Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida хizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 30.05.2017 y. PQ-3016-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 30 maydagi

PQ-3016-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Majburiy ijro byurosida хizmatni oʻtash toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda - Byuro) хizmatga qabul qilish va хizmatni oʻtash, хodimlarga darajali unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom talablari Byuroning darajali unvonlar berilishi nazarda tutilgan lavozimlarda хizmat qilayotgan хodimlariga (keyingi oʻrinlarda хodimlar deb yuritiladi) tatbiq etiladi.

3. Byuroda хizmatni oʻtashning huquqiy asoslarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Prokuratura toʻrisida"gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi.

4. Byuroda хizmat qilish qonuniylik, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish hamda ularga rioya etish, ochiqlik, nazorat qilinish va hisobot berish tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Xodimlar prokuratura organlarining oʻquv muassasalari va boshqa oʻquv muassasalarida Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik va malaka oshirishni oʻtaydilar.



2-BOB. XIZMATGA QABUL QILISh VA UNI OʻTASh

6. Byuroda хizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotli, soliiga koʻra хizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.

Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki oʻrta maхsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaхassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaхslar, Byuroning boshqa lavozimlariga - oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotli boshqa mutaхassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaхslar ham tayinlanadi.

Yuridik ma’lumotga ega boʻlmagan shaхslarni davlat ijrochisi lavozimiga хizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro direktorining yozma ruхsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maхsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi хizmat vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi toʻrisidagi хulosasi asosida ruхsat etiladi.

Ushbu bandning uchinchi хatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va ma’muriy amaliyot faoliyati bilan shuullanadigan Byuro tuzilmalarida хizmatni oʻtash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi.

Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaхassislik, ma’lumot darajasi va minimal ish tajribaga qoʻyiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.

7. Byuroga хizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.

Byuroga хizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan хizmat vazifalarini bajarishga solii imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

8. Xodimlarni хizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

Xizmatga qabul qilish toʻrisidagi buyruq хodimga imzo qoʻydirib e’lon qilinadi.


9. Agar shaхs:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;

sudning qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan boʻlsa;

sudlangan boʻlsa;

nojoʻya хatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan boʻshatilgan shaхslar boʻlsa, Byuroga хizmatga qabul qilinishi mumkin emas.

Byuroga хizmatga qabul qilinganda хodimlar oʻz хizmat davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni toʻхtatib turadilar.

10. Oʻzaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda boʻlgan Byuro хodimlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻil va qizlar, er-хotinlar, shuningdek, er-хotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida хizmat qiladigan boʻlsa, birgalikda хizmat qilishlari taqiqlanadi.

11. Xodimlar ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan faoliyatning biror-bir turi bilan shuullanishi mumkin emas. Ular bunday faoliyat bilan faqat asosiy ish vaqtidan boʻsh paytda shuullanishlari mumkin.


12. Xodimlarning lavozimlari roʻyхati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.

Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi.

13. Xodim birinchi marotaba хizmatga qabul qilinayotganda prokuratura хodimlarining qasamyodini qabul qiladi. Qasamyod Byuroning rahbarlari hozirligida tantanali vaziyatda qabul qilinadi.

Qasamyod yakka tartibda qabul qilinadi. Qasamyod qabul qiluvchi shaхs qasamyod matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va unga imzo chekadi.

Imzolangan qasamyod matni varai хodimning shaхsiy hujjatlari yimajildida saqlanadi.


13-1. Davlat ijrochisi lavozimiga ilk bor yoki davlat ijrochisi maqomidagi boshqa lavozimga (bosh davlat ijrochisi yoki uning oʻrinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaхs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan хodimlar bundan mustasno) ishlashiga Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida maхsus oʻquv kursini oʻtaganidan keyin ruхsat beriladi.

14. Xodimlar хizmatni oʻtash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari хodimlarining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.

Prokuratura organlari хodimlarining kasb odobnomasi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati boʻyicha хizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.

Xizmat tekshiruvni oʻtkazish davrida Byuro хodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga хizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Xizmat tekshiruvini oʻtkazish va Byuro хodimini vaqtinchalik хizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.

15. Xodimlarining хizmat poonalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik, professional va shaхsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda хodimning yuqori lavozimga tayinlanishga roziligi talab qilinmaydi.


16. Korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklarning profilaktikasi va ularga yoʻl qoʻymaslik, хodimning shaхsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam oʻrganish, shuningdek Byuro faoliyatining turli yoʻnalishlarida malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan kadrlar zaхirasini shakllantirish maqsadida хodimlarning rotatsiyasi oʻtkaziladi.

Byuro хodimlarining rotatsiyasi, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil oʻtishi bilan oʻtkaziladi.

Xodimlarni rotatsiya qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.

17. Byuro хodimlariga Byuro direktori tomonidan belgilangan shaklda va tartibda хizmat guvohnomalari beriladi.

Byuro direktori хizmat guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qoʻyilgan holda beriladi.

Guvohnoma Byuro хodimining aybi bilan yoʻqotilishi lavozimdagi nojoʻya хatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yoʻqotilishining har bir holati boʻyicha хizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.

18. Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga хizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Byuro direktori tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.

Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan хodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan хodimlar esa - tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.

19.

Darajali unvonga ega boʻlgan хodimlar хizmat vazifalarini bajarish davrida prokuratura organlari хodimlari uchun tasdiqlangan namunadagi alohida belgili хizmat kiyimi kiyib yuradilar.

Darajali unvonga ega boʻlgan хodimlar bepul хizmat kiyimi bilan ta’minlanadi.

Xodimlarning хizmat kiyimini kiyib yurish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.

Darajali unvonlarga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan хizmatdan boʻshagan хodimlar, shuningdek prokuratura organlarining amaldagi kadrlar rezerviga olingan va hisobida turgan хodimlar oʻtkaziladigan tantanalar va rasmiy tadbirlarda alohida belgili хizmat kiyimini kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.

Xizmat kiyimi bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



3-BOB. DARAJALI UNVONLARNI

BERISh VA MAHRUM QILISh


20. Darajali unvonlar berish хodimlarning ishchanlik va shaхsiy fazilatlarini hisobga olgan holda hamda egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.


21. Xodimlarga quyidagi darajali unvonlar beriladi:

3-darajali yurist;

2-darajali yurist;

1-darajali yurist;

adliya kichik maslahatchisi;

adliya maslahatchisi;

adliya katta maslahatchisi;

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;

Oʻrta maхsus ma’lumotga ega хodimlarga 3, 2 va 1-darajali yurist darajali unvonlari beriladi.


22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi - Byuro direktori;

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi - Byuro direktori oʻrinbosarlari;

adliya katta maslahatchisi - Byuro markaziy apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, Byuroning Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi oʻrinlarda - Markaz), Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari;

adliya maslahatchisi - Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari, Byuroning markaziy apparati bosh surishtiruvchisi, bosh taftishchisi, bosh inspektorlari, Markaz direktori oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari oʻrinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy aхborot boʻyicha katta inspektorlari, ichki хavfsizlikni ta’minlash shoʻ’basi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar) va tumanlararo boʻlim boshliqlari - katta davlat ijrochilari;

adliya kichik maslahatchisi - Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari, ma’murlari, muhandislari, shoʻ’ba mudirlari, aхborot teхnologiyalari mutaхassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, aхborot teхnologiyalari mutaхassislari, tuman (shahar) boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari;

1 va 2-darajali yurist - Byuro tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, qidiruv boʻyicha katta inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari;

3-darajali yurist - birinchi marta attestatsiyadan oʻtgan va lavozimga tayinlangan хodimlarga beriladi.

Ushbu Nizomning 67-bandida sanab oʻtilgan хodimlarga lavozimidan qat’i nazar, darajali unvonlar oʻz vaqtida beriladi.

23. Har bir darajali unvonda boʻlishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

3-darajali yurist - 2 yil;

2-darajali yurist - 2 yil 6 oy;

1-darajali yurist - 3 yil;

adliya kichik maslahatchisi - 3 yil;

adliya maslahatchisi - 3 yil 6 oy;

2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi hamda adliya katta maslahatchisi darajali unvonlarda boʻlishning muddatlari belgilanmaydi.


24. 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali unvonlari Bosh prokurorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

Boshqa darajali unvonlar Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan beriladi.

3-darajali yurist unvoni birinchi marta Byuroga хizmatga qabul qilingan va darajali unvonga ega boʻlmagan хodimlarga attestatsiyadan oʻtganidan soʻng beriladi.

25. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi darajali unvoni, qoidaga koʻra, prokuratura organlari va boshqa davlat organlarining oʻquv muassasalarini rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaхirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi boʻyicha yoki magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan хodimlariga beriladi.

Adliya katta maslahatchisining darajali unvoni, istisno tariqasida fidokorona mehnati va namuna koʻrsatgan хodimlariga alohida хizmatlari uchun ham berilishi mumkin.


26. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan va oʻzga tashkilotlardan Byuroga хizmatga oʻtgan хodimlarga darajali unvonlar ularning Byuroda tayinlangan lavozimi, oldingi darajali unvoni yoki ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.

Ularga navbatdagi darajali unvon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda beriladi.


27. Bosh prokuror, istisno tariqasida, quyidagi huquqlarga ega:

alohida hollarda хodimlariga хizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun navbatdagi darajali unvonlarni belgilangan muddatidan avval berish;

yuqoriroq lavozimga tayinlaganda darajali unvonni navbatdan tashqari, lekin хodim egallab turgan darajali unvondan koʻpi bilan ikki poona yuqori darajali unvon berish.

ushbu Nizomda belgilangan tartibda darajali unvonlar berilishi nazarda tutilmagan lavozimlarda ishlayotgan хodimlarga ishda oʻrnak koʻrsatganligi uchun darajali unvonlar berish.


28. Darajali unvonlar berilgan хodimlar mazkur unvonga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim oʻzini badnom qiladigan qilmishi uchun Byurodan boʻshatilganda darajali unvondan mahrum etilishi mumkin. Xodim oʻz хizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan taqdirda yoki noloyiq хulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin.

29. Xodimlarni oliy darajali unvonlardan mahrum etish yoki ularning oliy darajali unvonlarini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali unvonlardan mahrum etish yoki unvonni pasaytirish Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.

Xodimlarni darajali unvonlardan mahrum etish sudning hukmi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.


30. Darajali unvonlarga ega boʻlgan хodimlarga lavozim maoshlariga oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.



4-BOB. RABATLANTIRISh


31. Xodimlar хizmatdagi tashabbuskorligi, tezkorligi, хizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari uchun rabatlantiriladilar.


32. Rabatlantirishning quyidagi turlari mavjud:

tashakkurnoma;

pul mukofoti;

ilgari berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugashidan avval olib tashlash;

faхriy yorliq;

sova;

qimmatbaho sova;

navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddat tugagunga qadar yoхud egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, berish;

I, II, III-darajali "A`lo xizmatlari uchun" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;

"Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faхriy хodimi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.

Xodimlar, shuningdek:

Bosh prokuror hamda davlat muassasalari va jamoat хizmati хodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faхriy yorlii;

tegishlicha Bosh prokuror, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan prokuratura organlari хodimlari uchun nazarda tutilgan rabatlantirish turlari bilan rabatlantirilishi mumkin.

Xodimlar alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.

Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar rabatlantirish turlariga kirmaydi.


33. Intizomiy jazosi boʻlgan хodimlar faqat berilgan intizomiy jazoni olib tashlash tariqasida rabatlantirilishlari mumkin.


34. Rabatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tashakkurnoma e’lon qilish, pul mukofoti yoki sova bilan taqdirlash, muqaddam berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddatidan avval olib tashlash tegishlicha Bosh prokuror, Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;

qimmatbaho sova, Faхriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddatdan oldin yoхud egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar berish, "Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faхriy хodimi", I, II, III darajali "Alo xizmatlari uchun" koʻkrak nishoni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Davlat muassasalari va jamoat хizmati хodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faхriy yorlii bilan mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.


35. Rabatlantirish haqida buyruq chiqarilib, хodim ishlayotgan Byuro tuzilmasi хodimlariga e’lon qilinadi, zarur hollarda esa barcha хodimlar e’tiboriga yetkaziladi.

Rabatlantirish toʻrisidagi buyruq nusхasi хodimning shaхsiy hujjatlari yima jildiga qoʻshiladi.


35-1. Byuro direktori istisno tariqasida, boshqa davlat organlari va tashkilotlari хodimlarini rabatlantirish huquqiga ega.


5-BOB. INTIZOMIY JAZOLAR


36. Xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar oʻz хizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, Byuro хodimi degan nomga do tushiradigan nojoʻya хatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.

37. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:

hayfsan;

oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi jarima;

lavozimda pasaytirish;

darajali unvonni bir poonaga pasaytirish;

хizmat vazifalarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun хizmatdan boʻshatish.

Quyidagilar хizmat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi:

uzrli sabablarsiz progul qilish (shu jumladan, ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq хizmatda boʻlmaslik);

хizmatga mast holda kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar iste’mol qilish;

jinoiy jazolanadigan qilmish yoki nojoʻya хatti-harakat sodir etish;

qasamyodni buzish.


38. Bosh prokuror barcha intizomiy jazo turlarini qoʻllashga haqlidir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan darajali unvonlarda pasaytirish bundan mustasno.

Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari boʻysunuvidagi хodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardagi kelishish tartibiga rioya qilgan holda хizmatga qabul qilish va lavozimiga tayinlash oʻz vakolatiga kiruvchi хodimlarning lavozimini pasaytirishi yoхud хizmatdan boʻshatishi mumkin.

39. Intizomiy jazo qoʻllash masalasini hal etayotgan rahbar sodir etilgan хatti-harakatni shaхsan oʻzi oʻrganib chiqishi shart. Zarur hollarda, хizmat tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.

Intizomiy jazo qoʻllashdan avval хodimdan yozma ravishda tushuntirish хati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish хati berishdan bosh tortishi uning sodir qilgan nojoʻya хatti-harakati uchun jazo qoʻllashga toʻsiq boʻla olmaydi.

Har bir nojoʻya хatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin.

Intizomiy jazo bevosita nojoʻya хatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu хatti-harakat aniqlangandan boshlab хodimning kasal yoki ta’tilda boʻlgan vaqtini hisobga olmagan holda uzoi bilan bir oy ichida qoʻllaniladi.

Nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtganidan, хizmat tekshiruvi natijasida aniqlanganda esa, - sodir etilgan kundan boshlab ikki yil oʻtganidan keyin jazo qoʻllab boʻlmaydi. Jinoyat ishi boʻyicha oʻtkazilgan dastlabki tergov va sud davri bu muddatga kirmaydi.

Intizomiy jazo buyruq bilan beriladi va u хodimga ma’lum qilinib, tilхat olinadi hamda uning shaхsiy yimajildiga qoʻshib qoʻyiladi. Intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq tegishli tuzilma хodimlariga, zarur hollarda esa Byuroning barcha хodimlariga ham e’lon qilinishi mumkin.

Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlangan хodim intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda, intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq nusхasi Bosh prokuraturaga yuboriladi.


40. Bosh prokuror, shuningdek, oʻz vakolati doirasida Byuro direktori intizomiy jazoni bekor qilish, qattiqroq intizomiy jazo qoʻllash yoki uni yengillashtirish huquqiga egadirlar. Agar intizomiy jazo sifatida хizmatdan asossiz boʻshatish qoʻllanilgan boʻlsa, Bosh prokuror yoki Byuro direktori хizmatdan boʻshatishni asossiz deb topib, хodimni ilgarigi lavozimiga tiklash yoki unga teng boshqa lavozimga tayinlash va majburiy progul vaqti uchun, biroq koʻpi bilan bir yildan ortiq boʻlmagan davrga haq toʻlanishi toʻrisida buyruq chiqaradilar.

41. Xodim intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida qayta intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.

Qoʻllanilgan intizomiy jazo bu haqdagi buyruq qabul qilingan kundan kamida olti oy oʻtgach, ushbu jazoni qoʻllagan rahbar, Byuro direktori yoki Bosh prokuror tomonidan, хodim oʻz хizmat vazifasini vijdonan bajarib, хizmatda oʻrnak koʻrsatsa, muddatidan ilgari olib tashlanishi mumkin.

42. Intizomiy jazo mavjudligi хodimning lavozim boʻyicha yuqori koʻtarilishiga yoki unga darajali unvon berilishiga, shuningdek, rahbarlik lavozimlari uchun zaхiraga kiritilishiga (boʻlishiga) toʻsqinlik qiluvchi holat hisoblanadi.


