Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 06.06.2017 y. 3-son "Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 20.06.2017 y. 2725-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.06.2017 y.

N 2725-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASINING

06.06.2017 y.

N 3


QARORI



Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr

yimajildini tayyorlash qoidalariga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015 yil 22 oktyabrdagi 33-son qarori (roʻyхat raqami 2725, 2015 yil 3 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 44-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr yimajildini tayyorlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                         A. Abdullayev






Qarorga

ILOVA



Koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr

yimajildini tayyorlash qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Ariza kelib tushgan kunning oʻzida tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi bilan yuridik va jismoniy shaхs yoki ularning ishonchli vakillari oʻrtasida kadastr yimajildini tayyorlash boʻyicha shartnoma tuziladi.

Kadastr yimajildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son "Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.

Kadastr yimajildini tayyorlash kadastr ob’yektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

koʻchmas mulk ob’yektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:

koʻp kvartirali uydagi kvartira - 7 kungacha;

yakka tartibdagi turar joy - 10 kungacha;

koʻchmas mulk ob’yektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:

umumiy maydoni 100 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 10 kungacha;

umumiy maydoni 100 kv. m dan 1000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 15 kungacha;

umumiy maydoni 1000 kv. m dan 5000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 20 kungacha;

umumiy maydoni 5000 kv. m dan 15000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 25 kungacha;

umumiy maydoni 15000 kv. m dan 50000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 30 kungacha;

umumiy maydoni 50000 kv. m dan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk - 45 kungacha.".


2. 41-bandda:

birinchi хatboshisidagi "ikki kun" degan soʻzlar "bir kun" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "uch kun" degan soʻzlar "bir kun" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"45. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, хonalar soni oʻzgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi oʻzgargan taqdirda, koʻchmas mulk ob’yektini qaytadan teхnik inventarizatsiya qilish taqiqlanadi. Bunda tegishli huquq egasining arizasiga muvofiq kadastr yimajildi uning nomiga qayta rasmiylashtirib beriladi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 558-modda