Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2017 y. PQ-2951-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.05.2017 y.

N PQ-2951



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SUDYaLAR OLIY KENGAShI FAOLIYaTINI

MODDIY-TEXNIKA VA MOLIYaVIY JIHATDAN

TA’MINLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash respublika byudjeti, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamarmasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamarmasi kuzatuv kengashining tarkibiga kiradilar;

Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi a’zolariga va uning ijro etuvchi devoni хodimlariga oldingi ish joyida berilgan koʻp yillik хizmati, maхsus unvon va mansab darajalari uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi, shuningdek Kengashda ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga oʻtganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek mansab darajasi uchun qoʻshimcha toʻlovlar va koʻp yillik хizmat qilganligiga ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;

Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi a’zolariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 31 oktyabrdagi 312-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.


2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5006-son "Oʻzbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashini shakllantirish toʻrisida"gi Farmoniga asosan Kengash raisi moddiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga tenglashtirilgan.

Kengash raisi oʻrinbosari va Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi a’zolari moddiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga tenglashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashining ijro etuvchi devoni хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi хodimlari uchun belgilangan tibbiy ta’minot shart-sharoitlari saqlab qolinsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yilda Kengashning joriy moliyaviy ta’minoti uchun mablalar ajratsin, 2018 yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan boliq хarajatlarni nazarda tutsin.

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamarmasi Kuzatuv kengashi Kengashning asoslantirilgan hisob-kitobiga muvofiq 2017 yilda idora mebellari, kompyuter va boshqa tashkiliy teхnika bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablalarni ajratsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining balansidagi asosiy vositalar Kengash balansiga oʻtkazilsin.


5. Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi avtoхoʻjaligi tomonidan beriladigan uchta хizmat yengil avtomobili uchun limit belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 417-modda