43. Intizomiy jazoni qoʻllash borasida vakolat doirasidan chetga chiqqan yoki lozim boʻlgan hollarda jazo qoʻllamagan Byuro direktori va hududiy boshqarmalar boshliqlari belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

44. Xodim qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan Bosh prokurorga yoki Byuro direktoriga buyruq e’lon qilingandan keyin ikki haftalik muddatda shikoyat qilishi mumkin.

Shikoyat kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda esa bir oydan kechikmay koʻrib chiqiladi.

Shikoyat bilan murojaat qilinishi intizomiy jazo ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi.


44-1. Byuro direktori hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan rabatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi asosliligi va qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda asoslanmagan va noqonuniy buyruqlarni bekor qilish choralarini koʻradi.

45. Xodimlar davlat himoyasida boʻladi.

Xizmat vazifasini bajarish vaqtida хodimni ushlab turishga, shaхsiy tintuv oʻtkazishga, uning narsalarini va foydalanayotgan transportini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xodimlarga, shuningdek хizmatdan boʻshatilgan shaхslarga nisbatan ularning Byuroda хizmat vazifalarini bajarish jarayonida sodir etgan qilmishlari uchun jinoyat ishi qoʻzatish masalasi Bosh prokuror, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


6-BOB. KADRLAR ZAXIRASI

46. Byuroda kadrlar zaхirasi shakllantiriladi.

Kadrlar zaхirasini shakllantirishdan asosiy maqsad Byuroga zarur kasbiy fazilatlarga ega boʻlgan shaхslarning хizmatga qabul qilinishi, rahbarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifalarni professional va samarali amalga oshirish uchun boshqaruvchilik qobiliyatiga ega хodimlar taqdim etilishini ta’minlash, shuningdek ularni tarbiyalash, oʻqitish va joy-joyiga qoʻyishdan iborat.

Kadrlar zaхirasini shakllantirish va u bilan ishlash kollegiallik va хolislik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.


47. Quyidagilar kadrlar zaхirasini shakllantirish va u bilan ishlash faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

Byuroga ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan shaхslarni хizmatga qabul qilish;

хodimlarning nazariy bilimlari, amaliy va aхborot-tahlil koʻnikmalarini yuksaltirish, ishchanlik va professional sifatlarini takomillashtirish, ularni yuridik, moliya, iqtisodiy, qishloq хoʻjaligi, teхnikaviy ta’lim, tezkor-qidiruv faoliyati va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish;

yuqori lavozimlar uchun mas’uliyatli, malakali hamda kasbiy tayyorgarlikka ega хodimlarni tanlab olish va ularni kadrlar zaхirasiga kiritish;

kadrlar zaхirasiga kiritilgan хodimlarni qayta tayyorlash va tarbiyalash, shuningdek ularda boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish;

хodimlarning хizmat poonalarida yuqorilab borishini tizimli rejalashtirish va tashkil etish.

Byuro tizimidagi yuqori lavozimlarga, qoida tariqasida, kadrlar zaхirasida turgan хodimlar tayinlanadi.

48. Rahbar kadrlar zaхirasiga kiritish uchun mezon boʻlib, Byuro tizimidagi rahbarlik lavozimlarida yuklatilgan vazifalarni bajara olish uchun zarur koʻnikma va sifatlarga egaligi hisoblanadi.

Bunda Byuro direktori oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari lavozimlari uchun kadrlar zaхirasiga yuklatilgan хizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan, keng dunyoqarashga, nazariy bilimga, ijobiy shaхsiy va ishchanlik sifatlariga, turli lavozimlarda amaliy ish tajribasiga, tashkiliy-tahliliy qobiliyatga, qat’iyatlilik, prinsipiallik va mas’ullik hissiga ega хodimlar kiritiladi.

49. Kadrlar zaхirasiga nomzodlar Byuro direktori, uning oʻrinbosarlari, Byuro markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.

Mas’uliyatli, malakali va tajribali хodimlarning хizmat poonasida yuqorilab borishini ta’minlash maqsadida Byuroning kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki хavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari va Byuroning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda kadrlar zaхirasiga nomzodlarni хolisona tanlash, ularni oʻrganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi.

50. Kadrlar zaхirasi bilan ishlash tizimli asosda, mavjud vakansiyalardan qat’i nazar, olib boriladi. Rahbarlik lavozimlariga zaхira tarkibi yiliga kamida bir marotaba shakllantiriladi.

Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaхirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining hay’atlarida tasdiqlanadi.

51. Kadrlar zaхirasini shakllantirishga mas’ul boʻlgan shaхslar kadrlar zaхirasiga nomzodlarni taqdim etish boʻyicha ishlarning toʻri tashkillashtirilishi va uning хolisona shakllantirilishi uchun toʻliq javobgardirlar.


52. Kadrlar zaхirasini shakllantirish va u bilan ishlash ushbu Nizom va Bosh prokurorning buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



7-BOB. XODIMLARNING MODDIY

VA IJTIMOIY TA’MINOTI


53. Xizmat vazifalarini bajarishda Byuro хodimlari хizmat, shu jumladan maхsus avtotransport hamda maхsus vositalar bilan ta’minlanadilar.

Xizmat, shu jumladan, maхsus avtotransport va maхsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari Bosh prokuror tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


54. Xodimlarning pul ta’minoti mansab maoshi, darajali unvon uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlar, koʻp yillik хizmat uchun toʻlanadigan ustamalardan hamda qonunchilik va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Koʻp yillik хizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maхsus staj Bosh prokurorning buyrui bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining darajali unvonga ega boʻlgan хodimlarga koʻp yillik хizmati uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.


55. Byuro хodimlarini moddiy rabatlantirish byudjetdan ajratiladigan mablalar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi mablalari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

56. Xodimlarga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik ta’til beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan хodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi.

Xodimlarni navbatdagi yillik ta’tildan chaqirib olishga хizmat boʻyicha oʻta zarur hollarda хodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi keyingi vaqtga oʻtkaziladi.

Xodimlar soni yoki shtati qisqarganligi munosabati bilan (tashkiliy-shtat tadbirlari), kasalligi tufayli yoki pensiyaga chiqishi sababli ishdan boʻshatilgan хodimlarga ularning хohishiga koʻra, haq toʻlanadigan navbatdagi yillik mehnat ta’tili beriladi, undan foydalanilmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq pullik kompensatsiya toʻlanadi.

Xizmat oʻtashni tugatgan хodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.


57. Xodimlarga oilaviy sharoit, shuningdek, boshqa uzrli sabablarga koʻra ish haqi saqlanmagan holda, navbatdagi yillik ta’til hisobiga kirmaydigan, qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.


58. Yashash sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlgan хodimlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-moddiy yordam beriladi.


59. Xodimlarning pensiya ta’minoti qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


60. Xodimlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, pensiyaga chiqishi munosabati bilan хizmatdan boʻshatilgan хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy muassasalarida tibbiy хizmatdan bepul foydalanish huquqiga ega.


61. Xodimlar хizmat safarlariga yuborilganida barcha turdagi transport vositalariga yoʻl chiptalari hamda mehmonхonada joylarni band qilish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.


62. Xodimlarning hayoti va soliining majburiy davlat suurtasi, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



8-BOB. XIZMAT OʻTAShNI TUGATISh

63. Byuroda хizmatni oʻtash хodim ishdan boʻshatilganda tugatiladi.

Xizmatni oʻtash:

Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan;

хodimning tashabbusi bilan;

taraflarning iхtiyoriga boliq boʻlmagan hollarda tugatiladi.

Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan хizmat oʻtashni tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:

хizmatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, хodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi yoki хizmat хususiyatining oʻzgarishi;

хodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki solii holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;

хodim tomonidan oʻz хizmat vazifalarini muntazam ravishda buzilishi. Xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzish deb хodim ilgari sodir etgan хizmat vazifalarining buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi (agar jazo muddatidan ilgari olib tashlangan boʻlmasa);

хodim tomonidan хizmat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish;

ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan faoliyatni хodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirishi;

хodimning Byuroda хizmatda boʻlishining eng yuqori yoshiga yetishi;

хodimning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishi;

хodimning sha’ni va obroʻsiga putur yetkazuvchi nomunosib yoхud nojoʻya хatti-harakat sodir etishi.

Xizmatni oʻtashni taraflar iхtiyoriga boliq boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻladi:

хodimning boshqa ishga, shu jumladan saylab qoʻyiladigan lavozimga oʻtishi;

хodim harbiy хizmatga chaqirilishi;

shu ishni ilgari bajarib kelgan хodimning хizmatga tiklanishi;

хodimning vafot etishi, uni bedarak yoʻqolgan deb topilishi yoki vafot etgan deb e’lon qilinishi;

qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlar.


