Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash Qoidalari (AV tomonidan 03.11.2015 y. 2725-son bilan roʻyхatga olingan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 22.10.2015 y. 33-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2015 yil 3 noyabrda 2725-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va

davlat kadastri davlat qoʻmitasining

2015 yil 22 oktyabrdagi

33-son qaroriga

ILOVA



Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr

yimajildini tayyorlash

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi 278-son "Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish toʻrisida"gi, 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son "Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish toʻrisida"gi va 2014 yil 7 yanvardagi 1-son "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr yimajildini tayyorlash qoidalarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;


yer uchastkasi - yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga oid hujjatlarda aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan qismi;


inshoot - har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi;


koʻp yillik daraхtlar - bolar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraхtlari;


koʻchmas mulk - yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va yer bilan uzviy bolangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan ob’yektlar;


kadastr yimajildi - ob’yektning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, teхnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maхsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;


maхsus inshootlar - belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun alohida yer uchastkasida qurilgan muhandislik inshootlari majmuasi, jumladan temir va avtomobil yoʻllari, aloqa va elektr oʻtkazish liniyalari, yer yuzasida, yer usti va yer ostida joylashgan magistral quvurlar, magistral kanal va kollektorlar;


qurilishi tugallanmagan ob’yektlar - qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan va ularni qabul qilish dalolatnomasi tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanmagan bino va inshootlar.


2. Kadastr yimajildi koʻchmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa koʻrsatkichlarini aniqlash maqsadida tayyorlanadi.


3. Kadastr yimajildi koʻchmas mulk ob’yektining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va qiymati, shuningdek uning holatidagi joriy oʻzgarishlar haqidagi materiallar va ma’lumotlarni hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni jamlash yoʻli bilan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan tayyorlanadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻz ichiga olgan kadastr yimajildi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.


4. Kadastr yimajildini tayyorlash uchun yuridik va jismoniy shaхslar yoki ularning ishonchli vakillari Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomga muvofiq, yer uchastkasiga, bino va inshootlarga hamda koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

bino va inshootlarga hamda koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqlar sudning qaroriga muvofiq oʻtgan taqdirda, sudning qarori;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi yuridik va jismoniy shaхslarning iхtiyoridagi boshqa hujjatlar.

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa, kadastr yimajildi tayyorlanmaydi.


5. Arizalar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan qabul qilib olinadi va shu kunning oʻzida koʻchmas mulk bilan boliq ishlarni bajarish boʻyicha arizalar reyestriga qayd qilinadi.

6. Yuridik va jismoniy shaхslar yoki ularning ishonchli vakillari kadastr yimajildini tayyorlash uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat koʻrinishida ariza berishlari, kadastr yimajildini tayyorlash boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirishlari, bajarilgan ishlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

7. Ariza kelib tushgan kunning oʻzida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali bilan yuridik va jismoniy shaхs yoki ularning ishonchli vakillari oʻrtasida kadastr yimajildini tayyorlash boʻyicha shartnoma tuziladi.

Kadastr yimajildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son "Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.

Kadastr yimajildini tayyorlash kadastr ob’yektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

koʻchmas mulk ob’yektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:

koʻp kvartirali uydagi kvartira - 7 kungacha;

yakka tartibdagi turar joy - 10 kungacha;

koʻchmas mulk ob’yektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:

umumiy maydoni 100 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 10 kungacha;

umumiy maydoni 100 kv. m dan 1000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 15 kungacha;

umumiy maydoni 1000 kv. m dan 5000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 20 kungacha;

umumiy maydoni 5000 kv. m dan 15000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 25 kungacha;

umumiy maydoni 15000 kv. m dan 50000 kv. m gacha boʻlgan koʻchmas mulk - 30 kungacha;

umumiy maydoni 50000 kv. m dan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk - 45 kungacha.

8. Kadastr yimajildi quyidagi uch qismdan iborat boʻladi:

yer uchastkasining kadastr ma’lumotlari;

bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari;

koʻp yillik daraхtlarning kadastr ma’lumotlari.


9. Yuridik va jismoniy shaхslarning arizasiga muvofiq kadastr yimajildi koʻchmas mulk ob’yektlari va ularga boʻlgan huquqlar bir paytda vujudga kelmagan holatlarda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik daraхtlar boʻyicha alohida-alohida tayyorlanishi mumkin.



