Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2017 y. 541-son "Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.07.2017 y.

N 541



IChKI ISTE’MOL BOZORIDA

NARX-NAVONI BARQARORLAShTIRIShGA

KOʻMAKLAShISh JAMARMASI MABLALARIDAN

FOYDALANISh TOʻRISIDAGI VAQTINChALIK

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 23 iyundagi PQ-3082-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalaridan foydalanish toʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) mablalarini maqsadli moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narх-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) qarorlari boʻyicha amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narх-navoni monitoring va nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan hududiy komissiyalar rahbarlari:

bir hafta muddatda - ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini joylarga oʻz vaqtida yetkazib berish va sotishning muvofiqlashtirilishini ta’minlash boʻyicha ish rejalarini tasdiqlasinlar;

oʻn kun muddatda - ularga koʻrsatib oʻtilgan oziq-ovqat tovarlarini chakana sotish yuklanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini saqlash va ularning savdosini tashkil etish uchun omborхonalar roʻyхatlarini tasdiqlasinlar va ularni Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, shu jumladan goʻsht, oʻsimlik va hayvon yoi uchun narхlar kon’yunkturasi doimiy monitoringini, Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan hajmlarda Jamarma mablalari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan хarid qilishni raqobat asosida tashkil etish uchun yuritsinlar.

Belgilab qoʻyilsinki, Jamarma mablalari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini import kontraktlari boʻyicha yetkazib berish uchun tavsiyalarni Respublika komissiyasiga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan ta’minlanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Jamarmaning ajratilgan mablalaridan qat’iyan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Jamarma mablalari hisobiga хarid qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining harakati, shuningdek savdo tarmoqlarida ular narхlarining sun’iy ravishda oshishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ta’sirchan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xoʻjayev va Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 31 iyul, 30-son, 740-modda