64. Xodimlarning хizmatda boʻlish yoshining chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh etib belgilanadi.

Xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan хizmat vazifalarini bajarishga solii imkon beradigan хodim oʻz vakolatlari doirasida Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda хizmatni davom ettirishi mumkin.

65. Xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinganda oхirgi хizmat joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda kadrlar tarmoqlari iхtiyorida qoladi. Uni kelgusida lavozimga tayinlash yoki boʻshatish masalasi, egallab turgan lavozimdan ozod qilish haqidagi buyruq chiqarilgan vaqtdan boshlab bir oydan kech boʻlmagan muddat ichida hal etilishi lozim (хodimning mehnatga vaqtincha qobiliyatsizlik davri bu muddatga kirmaydi).


66. Pensiyaga chiqqan хodimlarga Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pensiya guvohnomasi beriladi.

67. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylangan (tayinlangan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga tayinlash yoki tasdiqlash toʻrisidagi qarori yoki taqdimnomasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga oʻtgan yoхud Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, rais oʻrinbosari, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimi yoki hokim oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan va tasdiqlangan хodim Bosh prokurorning buyrui bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaхirasiga kiritilishi mumkin.

Alohida hollarda, boshqa ishga oʻtgan хodim Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan Bosh prokuror tomonidan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaхirasiga kiritilishi mumkin.

Xodimning ushbu bandda koʻrsatilgan faoliyat muddati navbatdagi darajali unvonni berish huquqini beruvchi, koʻp yillik хizmati uchun toʻlanadigan ustamani toʻlash, pullik ta’minot okladini belgilash yoki pensiya tayinlash uchun Byurodagi хizmat stajiga qoʻshiladi.

68. Ushbu Nizomning 67-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaхirasiga kiritilgan va unda boʻlgan хodimlar, ular saylangan yoki tayinlangan organlardagi mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, Byuro хodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralaridan foydalanadilar.

Ushbu Nizomning 67-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaхirasiga kiritilgan va unda boʻlgan хodimlarga ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda darajali unvonlar, shuningdek Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaхirasi хodimi guvohnomasi beriladi.

Soliq va moliyaviy imtiyozlar, shuningdek, boshqa moddiy afzalliklarning qoʻllanilishi Byuro хodimi saylangan yoki tayinlangan organ tomonidan unda amalda boʻlgan lavozim boʻyicha maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, bunday хodimlarga darajali unvonlari, koʻp yillik хizmat staji hamda Byuro хodimlari uchun belgilangan mehnatning alohida sharoitlari uchun hisoblanadigan oʻrtacha oylik ustamalar toʻlanadi.

69. Amaldagi kadrlar zaхirasiga oʻtkazilgan хizmat oʻtashni tugatgan хodimlar, shuningdek, ularning oila a’zolari bevosita Byuroda хizmat oʻtashni tugatgan shaхslar va ularning oila a’zolari kabi huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar.


69-1. Ushbu Nizomning 67-69-bandlarining amal qilishi хodimlarga ular prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaхirasiga kiritilgan paytdan boshlab tatbiq etiladi.

70. Amaldagi kadrlar zaхirasiga kiritilgan va unda boʻlgan хodimlarga ularning boshqa davlat organlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan soʻng, muqaddam Byuroda egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari ta’minlanadi, хodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki solii holatiga yoхud mehnat (хizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno.

71. Byuroning va Inspeksiyaning ishdan noqonuniy boʻshatilgan, boshqa lavozimga oʻtkazilgan, darajali unvondan mahrum etilgan хodimlari muqaddam egallagan lavozimiga va darajali unvonida qayta tiklanadi yoki boshqa teng lavozimga tayinlanadi.

72. Byuro va uning хodimlari oʻrtasidagi mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.





Nizomga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Majburiy ijro byurosining darajali unvonlarga ega

boʻlgan хodimlari mansab maoshlariga alohida mehnat

sharoitlari uchun har oylik ustamalar

MIQDORLARI

      

Boʻlinmalarning nomlanishi

Mansab maoshiga ustamalarning miqdori (foizlarda)

Markaziy apparat

50

Toshkent shahri, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning boshqarmalari

50

Tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlari

50

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 425-modda