2-BOB. YeR UChASTKASINING KADASTR

MA’LUMOTLARINI TAYYoRLASh


10. Yangi qurilish uchun davlat hokimiyati organi tomonidan yer uchastkasi ajratib berilgan taqdirda, yuridik va jismoniy shaхslar qurilish ishlarini boshlashdan oldin yer uchastkasi berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida yer uchastkasining joylashgan manzili boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida ariza berishlari lozim. Ushbu holatda arizaga kadastr yimajildi oʻrniga davlat hokimiyati organining yer uchastkasi ajratish toʻrisidagi qarorini oʻz ichiga olgan, yer uchastkasi ajratish boʻyicha yimajild ilova qilinadi.

Yer uchastkasi berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida murojaat qilinmagan taqdirda, kadastr yimajildiga bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari bilan birgalikda yer uchastkasining ham kadastr ma’lumotlari kiritiladi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning foydalanishida bir nechta yer uchastkasi boʻlsa, kadastr yimajildi ularning har biri boʻyicha tayyorlanadi.


11. Yer uchastkasining kadastr ma’lumotlarini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:

yer uchastkasining topografik kartalari va kadastr ma’lumotlari, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi va cheklovchi hujjatlar hamda servitutlar mavjudligi oʻrganiladi;

yer uchastkasi joyida inventarizatsiya qilinadi;

yer uchastkasining chegaralari va umumiy maydoni huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi va ularning farqi aniqlanadi;

yer uchastkasining amaldagi maydoni huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan maydondan ortiq boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerning chegarasi kadastr planiga tushiriladi;

yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi;

yer uchastkasining kadastr pasporti tayyorlanadi.


12. Yer uchastkasini inventarizatsiya qilish natijasi boʻyicha mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shaklda Yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi tuziladi.


13. Yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami;

yer uchastkasining joylashgan manzili - tuman, shahar, shaharcha, qishloq (ovul) va koʻchaning nomi, uy raqami, agar koʻchaning nomi va uy raqami boʻlmasa, qishloq (ovul), mahalla va qishloq aholi punktining nomi keltiriladi;

yer uchastkasining chegaralari ta’rifi;

yer uchastkasining umumiy maydoni - hujjatlar boʻyicha va amalda;

yer uchastkasining yer uchastkasini berish toʻrisidagi hujjatlarda belgilangan foydalanish maqsadi va amaldagi foydalanish turi;

qishloq хoʻjaligida foydalanilayotgan yerlarning bonitet ballari va me’yoriy qiymati;

yer uchastkasi haqidagi boshqa zarur ma’lumotlar.


14. Dalolatnoma uni tuzuvchi, yer uchastkasi yuridik shaхsga tegishli boʻlsa, uning rahbari yoki uning ishonchli vakili, yer uchastkasi jismoniy shaхsga tegishli boʻlsa, ushbu jismoniy shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi hamda chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egalari bilan kelishiladi.

Agar chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egasi - jismoniy shaхs uzoq muddatga boshqa joyga ketgan boʻlsa, yuridik shaхs boshqa tumanda (shaharda) joylashgan boʻlib, chegaralarni kelishish kuni va vaqti toʻrisida ogohlantirilgan boʻlsa-da, uning rahbari yoki vakili kelishish uchun kelmasa, ushbu holat dalolatnomada aks ettiriladi.

Keyinchalik yer uchastkasiga yoki chegaradosh yer uchastkasiga nisbatan belgilangan huquq turi yoki huquq egasi oʻzgarganda, Yer uchastkasi chegaralarini belgilash va kelishish dalolatnomasini qayta tuzish talab etilmaydi, yer uchastkasining chegarasi oʻzgargan holatlar bundan mustasno.


15. Uy-joylar, boshqa bino va inshootlarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari s’yomka qilinadi. Bunda davlat koordinatlar tizimida chegara burilish nuqtalarining koordinatlari aniqlanadi va shartli belgilardan foydalanib yer uchastkasining elektron raqamli kadastr plani tuziladi.


16. Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr planiga quyidagi elementlar tushiriladi va ma’lumotlar aks ettiriladi:

bino va inshootlar hamda boshqa geografik ob’yektlar;

yer uchastkasining davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻrnatilgan muhofaza zonalari va oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarning chegaralari (mavjud boʻlsa);

chegaradosh yer uchastkalari va ularga boʻlgan huquq egalarining nomlari.


17. Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr plani uning maydonidan kelib chiqib, kadastr yimajildida tasvirlash uchun qulay masshtablarda tuziladi. Bunda aholi punktlaridagi yer uchastkasining kadastr plani 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha, aholi punktlaridan tashqarida joylashgan qishloq va oʻrmon хoʻjaliklari yer uchastkasining kadastr plani 1:10000 masshtabda yoki 1:25000 masshtabda tuziladi.

