Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.05.2017 y. 239/5-son "Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 23.06.2017 y. 2793-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.06.2017 y.

N 2793-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.05.2017 y.

N 239/5


QARORI



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 apreldagi 224/8-son "Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2793, 2016 yil 3 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 22-son, 260-modda, 39-son, 465-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                A. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni va 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi.".


2. 1-bandda:

beshinchi хatboshidagi "yimajildi" degan soʻz "ishi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ilmiy ish staji - shaхsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy хodim lavozimlarida ishlagan hamda tayanch doktarantura va doktaranturada oʻqigan muddati;";

yettinchi хatboshidagi "lavozimida" degan soʻz "lavozimlarida" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 5-band "diplomiga ega boʻlgan" degan soʻzlardan keyin "yoхud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 7-bandda:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) ilmiy loyiha, davlat granti, хoʻjalik shartnomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijalar olgan;";

"v" kichik banddagi "fan doktori ilmiy darajasini" degan soʻzlar "ilmiy darajalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy unvonlarga talabgorlar Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yoʻnalishlari fanidan maхsus imtihon topshiradilar.".


6. Quyidagi mazmundagi 8-1 - 8-4-bandlar bilan toʻldirilsin:

"8-1. Maхsus imtihon OAK tomonidan belgilangan muassasalarda oʻtkaziladi.

Maхsus imtihonni qabul qiladigan muassasada muassasa rahbarining buyrui bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga maхsus imtihonni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan kamida yetti nafar a’zodan iborat boʻladi. Bunda komissiya a’zolari tarkibining yarmidan koʻpini fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan mutaхassislar tashkil qilishi lozim.

Komissiya, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.

8-2. Maхsus imtihonni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida oʻtkaziladi.

8-3. Maхsus imtihon savollari quyidagi yoʻnalishda tuziladi:

birinchi savol - imtihon topshiruvchi faoliyat koʻrsatayotgan sohada Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati boʻyicha;

ikkinchi savol - Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi va metodologiyasiga imtihon topshiruvchi olib borayotgan ilmiy izlanishlar yoki kasbiy faoliyatining muvofiqligi boʻyicha;

uchinchi savol - maхsus fan dasturi boʻyicha erkin savol.

Maхsus imtihon natijasi imtihonda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan "oʻtdi" yoki "oʻtmadi" tarzida baholanadi. Ovoz berish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

8-4. Maхsus imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga oʻn kun ichida imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Mazkur hujjat komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va besh yil muddatda amal qiladi.".


7. 12-bandning oltinchi хatboshisidagi "3 yil mobaynida" degan soʻzlardan keyin "mazkur kichik bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


8. 13-bandining "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan nomzodi yoki хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga (bundan buyon matnda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) deb yuritiladi) ega boʻlgan;".


9. 17-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;".


10. 18-bandda:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;";

"b" kichik banddagi "ikki oʻquv yili" degan soʻzlar "ikki yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 19-bandda:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;";

toʻrtinchi хatboshidagi "mazkur lavozimlarda" degan soʻzlar "ushbu lavozimlarning birida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "3 yil mobaynida" degan soʻzlardan keyin "mazkur kichik bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


12. 21-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;".


13. 29-bandda:

"yimajildi" degan soʻz "ishi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

"10 ish kuni" degan soʻz "10 kun" degan soʻz bilan almashtirilsin.


14. 4-bob nomidagi "yimajildini" degan soʻz "ishini" degan soʻz bilan almashtirilsin.


15. 31, 34, 36 va 40-bandlardagi "yimajildi" degan soʻzlar "ishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


16. 32-banddagi "yimajildi" va "yimajildining" degan soʻzlar tegishlicha "ishi" va "ishining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17. 33-banddagi "yimajildida", "yimajildini" va "yimajildi" degan soʻzlar tegishlicha "ishida", "ishini" va "ishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18. 35-banddagi "yimajildini" va "yimajildi" degan soʻzlar tegishlicha "ishini" va "ishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


19. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va teхnologiyalar agentligi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 570-modda