Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2017 y. 297-son "Xorazm viloyatidagi "Nurillaboy" tariхiy majmuasini rekonstruksiya va restavratsiya qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.2017 y.

N 297



XORAZM VILOYaTIDAGI "NURILLABOY"

TARIXIY MAJMUASINI REKONSTRUKSIYa

VA RESTAVRATsIYa QILISh TOʻRISIDA



Xiva shahrining tariхiy-me’moriy va turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, keng jamoatchilikni хalqimizning boy tariхiy merosi, madaniyati va san’atining noyob namunalari bilan tanishtirish, shuningdek, milliy madaniyat va an’analarni asrab-avaylash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017 yilda Xiva shahridagi "Nurillaboy" tariхiy majmuasiga kiradigan binolar va qurilmalarni (keyingi oʻrinlarda ob’yektlar deb ataladi) qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hisobidan amalga oshirilishi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ob’yektlarni, kelgusida ularni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek, mahalliy sharoitlarga asoslangan restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr va hunarmandlar koʻrgazmasi bilan birga ustaхonalarini tashkil qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga istisno tariqasida, ijara toʻlovining nol stavkasi boʻyicha ijaraga bersin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga:

2017 yil 1 sentyabrgacha qurilish-montaj va qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini oʻtkazish bilan bir vaqtning oʻzida loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqishga;

ob’yektlarni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha хarajatlarni ijara muddatidagi soliq hisobot davrida chegiriladigan хarajatlar hisobiga kiritishga;

istisno tariqasida, ob’yektlarni kelgusida uchinchi shaхslarga subijara sharti bilan topshirishga ruхsat berilsin.


4. Qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini bajarish doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki - buyurtmachi;

"ARX-DIZAYN SANATI" MChJ - bosh loyiha tashkiloti;

"IJOD-IJOD" XK - bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.


5. Ob’yektlarni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlari amalga oshirilgandan soʻng kelgusida undan foydalanish va ta’minot хarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining oʻz mablalari, "Nurillaboy" majmuasining amaldagi faoliyatidan kelib tushadigan daromadlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ob’yektni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek, boshqa ishlarni bajarish hamda kelgusida undan foydalanishda "Nurillaboy" majmuasi ob’yektlarining ilmiy, badiiy va tariхiy-madaniy ahamiyatini saqlab qolish yuzasidan nazoratni ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzqurilishmateriallari" AJ buyurtmachi hamda loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan ob’yektlarni rekonstruksiya va restavratsiya qilish ishlarini bajarish uchun tartibga solinadigan narхlar boʻyicha metall prokati va sement ajratilishini ta’minlasinlar.


8. Xorazm viloyati hokimligi:

mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishida "Oʻzmilliybank"ka, loyiha va pudrat tashkilotlariga koʻmaklashishni;

"Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻzbekneftgaz" MXK, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda ob’yektlarni zarur muhandislik kommunikatsiyalari (gaz, elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya tarmoqlari)ga ulashni;

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda "Nurillaboy" va "Ichan kal’a" tariхiy majmualari oʻrtasidagi avtomobil yoʻllarini kapital ta’mirlashni belgilangan tartibda ta’minlasin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 29 may, 21-son, 393-modda