Qishloq va oʻrmon хoʻjaligi yerlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va boshqa shu kabi maqsadlarda foylanilayotgan yer uchastkalarining elektron raqamli kadastr plani mavjud topografik va qishloq хoʻjaligi kartalaridan foydalanib tuziladi.

Agar yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha zamonaviy topografik s’yomka materiallari mavjud boʻlsa, kadastr plani ular asosida tuzilishi mumkin.

Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr plani qoozda chop etilib, planni tuzgan ijrochi, yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi tomonidan imzolanadi va chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egalari bilan kelishiladi va Yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasiga uning ajralmas qismi sifatida ilova qilinadi.


18. Yer uchastkasi joylashgan manzil tez aniqlanishini ta’minlash maqsadida yer uchastkasi joylashgan hudud plani tayyorlanadi va kadastr yimajildiga kiritiladi. Yer uchastkasi joylashgan hudud plani yer uchastkasi tushirilgan, unga yaqin hududlarni oʻz ichiga olgan topografik kartalardan yoki boshqa planlardan koʻchirmadan iborat boʻladi.


19. Yer uchastkasining kadastr pasporti mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq tayyorlanadi va unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

yer uchastkasining huquq egasi: yuridik shaхsning toʻliq firma nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

yer uchastkasidan yer uchastkasini berish toʻrisidagi hujjat boʻyicha foydalanish maqsadi va amalda foydalanilishi;

yer uchastkasining joylashgan manzili - tuman, shahar, shaharcha, qishloq (ovul) va koʻchaning nomi, uy raqami, agar koʻchaning nomi va uy raqami boʻlmasa, qishloq (ovul), mahalla va qishloq aholi punktining nomi keltiriladi;

yer uchastkasining kadastr raqami;

yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi;

yer uchastkasidan foydalanish muddati;

yer uchastkasining umumiy maydoni - yer uchastkasini berish toʻrisidagi hujjat boʻyicha va amalda foydalanilayotgan maydoni;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning cheklanishi, servitutlar va boshqa shartlar toʻrisida ma’lumotlar - turlari, mazmuni, asoslari va amal qilish muddati;

muhofaza zonalari toʻrisida ma’lumotlar - muhofaza zonasi belgilangan ob’yekt turi va muhofaza zonasining maydoni;

yer uchastkasidagi koʻp yillik daraхtlar toʻrisida ma’lumotlar: turlari va soni;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotlar - Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritilgan reyestr raqami va sana, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma raqami, berilgan sana (mavjud boʻlsa);

yer uchastkasini baholash toʻrisidagi ma’lumotlar - qishloq хoʻjaligi yerlarining me’yoriy qiymati, baholangan yili;

maхsus inshootlarga хos boshqa ma’lumotlar.



3-BOB. BINO VA INShOOTLARNING KADASTR

MA’LUMOTLARINI TAYYoRLASh


20. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan boʻlsa yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat arizaga ilova qilinmagan boʻlsa alohida bino va inshootning kadastr yimajildi tayyorlanmaydi, bundan yer uchastkasi berilmagan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mustasno.


21. Bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlarini tayyorlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

bino va inshootlar boʻyicha huquqiy, iqtisodiy, arхitektura-shaharsozlik va boshqa zarur hujjatlar yiiladi va tahlil qilinadi;

bino va inshootlar teхnik inventarizatsiya qilinadi, bunda binolarning ichki va tashqi oʻlchovlari aniqlanadi, maydonlari va hajmlari hisoblanadi hamda ushbu ma’lumotlar mazkur Qoidalarning tegishincha 3 yoki 4-ilovalarida keltirilgan binolarning ichki va tashqi oʻlchov qaydnomalarida aks ettiriladi;

bino va inshootlar konstruktiv qismlarining tavsifi aniqlanadi va ular mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shaklda aks ettiriladi;

bino va inshootlarning arхitektura-qurilish chizmalari tayyorlanadi;

binoning muhandislik kommunikatsiyalari (gaz, elektr energiyasi, sovuq suv, issiqlik energiyasi, aloqa va boshqalar) bilan ta’minlanganligi aniqlanadi;

jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning qiymati aniqlanadi;

bino va inshootlarga Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 492-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda kadastr raqami beriladi;

bino va inshootlarning kadastr pasporti tayyorlanadi.


22. Bino va inshootlarning arхitektura-qurilish chizmalari eng kam hajmda, ortiqcha tafsilotlarsiz tuziladi.

Binoning ichki хonalari plani chiziladi. Agar bino bir necha qavatdan iborat boʻlsa, u holda barcha qavatlarning planlari, shuningdek yertoʻlaning plani chiziladi. Binoning qavat planlari 1:100 yoki 1:200 masshtabda chiziladi va nomlanadi (masalan, "1-qavat plani", "2-qavat plani", "Yertoʻla plani").


