Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 16.06.2017 y. 136-mh-son "Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarining 11-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.06.2017 y. 2848-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.06.2017 y.

N 2848-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

16.06.2017 y.

N 136-mh


BUYRUI



Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining

namunaviy shakllarining 11-ilovasiga

oʻzgartirish kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni va 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016 yil 20 dekabrdagi 294-mh-son "Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2848, 2016 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 51-son, 586-modda) 11-ilovasi 5.4-bandining yettinchi va sakkizinchi хatboshilaridagi "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Davlat хizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                     M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 19 iyun, 24-son, 520-modda