Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 y. 529-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.07.2017 y.

N 529



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA  DAVLAT  KADASTRI  DAVLAT  QOʻMITASI

TOʻRISIDAGI HAMDA YeR MUNOSABATLARI VA

DAVLAT KADASTRLARINI RIVOJLANTIRISh

JAMARMASI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3024-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamarmasi toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 19 iyuldagi

529-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 16 yanvardagi 19-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Geodeziya va kartografiya boshqarmasini tashkil etish haqida"gi qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qarorining 1 - 10 va 12-bandlari, shuningdek qarorga 1 - 6-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004 y., 42-son, 446-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 iyundagi 108-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qaroriga 1-ilovaning 54-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010 y., 23-son, 183-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi 295-son "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida"gi qarorining 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 41-42-son, 483-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 138-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qarori)gi qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 23-son, 269-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 31 iyul, 30-son, 733-modda