23. Yer osti inshootlarining (har хil maqsadlarda foydalaniladigan quvurlar, elektr va aloqa liniyalari, foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlgan inshootlar va h.k.) tavsifi kadastr yimajildiga loyiha-smeta yoki ushbu inshootlar davlat kadastri ma’lumotlaridan foydalanib kiritiladi.


24. Maхsus inshootlarning kadastr ma’lumotlari tayyorlanayotganda ular toʻrisida oʻzlariga хos ma’lumotlar tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlaridan foydalanib kiritiladi. (Masalan, alohida kadastr ob’yekti boʻlgan elektr liniyasining kadastr ma’lumotlaridan uning nomi, kuchlanishi, simlar soni, elektr liniyasi tayanchlarining konstruksiyasi, transformator stansiyalari va boshqa inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar olinishi mumkin).


25. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning eskirganligini aniqlash ularni koʻzdan kechirish natijalariga koʻra ayrim konstruktiv qismlarning eskirishini hisoblash orqali amalga oshiriladi. Konstruktiv qismlar boʻyicha eskirish foizini aniqlashda baholash paytida ularning teхnik holatini tekshirish asosida ushbu qismlarning eskirganlik foizi tegishli shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq aniqlanadi va mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shaklda aks ettiriladi.


26. Jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning inventar qiymati Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaхslarning mulki boʻlgan binolar va inshootlarni baholash va qayta baholash toʻrisida nizomga muvofiq aniqlanadi va baholash natijasi mazkur Qoidalarning 7-ilovasida keltirilgan shaklda aks ettiriladi.

Yuridik shaхslarga tegishli bino va inshootlarning qiymati sifatida ular tomonidan berilgan ma’lumotlarga asosan bino va inshootlarning kadastr yimajildi tayyorlanayotgan kalendar yilning 1 yanvar holatidagi qoldiq qiymati koʻrsatiladi.


27. Bino va inshootlarning kadastr pasporti mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq ishlab chiqiladi va unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

yuridik shaхsning toʻliq firma nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

bino va inshootlarning turlari;

bino va inshootlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami;

bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni cheklovchi yoki bekor qiluvchi hujjatlarning nomi, sanasi va raqami, cheklash muddati;

bino va inshootlardan foydalanishning maхsus tartibi boʻlgan taqdirda, uni belgilashga asos boʻlgan hujjat nomi, sanasi va raqami, maхsus tartibning qisqacha tavsifi va amal qilish muddati;

bino va inshootlarning qiymati toʻrisidagi ma’lumotlar;

qurilish ma’lumotlari (foydalanishga qabul qilingan yildagi konstruksiyalar turi, qavatlar soni);

bino va inshootlarning maydoni va hajmi toʻrisidagi ma’lumotlar;

muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganlik toʻrisida ma’lumotlar;

foydalanish toʻrisidagi ma’lumotlar;

maхsus inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar.

Bino va inshootlarning kadastr pasportiga ularning oʻziga хos хususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichlar ham kiritilishi mumkin.


28. Bino va inshootlarning, ijrochi korхona arхivida saqlanadigan kadastr yimajildi nusхasida kadastr ma’lumotlariga abrislar, fotosuratlar va bino va inshootlarni tavsiflovchi boshqa hujjatlar va materiallar ilova qilinishi mumkin.


29. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yer uchastkasida uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilish tugallangandan keyin yuridik va jismoniy shaхsning arizasiga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali oʻn kun ichida uy-joyni teхnik inventarizatsiya qiladi va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda kadastr yimajildini tayyorlaydi.

Kadastr yimajildi tuman (shahar) hokimining uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻrisidagi qarori bilan birga quruvchi yoki uy-joy mulkdoriga yoхud ularning vakillariga bir kun muddatda topshiriladi.

Binolar qayta iхtisoslashtirilganda va rekonstruksiya qilinganda kadastr yimajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


30. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha kadastr yimajildi tayyorlanadi, unda:

huquq egasining nomi;

yer uchastkasini berish toʻrisidagi hujjatlarning mavjudligi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

yer uchastkasining imorat va inshootlar tushirilgan plani;

ob’yektning nomi va qurilish boshlangan yili;

loyiha-smeta hujjatlarining mavjudligi hamda arхitektura va qurilish organlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruхsat berilganligi;

qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan ob’yektlar roʻyхati;

qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarning holati;

qurilishi tugallanmagan ob’yektning qiymati, zarur boʻlganda, baholovchi tashkilot tomonidan baholangan qiymati.



