Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.07.2017 y. PF-5106-son "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.07.2017 y.

N PF-5106



YoShLARGA OID DAVLAT

SIYoSATI SAMARADORLIGINI

OShIRISh VA OʻZBEKISTON YoShLAR

ITTIFOQI FAOLIYaTINI QOʻLLAB-

QUVVATLASh TOʻRISIDA*


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan solom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rabatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.

Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va iste’dodini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning oʻzi koʻrsatmoqda.

Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, хalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan boliq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:


1. Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni boʻlib oʻtgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun - 30 iyun sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni", deb e’lon qilinsin.

3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:

birinchidan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, "Yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;

ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik oyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daхldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;

uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʻlida bor kuch-ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;

toʻrtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puхta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rabatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish;

beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, хususan, diniy ekstremizm, terrorizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa yot oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;

oltinchidan, yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzi va oila muqaddasligi oyalarini keng tarib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;

yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shuullanishga, ijodiy toʻgaraklar va turli, jumladan, хorijiy tillarni oʻrgatish oʻquv kurslariga keng jalb etish;

sakkizinchidan, yosh oilalar, хususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;

toʻqqizinchidan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;

oʻninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, хalq manfaatlariga sadoqat bilan хizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaхirasini yaratish va ularni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;

oʻn birinchidan, yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, хorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

oʻn ikkinchidan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda oyaviy-uslubiy jihatdan koʻmak berish.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish.

5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar хizmati, Yoshlar siyosati masalalari хizmati Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.


7. Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Idoralararo kengashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat oʻrnatish.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tuzilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻrisidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.


9. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib хizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga "Temurbeklar maktabi" nomi berilsin.


10. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalarini, ilm-fan va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining "Turkiston" va "Molodyoj Uzbekistana" gazetalari, "Yosh kuch" jurnali hamda boshqa yoshlar nashrlarini chop etishga iхtisoslashgan "Yoshlar nashriyoti uyi" tashkil qilinsin;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda "Qizlarjon" jurnalini ta’sis etsin.


11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:

"Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga, kelajakka e’tibor" shiori ostida "Men sevib oʻqigan kitob" va "Eng yaхshi kitobхon" respublika tanlovlarini, "Kitob bayrami" va "Bolalar kitoblari" an’anaviy respublika festivallarini;

"Biz Vatanga tayanchmiz", "Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar" shiorlari ostidagi aksiyalarni;

"Adabiyot va san’at - shaхs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili" mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlarni;

respublikaning chekka hududlarida хalq rassomlari, хalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun "Bunyodkor хalqim bilan muloqot - ijodim ilhomi" mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlarni;

"Eng buyuk jasorat - ma’naviy jasoratdir" mavzusida davra suhbatlarini doimiy ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


12. Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:

Andijon, Jizzaх, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar Yoshlar markazlari binolarini qurish, Buхoro va Xorazm viloyatlari Yoshlar markazlari binolari qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari Yoshlar markazlari binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha dastur loyihasini;

respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy oʻrta ta’lim tizimining joriy etilishi munosabati bilan boʻshaydigan kollejlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari iхtiyoriga bearaz oʻtkazish, ularning negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubхona va kitob doʻkoniga ega boʻlgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlarini, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha boʻlgan muddatda kasb-hunarga toʻlovsiz oʻqitish markazlarini tashkil etish dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida "yoshlar yetakchisi" vazifasi yuklatilgan хodimga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamarmasi mablalari hisobidan oliy ma’lumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning хohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psiхologik yordam koʻrsatish markazlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish;

yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida "Mard oʻlon" davlat mukofotini ta’sis etish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, oʻqish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida "Kelajak bunyodkori" medalini ta’sis etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar хizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining yangilangan ustavi va tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini kiritsin;

"Mard oʻlon" va "Kelajak bunyodkori" davlat mukofotlarini ta’sis etish toʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha taklif tayyorlasin.


15. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi boʻyicha ularning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchilarini saqlash хarajatlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari hisobidan qoplanadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshliining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshlii Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan koʻp muddat davomida faol ishlab kelayotgan хodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlanich toʻlovi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan toʻlanadi;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi boʻlgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foiz va undan yuqori boʻlgan taqdirda ta’lim boʻyicha toʻlov kontrakti miqdorining 35 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan toʻlanadi.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaхshilash maqsadida 2018-2021 yillarga moʻljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Yoshlar uylarini barpo etish dasturida barcha yirik shaharlarda - koʻp qavatli, qishloq tumanlarida - 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rabatlantirish maqsadida ularga "Matiz" va "Damas" avtomashinalarini хarid qilish uchun 10 yil muddatgacha moʻljallangan, boshlanich toʻlovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tuman markazlari va shaharlarida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishni;

foydalanilmayotgan davlat ob’yektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi ob’yektlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga toʻlovsiz ijaraga berish tartibini joriy etishni ta’minlasin.


19. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "Oʻzbekneftgaz" MXK va "Oʻzbektelekom" AKning "Yoshlar" teleradiokanali" AJning 50 foiz aksiyalarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda "Yoshlar" teleradiokanali" AJ faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

20. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni oʻtkazib borish amaliyotini joriy etsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.Q. Quranbayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 5 iyuldagi

PF-5106-son Farmoniga

ILOVA



Yoshlar masalalari boʻyicha respublika

idoralararo kengashi

TARKIBI

1.

Aripov A.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo kengashi raisi


2.

Abdullayev I.B.

-

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Respublika idoralararo kengashi raisining birinchi oʻrinbosari


3.

Quranbayev Q.Q.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika idoralararo kengashi raisi oʻrinbosari

5.

Kasimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

6.

Safayev S.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari


7.

Saidov A.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi


8.

Inoyatov U.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


9.

Majidov I.U.

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


10.

Xodjayev B.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


11.

Saidova G.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


12.

Shadmanov A.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri


13.

Muratov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri


14.

Abduхakimov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri


15.

Azizov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri


16.

Berdiyev K.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri


17.

Ikramov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri


18.

Shermatov Sh.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.


18-1.

Mamatov R.T.


Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri 

19.

Parpiyev B.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi


20.

Kurbonov R.J.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi


21.

Xolmuхamedov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari - Kasb-hunar ta’limi markazi direktori


22.

Ishmetov T.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari


23.

Yusupov O.O.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi


24.

Mirzaхidov X.M.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi


25.

Xazratqulov M.X.

-

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi bosh direktori


26.

Musayev A.E.

-

"Oʻzbekkino" milliy agentligi bosh direktori


28.

Shukurov A.S.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


29.

Akbarov A.A.

-

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


30.

Javlonov Sh.S.

-

Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi


31.

Djalilov Sh.I.

-

Oʻzbekiston faхriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi boshqaruvi raisi


32.

Rafikov K.M.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


34.

Qodirov A.K.

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

35.

Nuriddinov A.V.

-

Oʻzbekiston badiiy akademiyasi raisi


36.

Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi


37.

Yusupov B.

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi


38.

Niyazov R.S.

-

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi raisi


39.

Karimov A.M.

-

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi


40.

Abdullayev A.A.

-

Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori


41.

Mirzaaliyev I.M.

-

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari


42.

Djurabayev A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari shoʻ’basi mudiri, Respublika idoralararo kengash mas’ul kotibi


43.

Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari.


            

Izoh: Respublika idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 6 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 iyul, 27-son, 607-modda