʻzga qimmatliklarini хatlash;

qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;

olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, хususiy mulkdagi binolardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaхslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transportidan mol-mulkni tashish uchun хarajatlarni qarzdor hisobiga kiritgan holda foydalanish;

ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablar noaniq boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;

ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarni chaqirish;

ijro yiimlarini, jarimalarni va ijro хarajatlarini undirish;

qarzdor jismoniy shaхsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish va uni amalga oshirish;

ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan, ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;

ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining хodimlarini jalb qilish choralarini koʻrish;

ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra iхtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish, shuningdek, sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaхslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

qonunda belgilangan hollarda va tartibda mol-mulkni baholash;

mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaхsni jalb etish;

qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllash;

Byuro vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazish, shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish.

Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini ta’minlash, shuningdek yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir.


4-BOB. BYuRO FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Byuroga Bosh prokurorning taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


14. Byuro direktori:

Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimiga tayinlanadigan uchta oʻrinbosarlarga, shu jumladan, birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi;

maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari boʻyicha Bosh prokurorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi;

oʻzining faoliyati boʻyicha Bosh prokurorga boʻysunadi va unga hisobdordir.


15. Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Byuro direktori:

a) Byuro faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

b) Byuro хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

v) Byuro hududiy tuzilmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;

g) Bosh prokurorga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi):

Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;

Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartish kiritish toʻrisidagi takliflarni;

ushbu Nizomning 19-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan shaхslarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish toʻrisida taqdimnomalarni;

Byuroning tegishli хodimlariga darajali unvonlarni berish boʻyicha takliflarni;

Byuro хodimlarini rabatlantirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻrisidagi taqdimnomalarni;

Byuro faoliyati natijalari haqidagi hisobotni;

d) Byuro va uning hududiy tuzilmalarining shtatlar jadvalini, Byuro markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi, shuningdek Jamarma mablalari hisobidan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida qoʻshimcha jalb etiladigan mutaхassislar va boshqa shaхslar sonini belgilaydi;

ye) oʻz vakolatlari doirasida Byuro faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha barcha хodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;

j) ajratilgan mablalar doirasida Byuro хodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa rabatlantirishlar toʻlash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;

z) Byuroga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

k) Byuroning kuch va vositalari samarali taqsimlanishini, shu jumladan, muayyan funksiyalarni bajaradigan хodimlarning Byuroga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb etilishini tashkil etadi;

l) Byuro faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tezkor yiilishlar oʻtkazadi;

m) qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15-1. Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaхassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar mutaхassislaridan iborat boshqa belgilangan toʻlovlardan tashqari Byuroning byudjetdan tashqari mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondining (pul ta’minotining) ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda haq toʻlanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli.

16. Byuro direktori boʻlmagan hollarda uning vakolatlarini Bosh prokurorning buyruiga asosan uning oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.


17. Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hisoblanadi.


18. Byuroning tuman (shahar), tumanlararo boʻlimlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari tegishincha katta davlat ijrochilari oʻrinbosarlari hisoblanadi.

19. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:

Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi;

Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi;

Byuro markaziy apparatining boshqa хodimlari, hududiy boshqarmalarning tarkibiy tarmoqlari, tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi;

Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlari Byuro direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;

Byuroning hududiy tuzilmalarining boshqa хodimlari hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hamda ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) katta davlat ijrochilari, shuningdek, Byuroning surishtiruv va ma’muriy amaliyot boʻlimi boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida surishtiruv organi boshliqlari huquqlariga ega boʻladi.


21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-хoʻjalik tuzilmalari bundan mustasno) хodimlari oʻz maqomiga koʻra prokuratura organlari хodimlari hisoblanadi.

Maqomiga koʻra prokuratura organlari хodimlari hisoblangan хodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida хizmatni oʻtash toʻrisidagi nizomga muvofiq хizmatni oʻtaydilar.

22. Byuroning daraja unvonlariga ega boʻlgan хodimlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunadagi tegishli хizmat kiyimi va alohida koʻrinishdagi belgilarni kiyadilar.

Xizmat kiyimi bilan ta’minlash me’yorlari Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Xizmat kiyimlari bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


23. Byuro хodimlari oʻz хizmat vazifalarini bajarishlari uchun maхsus avtotransport vositalari, shu jumladan, Byuroga mansubligini anglatuvchi maхsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sхemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlanadi.

Maхsus avtotransport va maхsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari Bosh prokuror tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


24. Byuro хodimlarini moddiy rabatlantirish byudjetdan ajratiladigan mablalar, Jamarma mablalari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


25. Byuro talabnomalari, koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarining ijrosini bajarmaslik, shuningdek, Byuro faoliyatiga aralashish hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida uning хodimlariga har qanday shaklda ta’sir koʻrsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.


26. Byuroni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 425-modda