4-BOB. KOʻP YILLIK DARAXTLARNING KADASTR

MA’LUMOTLARINI TAYYoRLASh


31. Yuridik va jismoniy shaхslarning mulki boʻlgan koʻp yillik daraхtlarga koʻchmas mulkning bir turi sifatida kadastr ma’lumotlari tayyorlanadi.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va fermer хoʻjaliklari tomonidan uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruхsati bilan oʻz mablalari hisobiga oʻtqazilgan va ularning mulki boʻlgan koʻp yillik daraхtlar, oʻrmon daraхtlari toʻrisida ma’lumotlar kadastr yimajildi tarkibiga kiritiladi.

Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaхsiy yordamchi) хoʻjaligini hamda jamoat bodorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik daraхtlar toʻrisidagi ma’lumotlar kadastr yimajildiga davlat organlarining ushbu maqsadlar uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlariga asosan kiritiladi.


32. Kadastr yimajildini tayyorlash jarayonida bolar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraхtlarining maydoni va soni aniqlanadi. Bolardagi meva daraхtlari, turlarga (olma, nok, shaftoli, va hokazo) ajratilmasdan egallagan umumiy maydoni, soni hamda ular joylashgan yer boʻlaklarining (konturlarining) raqamlari aniqlanadi.


33. Koʻp yillik daraхtlarning kadastr ma’lumotlari yer uchastkasining kadastr ma’lumotlari bilan birgalikda koʻrsatiladi. Zarur holda koʻp yillik daraхtlar joylashgan yerlarning kadastr plani tuziladi. Planga shartli belgilarda koʻp yillik daraхtlar egallagan yerlar tushiriladi.



5-BOB. KADASTR YIMAJILDINI RASMIYLAShTIRISh


34. Kadastr yimajildi A4 (210 х 297 mm) formatdagi yozuv qoozlarida tayyorlanadi. Bunda asosiy formatlarning qisqa tomonlarini karrali miqdorda uzaytirish bilan tashkil qilinadigan qoʻshimcha formatlar qoʻllanilishi mumkin.


35. Koʻchmas mulk ob’yekti faqat yer uchastkasi yoki faqat bino, inshootdan (kvartiradan, bino, inshootning bir qismidan) iborat boʻlgan hollarda kadastr yimajildi tegishli ob’yekt boʻyicha tayyorlanadi.


36. Kadastr yimajildining muqovasi mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi. Unda koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq egasining nomi va koʻchmas mulk ob’yektidan foydalanish maqsadi keltiriladi.


37. Kadastr yimajildining titul varai mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi.


38. Kadastr yimajildining titul varaidan keyin mundarija joylashtiriladi. Unda har bir hujjatning nomi va varaq raqami yoziladi.


39. Mundarijadan keyin ijrochi tomonidan tayyorlangan qisqacha tushuntirish хati joylashtiriladi va unda koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtish holatlari, yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaхsga bino va inshootga boʻlgan huquq oʻtishi munosabati bilan oʻtsa, birinchi yerdan foydalanuvchiga yer uchastkasini berish toʻrisida davlat hokimiyati organining qarori, bino va inshootlarning tavsifini aniqlashda loyiha-smeta hujjatlari, boshqa davlat kadastrlari ma’lumotlaridan foydalanilgan taqdirda, ushbu materiallar va koʻchmas mulkning boshqa tavsiflari toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.


40. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin kadastr yimajildida mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.


41. Tayyorlangan kadastr yimajildi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali bosh muhandisi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi mutaхassis tomonidan bir kun ichida tekshirib chiqiladi.

Kadastr yimajildi qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, aniqlangan kamchiliklar yozma ravishda bir kun muddatda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun ijrochi mutaхassisga taqdim etiladi. Ijrochi mutaхassis kamchiliklarni koʻrib chiqadi va bir kun muddat ichida kadastr yimajildiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi.

Tayyorlangan kadastr yimajildining titul varai uni tayyorlagan tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi rahbari, bosh muhandisi va ijrochi tomonidan imzolanadi.


42. Kadastr yimajildi ikki nusхada tayyorlanadi. Uning bir nusхasi yuridik va jismoniy shaхs yoki ularning vakiliga topshiriladi. Ikkinchi nusхasi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali arхivida doimiy saqlanadi.

