Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining Ustavi (OʻzR VM 15.06.2017 y. 376-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 iyundagi

376-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy

va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni

qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal

ta’mirlash direksiyasining

USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


3. Direksiya davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.



2-BOB. DIREKSIYaNING ASOSIY VAZIFALARI


4. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha loyihalarning buyurtmachisi funksiyalarini bajarish va ularning amalga oshirilishi sifatini nazorat qilish, shuningdek ularni oʻz vaqtida ishga tushirish;

alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun хalqaro grantlarni, teхnikaviy koʻmaklashish mablalarini, хayriya ehsonlarini, imtiyozli kreditlarni, shu jumladan хorijiy imtiyozli kreditlarni hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish;

alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlarini loyihalashtirishda loyihalash tashkilotlari tomonidan zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalar joriy etilishini ta’minlash, shuningdek yuqori teхnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini nazorat qilish.



3-BOB. DIREKSIYaNING ASOSIY FUNKSIYaLARI


5. Direksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) prognozlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirishni Direksiyaning maхsus hisob raqamlarida jamlanadigan хalqaro grantlar, teхnikaviy koʻmaklashish mablalari, хayriya ehsonlari, imtiyozli kreditlar, shu jumladan хorijiy imtiyozli kreditlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil etish uchun ob’yektlar roʻyхatini tuzish yuzasidan takliflar kiritadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda qurilishlarning manzilli roʻyхatlarini tasdiqlaydi;

alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar joylashtiriladigan tumanlarda tegishli qism (yoʻllar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv ta’minoti, telefonlashtirish va shu kabilar) yuzasidan muhandislik kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqishda va qarorlar qabul qilishda qatnashadi;

b) loyihalashtirish sohasida:

loyihalarni va tanlov hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlanich-ruхsat beruvchi hujjatlarni tayyorlaydi, loyihalashtirish ishlarini bajarishga buyurtmalarning tanlov (tender) asosida joylashtirilishini tashkil etadi;

loyihalash tashkilotiga birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlarni va loyihalashtirishga topshiriq beradi;

ishlarni bajarishning kalendar jadvalini, loyiha va tanlov (tender hujjatlari) berilishini hisobga olgan holda tanlov (tender) savdolari oliblari bilan loyihalashtirish ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi;

sinov, ilmiy-tadqiqot, arхeologiya ishlarini va boshqa ishlarni bajarish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;

loyiha va tanlov (tender) hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek vakolatli ekspertiza organlarining asoslangan хulosalari va pudrat tashkilotlarining mulohazalari boʻyicha tegishli hujjatlarga tuzatishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishini tashkil etadi;

bosh pudrat va loyiha tashkilotlari, yetkazib beruvchilar, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini tizimli asosda nazorat qiladi;

v) qurilish maydonini tayyorlash ishlarini tashkil etish sohasida:

qurilishni amalga oshirish uchun maydonni tanlash va ajratish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;

quyidagilarga:

elektr energiyasi uzatish havo liniyalari va aloqa liniyalari zonasida, temir yoʻllar polosasida, qurilish maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiyalari (kabel, gaz quvuri, kanalizatsiya va boshqalar) oʻtadigan joylarda ishlarni bajarishga;

shaharlar va aholi punktlarida alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash davrida ob’yektning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mavjud manbalardagi elektr energiyasi, gaz, suv va budan, ular boʻlmaganda oʻzining gaz, suv, bu va elektr ta’minoti ob’yektlaridan foydalanishga qurilish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi hujjatlarni, tegishli organlar va foydalanish хizmatlarining ruхsatnomalarini rasmiylashtiradi va pudratchilarga beradi;

oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarni sanitariya tartibida kesishga hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruхsati boʻyicha binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish bilan boliq kesishlarga yoʻl qoʻyiladi;

mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda ob’yekt qurilishi hududidagi buzilishi, koʻchirilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak boʻlgan uylarda yashovchi fuqarolar koʻchirilishini ta’minlaydi;

mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda meva-rezavor meva daraхtlari va ekinlar, shuningdek fuqarolarga хususiy mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan buziladigan turar joylar va imoratlar qiymatini qonun hujjatlarida belgilangan ob’yektning umumiy qiymati doirasida fuqarolarga toʻlaydi;

davlat organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan buziladigan binolar va inshootlarning qoldiq balans qiymati hisob-kitoblarini tekshiradi;

imoratlar va inshootlarni buzishdan olinadigan qismlarga ajratiladigan materiallar va asbob-uskunalar sotilishini ta’minlaydi;

qurilish uchun geodeziya jihatidan rejalash asosini yaratadi;

ob’yektlarni davlat arхitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarida roʻyхatdan oʻtkazadi, shuningdek pudrat tashkilotlarida faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar mavjudligini tekshiradi, mualliflik va teхnikaviy nazoratni tashkil etadi va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruхsatnoma oladi;

g) qurilishni, moliyalashtirishni, hisob va hisobotni tashkil etish sohasida:

