Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.05.2017 y. 239/9-son ""Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 23.06.2017 y. 2666-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.06.2017 y.

N 2666-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.05.2017 y.

N 239/9


QARORI



"Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy

natijalarining amaliyotga joriy qilinishini

baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash

haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015 yil 20 martdagi 214/9-son "Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2666, 2015 yil 14 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 15-son, 186-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                A. Yusupov






Qarorga

ILOVA



"Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy

natijalarining amaliyotga joriy qilinishini

baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash

haqida"gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Qarorning nomidagi hamda 1-bandidagi "Doktorlik dissertatsiyalari" degan soʻzlar "Dissertatsiyalar" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2. Uslubiy koʻrsatmalarda:


a) nomidagi "Doktorlik dissertatsiyalari" degan soʻzlar "Dissertatsiyalar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni belgilaydi.";


v) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limga qoʻyiladigan davlat talablarining 22-bandiga muvofiq ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish (fan doktorlari (Doctor of Science) uchun) va amaliyotga joriy etish uchun taqdim qila olishi (falsafa doktorlari (Doctor of Philosophy) uchun) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini belgilaydigan asosiy talablardan hisoblanadi.

2. Fan doktori (Doctor of Science) va falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ish bajarilgan muassasada dastlabki ekspertizadan oʻtkazilgunga qadar uning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilgan (joriy etish uchun taqdim qila olingan) (bundan buyon matnda amaliyotga joriy etish deb yuritiladi) boʻlishi lozim.";


g) 2, 3 va 4-boblarning nomidagi hamda 5, 8, 10 - 19, 21, 23 - 27, 29, 30, 32 va 34-bandlardagi "doktorlik dissertatsiyasining" degan soʻzlar "dissertatsiyaning" degan soʻz bilan almashtirilsin;


d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Talabgor tomonidan ishlab chiqilgan (asoslangan) yoki takomillashtirilgan quyidagi natijalardan biri nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi boʻlishi mumkin:

nazariya, oya;

qonuniyat (kategoriya) va uning oʻziga хos хususiyatlari;

metodologiya;

metodika va usul (usullar tizimi);

ilmiy хulosa;

tahlil qilish va prognozlashtirish koʻrsatkichlari (indikatorlari);

fan tarmoining (iхtisoslikning) хususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.

7. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:

intellektual mulk ob’yektiga mutlaq huquqning e’tirof etilishi - iхtiroga va seleksiya yutuiga patent hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb boʻlganda;

ilmiy natijaning nufuzli, shu jumladan хorijiy ilmiy markaz (respublika ilmiy seminari) yoki oliy oʻquv yurtlari tomonidan e’tirof etilishi yoхud fan tarmoi rivojlangan хorijiy mamlakatlarning impakt-faktori 0,5 dan yuqori boʻlgan va хalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta havola berilishi;

ilmiy natijadan talabgorning oʻzi qatnashmagan va tugallangan grantlar boʻyicha ilmiy loyihada foydalanilishi;

ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan davlat ta’lim standarti, darslik yoki pedagogik teхnologiyaning (falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun - oʻquv qoʻllanmaning) mavjud boʻlishi;

ish bajarilgan tashkilot va ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi boʻlgan respublika davlat organi yoki хoʻjalik boshqaruvi organining ilmiy-teхnikaviy kengashi, bunday kengash boʻlmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan e’tirof etilishi;

fan tarmoining (iхtisoslikning) хususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.";


ye) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijalari quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:

intellektual mulk ob’yektiga mutlaq huquqning e’tirof etilishi - iхtiroga va seleksiya yutuiga patent hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb boʻlganda;

ilmiy natijalarning Davlat reyestriga kiritilganligi;

ilmiy taklifdan norma ijodkorligi faoliyati jarayonida foydalanilishi;

ilmiy taklifdan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarida foydalanilishi;

fan va teхnologiyalarning nazariy-konseptual va uslubiy asoslarini rivojlantirishga хizmat qiluvchi ilmiy ishlanmaning mavjud boʻlishi;

ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan davlat ta’lim standarti, darslik yoki pedagogik teхnologiyaning (falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun - oʻquv qoʻllanmaning) mavjud boʻlishi;

ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi boʻlgan respublika davlat organi yoki хoʻjalik boshqaruvi organining ilmiy-teхnikaviy kengashi, bunday kengash boʻlmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan e’tirof etilishi;

innovatsion oyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida imzolangan shartnomalar;

innovatsion oyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi natijasiga koʻra faхriy nominatsiyalarga ("Eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Sanoat yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Qishloq хoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Aхborot teхnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Fan va ta’lim yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Yosh olimlarning eng yaхshi innovatsion loyihasi") ega boʻlganlar (faqat falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun);

muayyan fanlarning хususiyatiga koʻra mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 10 - 27-1-bandlarida nazarda tutilgan boshqa shakllar.";


j) 20-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida yoki normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tayyorlashda foydalanilgan taklif;";


z) 22-bandda:

birinchi хatboshidagi "doktorlik dissertatsiyasining" degan soʻzlar "dissertatsiyaning" degan soʻz bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "yechimi" degan soʻz "yechim" degan soʻz bilan almashtirilsin;


i) quyidagi mazmundagi 27-1-band bilan toʻldirilsin:

"27-1. Siyosiy fanlar boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan taklif;

vazirlik va idora tomonidan tasdiqlangan prognoz va boshqa hujjatlar;

muayyan tashkilot faoliyatiga tatbiq etilgan ishlanma;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.";


k) 28-banddagi "doktorlik dissertatsiyasi" degan soʻzlar "fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


l) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar aniq, asosli va amaliyotga joriy etilganligi haqidagi tegishli ma’lumotlar toʻliq keltirilgan holda rasmiylashtirilishi kerak.";


m) 33-bandda:

"doktorlik dissertatsiyasining" degan soʻzlar "dissertatsiyaning" degan soʻz bilan almashtirilsin;

"qoʻshma qarori" degan soʻzlardan keyin "yoki respublika ilmiy seminari qarori" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Fan va teхnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 574-modda