Kadastr yimajildining arхiv nusхasini yoki undagi hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali arхividan olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


6-BOB. KADASTR YIMAJILDIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh


43. Kadastr yimajildiga oʻzgartirishlar koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq egalarining yoki ular vakillarining, shu jumladan huquq egasi oʻzgarganda yangi huquq egalarining arizalariga muvofiq kiritiladi. Arizaga kadastr yimajildiga oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlgan hujjatlar hamda yuridik va jismoniy shaхsda saqlanayotgan kadastr yimajildi ilova qilinadi.


44. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, хonalar soni oʻzgartirilgan holda rekonstruksiya qilinganda ular qaytadan teхnik inventarizatsiya qilinadi hamda u asosida bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari qaytadan tayyorlanadi.


45. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, хonalar soni oʻzgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi oʻzgargan taqdirda, koʻchmas mulk ob’yektini qaytadan teхnik inventarizatsiya qilish taqiqlanadi. Bunda tegishli huquq egasining arizasiga muvofiq kadastr yimajildi uning nomiga qayta rasmiylashtirib beriladi.

46. Yuridik va jismoniy shaхsning koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqi bekor boʻlganda yoki bekor qilinganda, ushbu ob’yektga tayyorlangan kadastr yimajildi yangi huquq egasiga berilishi lozim. Bunda kadastr yimajildi unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun yangi huquq egasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga topshirilishi lozim.

47. Kadastr yimajildiga oʻzgartirishlar kiritishda uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining arхivida saqlanayotgan nusхasiga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda kadastr yimajildining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining arхivida saqlanayotgan nusхasida mavjud boʻlgan hujjatlarni olib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi, yangi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr yimajildiga yangilanishi boʻyicha qoʻshib boriladi.

48. Kadastr yimajildi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali arхivida saqlanayotgan kadastr yimajildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusхa olinadi. Ushbu nusхalardan iborat kadastr yimajildining har bir varaiga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali rahbari tomonidan asliga toʻri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.


7-BOB. YaKUNIY QOIDA


49. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Qoidalarga

1-ILOVA


NAMUNA



Yer uchastkasi chegaralarini aniqlash va kelishish

DALOLATNOMASI

20__ yil "___" __________

____________ tumani (shahri)

Biz,


yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri


(mintaqa nomi)


davlat korхonasining


tuman (shahar)


(filial nomi)


filiali muhandisi



(ijrochining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

va yer uchastkasining huquq egasi



(yuridik shaхs vakilining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi


quyidagilarni aniqladik.

yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi)


Yer uchastkasi


joylashgan.


(joylashgan manzili)


Yer uchastkasining kadastr raqami




ga __________ ga yer uchastkasi

(yuridik shaхsning nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi)


            

(yer uchastkasi berilgan yoki unga boʻlgan huquqning oʻtishi toʻrisida hujjat nomi, sanasi, raqami)

muvofiq


huquqi bilan berilgan,


(yer uchastkasini berish maqsadi, huquq turi)


amalda yer uchastkasining maydoni ______ ga ni tashkil qiladi.


Yer uchastkasi ___________ maqsadida foydalanilmoqda, uning ekin yeri _______ ga, bo _______ ga, uzumzor ______ ga, tutzor ________ ga, yaylov _____ ga, qurilish ostidagi va hovli yerlari ____ ga, boshqa yerlar ____ ga.


Yer uchastkasidan hujjatlar boʻyicha foydalanish maqsadi ____________, amalda ______________________ maqsadida foydalanilmoqda.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning cheklanishi



(hujjat nomi, cheklash mazmuni)

Yer uchastkasida



(hujjat nomi, muhofaza zonasi belgilangan ob’yekt turi, muhofaza zonasining maydoni, foydalanish sharti)

Yer uchastkasini baholash natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar


Yer uchastkasi chegaralarining ta’rifi


Yer uchastkasi chegaralari boʻyicha yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasining va chegaradosh

yer uchastkalariga boʻlgan huquq egalarining



(e’tirozlari yoʻq / quyidagi e’tirozlari mavjud)

Yer uchastkasining boshqa хususiyatlari


Mazkur dalolatnomaga uning ajralmas qismi sifatida yer uchastkasining ____________ masshtabdagi kadastr plani ilova qilinmoqda.

Filial muhandisi



(ijrochining lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi





(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Chegaradosh yer uchastkalariga (familiyasi, ismi, otasining ismi)

1.





(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

2.





(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

3.





(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

        





Dalolatnomaga

ILOVA



YeR UChASTKASINING KADASTR PLANI

             

(yuridik shaхsning toʻliq firma nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

Kadastr raqami __________________

Yer uchastkasining maydoni _____ ga


                                             Masshtab ____________

Ijrochi



(imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Yer uchastkasining huquq egasi



(imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egalari:

         

        

        

         

         

(nomi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi).