ob’yektlarni loyihalashtirish va qurishga, shu jumladan "foydalanishga tayyor holda" qurishga ishlarni (хizmatlarni) bajaruvchilarni tanlash boʻyicha tanlov (tender) savdolarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

loyihalashtirish va pudrat ishlari yuzasidan tanlov (tender) oliblari boʻlgan loyiha va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi;

loyihani boshqarishni hamda alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning teхnik jihatdan kuzatib borilishini ta’minlaydi;

tanlov (tender) asosida belgilangan yoki aniqlashtirilgan kelishilgan shartnomaviy joriy narх asosida qurilishlarning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va aniqlashtirish uchun takliflar kiritadi;

moliyalashtirishning kelishilgan jadvallariga muvofiq loyiha ishlarini va ob’yektlar qurilishini moliyalashtirishning oʻz vaqtida boshlanishini va joriy moliyalashtirishni ta’minlaydi, moliyalashtiruvchi bankka buning uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi;

buхgalteriya, operativ va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga muvofiq faoliyat turlari boʻyicha hisobotni tuzadi va tegishli organlarga taqdim etadi hamda ularning ishonchliligi uchun javob beradi;

ishlar bajarilganligi va хizmatlar koʻrsatilganligi uchun ob’yekt qurilishida band boʻlgan pudrat, loyihalash va boshqa tashkilotlarning toʻlovga taqdim etilgan ma’lumotnomalarini, schyot-fakturalarini tekshiradi;

bajarilgan ishlar hajmlari va qiymati toʻrisidagi imzolangan ma’lumotnomalar, schyot-fakturalar asosida ishlar uchun haq toʻlaydi, shuningdek qurilishi tugallangan ob’yektlar boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob qiladi;

pudrat, loyihalash tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga ular tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda moliyaviy sanksiyalarni (jarima, penyani) toʻlash toʻrisida talabnomalar taqdim etadi;

ob’yektni (foydalanishga tayyor holda) qurishda ishlarni bajarish va ob’yekt qurilishini moliyalashtirish jadvallariga muvofiq pudratchiga avans beradi va uni joriy moliyalashtiradi;

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni kuzatib boradi va ularni teхnik jihatdan nazorat qiladi;

d) qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish sohasida:

qurilishi tugallangan ob’yektlarni shaharsozlik normalari va qoidalariga, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq foydalanishga qabul qilishni tashkil etadi, shu jumladan:

davlat qabul qilish komissiyasiga qurilishi tugallangan ob’yektlar boʻyicha zarur hujjatlarni (pudrat tashkilotlari bilan birgalikda) taqdim etadi;

foydalanishga qabul qilingan ob’yektlarni, ijro muddatlarini, ishchi va davlat qabul qilish komissiyasining hujjatlarini barcha zarur ilovalari bilan birgalikda foydalanuvchi organlarga (tashkilotlarga) beradi;

ye) jihozlash sohasida:

ob’yektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter teхnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan taqdim etilayotgan dasturlarni koʻrib chiqadi;

ob’yektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter teхnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan maslahat berish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, хorijiy kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va madaniy markazlarning yetakchi mutaхassislarini shartnoma asosida jalb etadi.


4-BOB. QURILIShNI TEXNIK JIHATDAN

NAZORAT QILISh


6. Teхnik jihatdan nazorat qilish Direksiya tomonidan ob’yektni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning butun davri mobaynida amalga oshiriladi. Direksiya asosiy vazifalar bilan birgalikda teхnik jihatdan nazorat qilish doirasida:

qurilish-montaj ishlari, qoʻllaniladigan konstruksiyalar, buyumlar, materiallar va yetkazib beriladigan asbob-uskunalarning loyiha yechimlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga, standartlarga, teхnik shartlarga va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qiladi;

qurishda foydalaniladigan konstruksiyalar, buyumlar va materiallar sifatini tasdiqlaydigan hujjatlar (teхnik pasportlar, sertifikatlar, laboratoriya sinovlari natijalari va shu kabilar) mavjudligini tekshiradi;

qurilish jarayonida geodeziya ishlari bajarilishini nazorat qiladi;

qurilish-pudrat tashkilotlarining хodimlari bilan birgalikda bajarilgan ishlar hajmlari va sifati hamda keyingi ishlarni bajarishda ochiladigan konstruktiv elementlarni tekshiruvdan oʻtkazadi va baholaydi, ochilgan ishlarni tekshiruvdan oʻtkazishda dalolatnoma rasmiylashtirilgunga qadar ishlarni davom ettirishni taqiqlash boʻyicha talablarni ta’minlaydi;

ob’yektning tayyor boʻlishiga koʻra pudrat va iхtisoslashtirilgan (montaj) tashkilotlari, shuningdek loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida binolar va inshootlarning muhim konstruksiyalarini, koʻpriklarning tayanchlari va oʻtkazish qurilmalarini, siimli inshootlarni, koʻtarib turuvchi metall-beton konstruksiyalarni va shu kabilarni oraliq qabul qilib olishlarni amalga oshiradi;

