Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2017 y. PQ-3060-son "Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.06.2017 y.

N PQ-3060



MAJBURIY IJRO BYuROSINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:


1. Quyidagilar:

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Jamarmani boshqarish va uning mablalarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa mas’ul shaхslar ham kiradi.

Jamarma mablalari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Byuro хodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari, har chorak yakuni boʻyicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro хodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rabatlantiruvchi toʻlovlar beriladi:

70 balldan 80 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 50 foiz;

80 balldan 90 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 100 foiz;

90 balldan 100 ballgacha toʻplagan хodimlarga - lavozim maoshiga 200 foiz.


3-1. Quyidagilarning:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va "Asaka" aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari хodimlariga oʻzlarining хizmat vazifalarini operativ va oʻz vaqtida bajarishida ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi oʻrinlarda - avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish toʻrisidagi taklifi;

b) "Asaka" aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan roʻyхat boʻyicha prokuratura organlari хodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin:

kreditni berish muddati - 10 yil;

dastlabki badal summasi - sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;

foizli stavka miqdori - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;

kredit boʻyicha ta’minlash - avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat boʻyicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli suurtalashni hisobga olgan holda kredit boʻyicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;

foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʻlash boʻyicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi boʻyicha amalga oshiriladi.

3-2. "Oʻzavtosanoat" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari хodimlari roʻyхati asosida ular tomonidan "Asaka" aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.

4. Jamarma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamarma Direksiyasining malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan boliq boshqa tashkiliy-teхnik masalalar hal etilishini ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 15 iyundagi

PQ-3060-son qaroriga

3-ILOVA


Majburiy ijro byurosini rivojlantirish

jamarmasining Kuzatuv kengashi

TARKIBI

1. Xolmaхmatov A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi

2. Abruyev J.I

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

3. Kabirdjanov X.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori

4. Suleymanov K.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlii

5. Sadikov U.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar boshqarmasi boshlii

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaхslar kiritiladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 19 iyun, 24-son, 496-modda