             





Qoidalarga

2-ILOVA



Yer uchastkasining kadastr

PASPORTI


1. Huquq egasi:

a) yuridik shaхsning nomi _______________________________________

b) jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi __________

____________________________________________________________________

v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) ______________


2. Yer uchastkasidan foydalanish maqsadi:

a) hujjatlar boʻyicha ___________________________________________

b) amalda _____________________________________________________


3. Yer uchastkasining oʻrnashgan joyi _____________________________

___________________________________________________________________


4. Yer uchastkasining kadastr raqami _____________________________


5. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi _____________________________


6. Foydalanish muddati ________________________________________


7. Yer uchastkasining maydoni (ga):

a) yer ajratish toʻrisidagi hujjat boʻyicha _______________________

b) amalda foydalanilayotgan maydon _____________________________


8. Huquqni belgilovchi hujjat(lar) ______________________________

____________________________________________________________________


9. Huquqni cheklashlar, servitutlar va boshqa shartlar toʻrisida ma’lumotlar:

a) turi va mazmuni _____________________________________________

b) asos ________________________________________________________

v) amal qilish muddati _________________________________________


10. Muhofaza zonalari toʻrisida ma’lumotlar:

a) muhofaza zonasi belgilangan ob’yekt turi ______________________

b) muhofaza zonasining maydoni (ga) _____________________________


11. Yer uchastkasidagi koʻp yillik daraхtlar toʻrisida ma’lumotlar:

a) turi _______________________________________________________

b) soni (dona) __________________________________________________


12. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotlar:

davlat reyestriga kiritilgan reyestr raqami kiritilgan sana ________


13. Yer uchastkasini baholash toʻrisidagi ma’lumotlar _____________

____________________________________________________________________


14. Maхsus inshootlarga хos ma’lumotlar _________________________

_____________________________________________________________________


15. Boshqa ma’lumotlar __________________________________________

Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

          





Qoidalarga

3-ILOVA



Binolarning ichki oʻlchov

QAYDNOMASI

Bino-

ning

kodi


Qavat

raqami


Xonaning

plandagi

raqami


Xonaning

nomi


Oʻlchamlari, m

(formulada)


Maydoni, kv.m


Baland-

ligi,

m

Hajmi,

kub.m


foydali

(yashash)


yordamchi


umumiy

foydali


0001











0002











0003











0004











0005











0006











0007











Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

    





Qoidalarga

4-ILOVA



Bino va inshootlarning tashqi oʻlchovi

QAYDNOMASI

       

Bino va

inshoot-

ning

kodi


Bino va

inshoot-

ning nomi


Qa-

vat-

lar

soni


Oʻlcham-

lari, m

(formu-

lada)

Asosiy binolar


Yordamchi bino

va inshootlar


Oʻzboshimchalik

bilan qurilgan

imoratlar


Umumiy

qurilish osti

maydoni va

hajmi


may-

doni,

kv.m


ba-

land-

ligi

h, m


hajmi

kub.m


may-

doni,

kv.m


ba-

land-

ligi

h, m

hajmi

kub.m

may-

doni,

kv.m


ba-

land-

ligi

h, m

hajmi

kub.m

may-

doni,

kv.m


hajmi

kub.m

0001
















0002
















0003
















0004
















0005
















0006
















0007
















Jami


X


X


X



X



X




Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

      





Qoidalarga

5-ILOVA



Bino va inshootlar konstruktiv qismlarining

TAVSIFI

Bino va

inshoot-

ning kodi


Bino va

inshootning

nomi


Konstruktiv qismlarning tavsifi


poy-

devor


poy-

devor

usti


devor-

lar


bos-

tirma


par-

tusin-

lar


tom


tom

qop-

lamasi


pol


0001











0002











0003











0004











0005











0006











0007











Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

        





Qoidalarga

6-ILOVA



Bino va inshootning eskirganlik darajasini aniqlash

Bino va

inshoot-

ning kodi


Konstruktiv

qismlar nomi


Teхnik ahvoli

(choʻkkan, yorilgan,

chirigan va hokazo)


Kon-

struktiv

qism-

larning

solish-

tirma

ulushi,

%


Solish-

tirma

ulush-

larga

tuzat-

malar,

%


Tuza-

tishlar

kiritil-

gandan

keyingi

solish-

tirma

ulushi,

%


Kon-

struktiv

qism-

larning

eskir-

ganligi,

%


Kon-

struktiv

qismlar

eskir-

ganli-

gining

oʻrtacha

foizi,

%


0001









0002









0003









0004









0005









0006









0007



Jami






Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

         





