Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.06.2017 y. PQ-3073-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.06.2017 y.

N PQ-3073



RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi olijanob fazilatlarni, shukronalik, mehr-oqibat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Roʻza hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish toʻrisida"gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun dushanba kuniga toʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda хalqimizning milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada oʻtkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 21 iyun