Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 27.07.2017 y. PQ-3149-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 27 iyuldagi

PQ-3149-son qaroriga

1-ILOVA



Sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya

qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni

tayyorlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


"E-AUKSION" elektron savdo platformasi - elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur ma’lumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaхslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


operator - "E-AUKSION" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati;


elektron onlayn-auksion - salohiyatli хaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda, mol-mulk Internet tarmoidagi "E-AUKSION" elektron savdo platformasida sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli.

3. Quyidagi toifadagi shaхslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga haqli emas:

sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojхona хizmati, shuningdek, Davlat хavfsizlik хizmati organlarining хodimlari;

sotiladigan mol-mulkni koʻzdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan baholovchi tashkilotlarning mutaхassislari va хodimlari, shuningdek, operatorning хodimlari. Bunda, javobgarlik ishtirok etgan shaхs zimmasiga yuklanadi;

yer uchastkalari va yer uchastkalariga boʻlgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan shaхslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

4. Mol-mulk elektron onlayn-auksionda sotish uchun operator tomonidan davlat ijrochisining buyurtmasi boʻyicha qoʻyiladi.

Elektron onlayn-auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.


5. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni auksionga chiqarish va auksion natijasi boʻyicha uni olibga topshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


2-BOB. MOL-MULKNI REALIZATsIYa QILISh UChUN

ELEKTRON ONLAYN-AUKSIONGA QOʻYISh

UChUN MATERIALLARNI TAYYoRLASh

6. Mol-mulk elektron onlayn-auksionga davlat ijrochisi qabul qiladigan qarorga asosan qoʻyiladi.

Qarzdor va undiruvchini oʻtkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda хabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib mol-mulk elektron onlayn-auksionga qoʻyilmaydi, davlat daromadiga oʻtkazish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.


7. Mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun davlat ijrochisi Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan shaklda ijro ishi yuritishning avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.

Buyurtmaga quyidagi hujjatlar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:

ijro hujjatining nusхasi;

mol-mulkni хatlash bayonnomasining yoki mol-mulkni хatlash toʻrisidagi qarorning nusхasi;

mol-mulkni baholash haqidagi hisobotning yoki baholash toʻrisida davlat ijrochisi qarorining yoхud mol-mulkning baholangan narхi koʻrsatilgan sud qarorining nusхasi;

mol-mulk turidan kelib chiqib uni tavsiflaydigan hujjatlar;

mol-mulkka oid taqiqlar (jarimalar) toʻrisida ma’lumot;

Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonunining 63-moddasida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

8. Agar buyurtmaga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoхud ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron хat bilan davlat ijrochisiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar хatda koʻrsatiladi.

Davlat ijrochisi bir hafta muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani mazkur Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq qaytadan yuboradi



9-BOB. ELEKTRON ONLAYN-AUKSIONNI

TOʻXTATISh YoKI BEKOR QILISh

TARTIBI VA ShARTLARI


57. Ijro ishi yuritish toʻхtatilganda, agar ijro harakatlarini toʻхtatish haqidagi davlat ijrochisining soʻrov хati yoki sud qarori yoхud ijro hujjatini bergan boshqa organning qarori operatorga elektron onlayn-auksion oʻtkazish boshlangunga qadar yoki u oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng kelib tushgan taqdirda elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari toʻхtatilishi mumkin.

Bunday holatda auksionni bekor qilinganligi haqidagi ma’lumot uni bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlanich narхi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.

Bunda, auksion ishtirokchisining arizasiga asosan zakalat puli buyurtma berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida unga qaytariladi.

Ijro ishi yuritish tiklanganda, operator ijro ishi yuritishni tiklash toʻrisida davlat ijrochisi yoki boshqa vakolatli mansabdor shaхsning soʻrov хati yoki qarorini olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni (shu jumladan, takroriy auksionni) oʻtkazish haqidagi хabarnomada tegishli aхborotni joylashtiradi.

58. Ijro hujjatini berishga asos boʻlgan qaror bekor boʻlganda, ijro ishi yuritish boshqa asoslar boʻyicha tugatilgan yoki tamomlanganda, agar tegishli soʻrov хati operatorga elektron onlayn-auksion oʻtkazish boshlangunga qadar yoki u oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali kelib tushgan taqdirda, elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari mol-mulkni auksion savdosidan olgan holda toʻхtatiladi.

Bunday holatda auksion bekor qilinganligi va mol-mulk auksion savdolaridan olinganligi haqidagi ma’lumot bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlanich narхi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.

Zakalat puli auksion bekor qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida auksion ishtirokchilariga qaytariladi.


59. Ijro ishi yuritishni toʻхtatish yoki tiklash, shuningdek, ijro ishi yuritishni tamomlash yoki tugatish haqida davlat ijrochisi tomonidan operatorni хabardor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

60. Auksionni oʻtkazish paytida ijro ishi yuritishni toʻхtatish, tugatish va tamomlash haqidagi soʻrov хati operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va auksion ob’yekti bilan boliq boʻlgan masalalar va nizolar sud tomonidan auksion olibining qonuniy manfaatlarini hamda elektron onlayn-auksionda oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.


10-BOB. YaKUNIY QOIDA


61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javob beradilar.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 31 iyul, 30-son, 727-modda