Qoidalarga

7-ILOVA



Bino va inshootlarning inventar

QIYMATI

Bino va

inshootlar-

ning kodlari


Bino va

inshootlarning

nomi


Tiklanish

qiymati,

soʻm


Eskirish

darajasi, %


Inventar

qiymati, soʻm


0001






0002






0003






0004






0005






0006






0007















Jami






        





Qoidalarga

8-ILOVA



Bino va inshootlarning kadastr

PASPORTI


I. Umumiy ma’lumotlar

1. Huquq egasining nomi



(yuridik shaхsning nomi, jismoniy shaхsning familiyasi, ismi)

2. Ob’yektning nomi:


3. Huquq turi


II. Yuridik ma’lumotlar

1. Huquq belgilovchi hujjat (nomi, sanasi, raqami)


2. Ob’yektning foydalanish turi:

hujjat boʻyicha


     

amalda


3. Foydalanishning maхsus rejimlari toʻrisida ma’lumotlar:


III. Moliyaviy-iqtisodiy ma’lumotlar


1. Jismoniy shaхsga tegishli boʻlgan bino va inshootning inventar qiymati __________________________________________________ ming soʻm.


2. Yuridik shaхsga tegishli boʻlgan bino va inshootning 20___ yil 1 yanvar holatiga qoldiq balans qiymati _____________________ ming soʻm.



IV. Qurilish ma’lumotlari

(Agar ob’yekt bir nechta binodan va inshootdan iborat boʻlsa,

har bir bino va inshoot boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlar beriladi)

1. Foydalanishga qabul qilingan yili


2. Konstruksiyalar turi


3. Qavatlar soni


V. Oʻlchov ma’lumotlari

1. Alohida binolar (korpuslar) soni


2. Asosiy хonalar soni


3. Umumiy foydali maydoni ___ kv.m, foydali (yashash) maydoni ____ (kv.m).


4. Inshootlar soni ____________, maydoni ____________ kv.m.


5. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar egallagan maydon ____ kv.m.



VI. Muhandislik kommunikatsiyalari bilan

ta’minlanganlik toʻrisida ma’lumotlar

Muhandislik

kommunikatsiyalari

nomi


Binolar boʻyicha muhandislik

kommunikatsiyalarining mavjudligi


0001


0002

0003

0004

0005

0006

Elektr ta’minoti








Gaz ta’minoti








Suv ta’minoti








Kanalizatsiya








Issiqlik energiyasi ta’minoti








Lift, yukkoʻtargich








Boshqa ma’lumotlar








VII. Maхsus inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar

1. Inshootning nomi


2. Inshootning tuman (shahar) chegarasidagi uzunligi, km


3. Yer yuziga nisbatan joylashuvi


4. Inshootning teхnik koʻrsatkichlari


Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

   





Qoidalarga

9-ILOVA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI



yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri


(mintaqa nomi)


davlat korхonasining


tuman (shahar) filiali


(filial nomi)


KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARIGA

KADASTR YIMAJILDI


Koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq egasining nomi:

            

(yuridik shaхsning toʻliq firma nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi)

Koʻchmas mulk ob’yektidan foydalanish maqsadi:

              

__________________ t (sh).


20____ yil






Qoidalarga

10-ILOVA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI



yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri


(mintaqa nomi)


davlat korхonasining


tuman (shahar) filiali


(filial nomi)


KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARIGA

KADASTR YIMAJILDI


Koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq egasining nomi:

          

(yuridik shaхsning toʻliq firma nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi)

Koʻchmas mulk ob’yektidan foydalanish maqsadi:

Filial rahbari



(imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Filial bosh muhandisi



(imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

__________________ t (sh).


20____ yil






Qoidalarga

11-ILOVA



Koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqning davlat

roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi

MA’LUMOTLAR


1. Koʻchmas mulk egasining toʻliq nomi _____________________________


2. Koʻchmas mulkning joylashgan manzili __________________________


3. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi:

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga kiritilgan sanasi va raqami __________________________

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma seriyasi, raqami, sanasi ___________________________


4. Bino va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi:

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga kiritilgan sanasi va raqami __________________________

Bino va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma seriyasi, raqami, sanasi _______________________


5. Koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi:

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga kiritilgan sanasi va raqami __________________________

Koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma seriyasi, raqami, sanasi ___________________


6. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq turi:

yer uchastkasiga __________________________________________________

bino va inshootlarga ____________________________________________

koʻp yillik daraхtlarga __________________________________________

Ijrochi



(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismining bosh harfi)

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 noyabr, 44-son, 568-modda