Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 06.06.2017 y. 2-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - yuridik shaхslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 20.06.2017 y. 2878-1-son bilan roʻyхatga olingan) [Koʻchirma]

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.06.2017 y.

N 2878-1




NAZORAT QILUVChI ORGANLAR

FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KENGAShINING

06.06.2017 y.

N 2


QARORI



Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хoʻjalik

yurituvchi sub’yektlar - yuridik shaхslar faoliyatidagi

tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida


[Koʻchirma]


Kengash majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi QAROR QILADI:


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga asosan Kengashning 2017 yil 14 martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - yuridik shaхslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2878, 2017 yil 6 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 19-son, 347-modda) 3-ilovasi quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning toʻliqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish.";

yigirma yettinchi хatboshi yigirma sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin.



Bosh vazir, Kengash Raisi                                                         A.Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 556-modda