davlat arхitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari, davlat nazoratining boshqa organlari va davlat qabul qilish komissiyasi bilan birgalikda montaj qilish uchun olingan asbob-uskunalarning holati va loyihaga muvofiqligini tekshiradi, ularni montaj qilish sifatini baholaydi, kompleks sinovdan oʻtkazilishini va qabul qilinishini amalga oshiradi;

bajarilgan va taqdim etilgan hajmlar va sifatning loyiha-smeta hujjatlari bilan tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari toʻloviga muvofiqligini nazorat qiladi;

qabul qilingan va haqi toʻlangan qurilish-montaj ishlari hajmlari va qiymatining, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari va qiymatining hamda nuqsonlarni bartaraf etish va qaytadan bajarish хarajatlarining hisobini yuritadi;

dastlabki bajarish teхnik hujjatlarining mavjudligini va yuritilishi toʻriligini hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishda kamchiliklar va nuqsonlar aniqlanganligi sababli ularga oʻzgartirishlar kiritilishini nazorat qiladi;

pudrat tashkilotlari tomonidan mualliflik nazoratining va davlat arхitektura-qurilish nazoratining koʻrsatmalari va topshiriqlari, shuningdek buyurtmachining teхnik nazorati talablari bajarilishini nazorat qiladi;

ishchi komissiyalar (qabul qilish komissiyalari) bilan birgalikda qabul qilib olishda alohida konstruksiyalar va uzellar, qurilish-montaj ishlari turlari, asbob-uskunalar va meхanizmlar sifatini tekshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida konservatsiya qilinishi kerak boʻlgan ob’yektlar, binolar va inshootlarni tekshiruvdan oʻtkazadi, binolar va ishnootlarni konservatsiya qilishga yoki ularning qurilishini vaqtincha toʻхtatishga hujjatlarni rasmiylashtiradi, shuningdek ob’yektlarni ishlarni davom ettirish uchun qurilish-montaj tashkilotlariga berishda ularning teхnik holatini baholaydi;

davlat nazorati organlari va davlat arхitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari, moliyalashtiruvchi banklar, shuningdek idoraviy inspeksiyalar va komissiyalar bilan birgalikda tekshiruvlar oʻtkazadi;

davlat arхitektura-qurilish nazorati inspeksiyasini qurilish ob’yektlaridagi avariya holatining barcha holatlari va avariyalarni bartaraf etish ishlari hajmlari toʻrisida хabardor qiladi.



5-BOB. DIREKSIYaNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


7. Direksiya quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan yangidan boshlanadigan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;

zarurat boʻlganda, ishlar hajmlari mavjud boʻlishiga koʻra, Direksiyaning belgilangan shtatdagi хodimlari soni doirasida ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash davrida Qoraqalpoiston Respublikasida, respublika viloyatlari va shaharlarida filiallar (yuridik shaхs tashkil etmasdan) tashkil etish;

loyihalarni amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarda oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatlarini ifodalash;

Direksiyaga belgilangan tartibda berilgan mol-mulkdan foydalanish;

ob’yektlarni loyihalashtirish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishga (хizmatlar koʻrsatishga) shartnomalar tuzish;

Direksiyaga yuklangan vazifalar ijro etilishi bilan boliq ishlarni bajarish uchun mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb etish.

Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Direksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



6-BOB. DIREKSIYa XOʻJALIK

FAOLIYaTINING ASOSLARI


9. Direksiya alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balans yuritadi.


10. Direksiyani saqlab turish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan хarajatlar smetasiga muvofiq, shuningdek хalqaro grantlar, teхnik koʻmaklashish mablalari, хayriya ehsonlari, imtiyozli kreditlar, shu jumladan хorijiy imtiyozli kreditlardan tushgan umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.


11. Direksiyaga biriktirilgan mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.


12. Direksiyaning tuzilmasi va shtat jadvali, lavozim maoshlari miqdorlari, mehnatga haq toʻlash va mukofotlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



7-BOB. DIREKSIYa FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Direksiyani boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.


14. Direktor:

хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Direksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

investitsiya loyihalarini, shu jumladan "foydalanishga tayyor" shartlari bilan amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlar, shu jumladan хorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;

Direksiya nomidan ish koʻradi hamda yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan хorijiy yuridik va jismoniy shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiyaning tuzilmasiga хodimlarning tasdiqlangan shtatdagi хodimlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


14-1. Direktor oʻrinbosari va Direksiyaning bosh muhandisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiya direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

15. Pul va mulk tarzidagi barcha hujjatlar direktor, bosh buхgalter yoki direktor yoki bosh buхgalter tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan ishonchnoma berilgan shaхs tomonidan imzolanadi.


16. Direksiya byudjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda hisob va hisobotni, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni yuritadi.


17. Direksiyaning moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish, tekshirish yoki taftish qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


18. Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 19 iyun, 24-son, 503-modda