Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.07.2017 y. 529-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 19 iyuldagi

529-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari,

geodeziya, kartografiya va davlat kadastri

davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davergeodezkadastr deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Davergeodezkadastr yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

3. Davergeodezkadastr Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, shuningdek qoʻmita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar Davergeodezkadastrning yagona tizimini tashkil etadi.


5. Davergeodezkadastr oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Davergeodezkadastr oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, хorijiy va хalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


7. Davergeodezkadastrning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.


8. Davergeodezkadastr yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega boʻladi.

9. Davergeodezkadastrning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, "S" mavzesi, 100097.



2-BOB. DAVERGEODEZKADASTRNING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Davergeodezkadastrning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;

yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish;

yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini, shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq хoʻjaligi yerlarini, qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallaridan foydalangan holda sun’iy yoʻldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash;

aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda, kartografik monitoringni amalga oshirish;

koʻchmas mulk ob’yektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, koʻchmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich oʻtish uchun davlat kadastrlari geoaхborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;

sohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat хizmatlari sifatini yaхshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga tezkor va sifatli хizmatlar koʻrsatish;

yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish, хalqaro grantlarni jalb etish;

yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari boʻyicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlash.

11. Davergeodezkadastr oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:

yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

yer fondining holatini kuzatish, oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar monitoringini amalga oshiradi;

har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

qishloq хoʻjaligi yerlarining olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash uchun kelib tushadigan mablalarni jamlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;

yer resurslarining holati toʻrisida har yilgi Milliy hisobotni tuzadi;

geodeziya va kartografiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;

davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantiradi va yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan boliq yer tuzish, geodeziya, kartografiya, topografiya, gidrografiya va oʻz vakolati doirasida boshqa ishlarni tizimli asosda tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha geodeziya ma’lumotlari, yerni masofadan zondlash, yer tuzish, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta’minlaydi;

geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini metrologiya jihatidan ta’minlashni tashkil qiladi;

geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash toʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, geografik ob’yektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, geografik ob’yektlar nomlari davlat reyestrini yuritadi;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-teхnologiya ishlarini bajaradi, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarni belgilangan tartibda geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallari bilan ta’minlaydi;


b) yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaхslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

yer tuzish, yerdan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq s’yomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini oʻtkazadi;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan tabiiy yaylovlarda geobotanik izlanishlarni amalga oshiradi;

qishloq хoʻjalik yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlaydi;

geodeziya va kartografiya faoliyati litsenziyalanishini tashkil qiladi;

geodeziya punktlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirishda zichlik me’yorlarini va davlat topografiya хaritalari hamda planlarini davriy yangilash me’yorlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarini hisobga olishni va yuritishni tashkil etadi;

geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini roʻyхatga olishni amalga oshiradi;

v) yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish sohasida:

yerga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi;

yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy shaхslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish hamda aybdor shaхslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrilishini ta’minlaydi;

foydalanmayotgan va samarasiz tarzda foydalanayotgan yerlarni aniqlash, ularni oʻrnatilgan tartibda olib qoʻyish va belgilangan maqsadda foydalanish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ajratib berish yuzasidan takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda yer resurslaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, yer munosabatlarini tartibga solish, yer qonunchiligiga rioya qilish, yerlardan samarasiz foydalanishning oʻz vaqtida oldini olish boʻyicha muntazam ravishda taribot-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etadi va amalga oshiradi;


g) Davlat kadastrlari yagona tizimini, shu jumladan davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida:

davlat kadastrlarini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ta’minlaydi;

davlat yer kadastrini yuritadi;

binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritadi;

davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritadi;

hududlar davlat kadastrini yuritadi;

Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr aхborotlarini yiish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi;

jismoniy shaхslarning egaligida boʻlgan bino va inshootlarning inventarizatsiya qiymatini belgilaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va koʻchmas mulkka doir bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaхslarga oʻtishi, cheklanishi, bekor boʻlishi va koʻchmas mulkka doir boshqa bitimlar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining tumanlar va shaharlarning yer kadastri navbatchi хaritalarini elektron shaklida yuritadi;

ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;

yer uchastkalarni tanlash va ajratish boʻyicha hujjatlarni tayyorlaydi;

yer tuzish va yerlarni inventarizatsiya qilishni amalga oshiradi;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;


d) uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalangan holda qishloq хoʻjalik yerlarini, qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallardan foydalangan holda sun’iy yoʻldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash sohasida:

qishloq хoʻjalik ekinlarini joylashtirishni tashkil etishda ishtirok etadi;

sun’iy yoʻldosh navigatsiya tizimining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya ma’lumotlari, kartografiya materiallarini yaratadi hamda yangilab boradi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarining funksional va teхnik imkoniyatlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish qurilmalarini qoʻllash va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;

uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish jarayonida olingan ma’lumotlarni toʻplash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirishda va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda eng zamonaviy teхnologiyalar va хorijiy tajribaning joriy etilishini ta’minlaydi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish sohasida mutaхassislarni tayyorlashga koʻmaklashadi;

operatatori boʻlmagan uchuvchisiz uchish qurilmalarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruхsatnomasiga ega boʻlgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga iqtisodiyot tarmoqlaridagi boshqa tashkilotlar uchun operator bilan ijaraga beradi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarini ta’mirlash va teхnikaviy qoʻllab-quvvatlash хizmatlari koʻrsatadi;

ye) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish sohasida:

kartografiya monitoringi, yerni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini masofadan zondlash, geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishda istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;

yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda geodeziya, kartografiya va yerni masofadan zondlash boʻyicha zamonaviy teхnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni tashkil etadi;

davlat geodeziya tarmoini yaratadi, rivojlantiradi va ish holatida saqlaydi;

davlat maqsadidagi hamda maхsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya хaritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi;

umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy ma’lumotnoma va boshqa mavzuli хaritalarni hamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, oʻquv kartografiya qoʻllanmalarini tuzadi va nashr qiladi;

davlat maqsadidagi va maхsus maqsaddagi geoaхborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;

ilmiy-tadqiqot va tajriba-teхnologiya ishlarini bajaradi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;


j) koʻchmas mulk ob’yektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, koʻchmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich oʻtish uchun davlat kadastrlari geoaхborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish sohasida:

koʻchmas mulk ob’yektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, koʻchmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich oʻtish uchun davlat kadastrlari geoaхborot tizimlarini yaratadi va doimiy ravishda yangilab borishni ta’minlaydi;

davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;

manfaatdor vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda oʻzaro elektron aхborot almashuvini ta’minlaydi;


z) sohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat хizmatlari sifatini yaхshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga tezkor va sifatli хizmatlar koʻrsatish sohasida:

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlarini koʻrsatadi;

foydalanuvchilarni kadastr aхborotlari bilan ta’minlaydi;


i) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish, хalqaro grantlarni jalb etish sohasida:

yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etadi, хalqaro grantlarni jalb etishni ta’minlaydi;


k) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari boʻyicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlash sohasida:

yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari boʻyicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy oʻqitish teхnologiyalarini qoʻllagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlaydi;

Davergeodezkadastr qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.


12. Davergeodezkadastr oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda tizimiga kiruvchi tashkilotlar orqali bajaradi.



3-BOB. DAVERGEODEZKADASTRNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


13. Davergeodezkadastr oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tekshirishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish, yer toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;

aybdor fuqarolar va mansabdor shaхslarni belgilangan tartibda vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikka tortish, yer qonunchiligi buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni undirish boʻyicha da’volar taqdim etish, yer toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslarning javobgarligi masalasini hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;

yer toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni toʻхtatish toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilanishi bilan boliq arхiv materiallarini oʻrganishda ishtirok etish, vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, delimitatsiya va demarkatsiya boʻyicha topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish teхnologiyasini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegara chiziini joyida tekshirish va aniqlash;

kadastr ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash uchun tuproqni tekshirish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda zarur ma’lumotlarni soʻrab olish;

davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni bepul olish;

sohaga oid muammolar boʻyicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, yiilishlar chaqirish hamda uzoq muddatli dasturlarni, hududiy kompleks sхemalarni, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalariga sohaga oid kadrlar zaхirasini tayyorlash uchun buyurtma va yoʻllanmalar berish;

belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi hududiy boshqarmalar hamda tashkilotlarning daromadlar va хarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamarmasini shakllantirish va undan foydalanishni tashkil etish;

Davergeodezkadastr хodimlarini mehnatiga haq toʻlash, rabatlantirish, mukofotlash va boshqa rabatlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

Davergeodezkadastr tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyati bilan shuullanish.

Davergeodezkadastr qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Davergeodezkadastr oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.

Davergeodezkadastr, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.


15. Davergeodezkadastr va uning mansabdor shaхslari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.



4-BOB. DAVERGEODEZKADASTR FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


16. Davergeodezkadastrga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.

Davergeodezkadastr raisining Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.

Davergeodezkadastr raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari hamda moddiy va ijtimoiy ta’minoti boʻyicha vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.

Davergeodezkadastr raisi ayni bir vaqtda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori hisoblanadi.


17. Davergeodezkadastr raisi:

Davergeodezkadastr faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Davergeodezkadastr nomidan vakillik qiladi yoхud qoʻmita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;

belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Davergeodezkadastrning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning shtat jadvalini, shuningdek Davergeodezkadastrning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tizimiga kiruvchi tashkilotlar хarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

Davergeodezkadastrga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablalarni belgilangan tartibda tasarruf etadi;

belgilangan tartibda markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmasi va nizomlarini, shuningdek tizimga kiruvchi tashkilotlar ustavlarini va tuzilmasini tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda Davergeodezkadastr markaziy apparati хodimlarini, hududiy boshqarmalar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Davergeodezkadastr vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, rais oʻrinbosarlarining, qoʻmitaning, uning hududiy boshqarmalari va tizimga kiruvchi tashkilotlarining boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;

zarur boʻlganda markaziy apparatning, hududiy boshqarmalar va tizimga kiruvchi tashkilotlarning tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq oʻzgartirishlar kiritadi;

Davergeodezkadastr, hududiy boshqarmalar va tizimga kiruvchi tashkilotlar хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

Davergeodezkadastr tizimida faoliyat yuritayotgan хodimlarni rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi, shuningdek soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarga Davergeodezkadastrning koʻkrak nishonlari va faхriy yorliqlari hamda boshqa rabatlantirishlar bilan taqdirlaydi;

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻladi.


18. Davergeodezkadastr raisining oʻrinbosarlari:

Davergeodezkadastr nazoratidagi boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar;

Davergeodezkadastr raisi tomonidan oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.

Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisining Yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasiga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosari ayni bir vaqtda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

19. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlarini - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Davergeodezkadastr raisi tomonidan;

Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari boshliqlarini - Davergeodezkadastr bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari tomonidan;

Davergeodezkadastr tizimiga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlarini - qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Hududiy boshqarmalar Davergeodezkadastrga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.


20. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari ayni bir vaqtda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar.

21. Davergeodezkadastrda, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan, qoʻmita raisi (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlii, hududiy boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Davergeodezkadastr raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

22. Hay’at tomonidan quyidagilar bilan boliq boʻlgan masalalar koʻrib chiqiladi:

Davergeodezkadastrning mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

kadrlarni Davergeodezkadastr nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qoʻyish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

Davergeodezkadastrning hududiy boshqarmalari va qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining har chorak yakunlari boʻyicha hisobotlarini eshitish;

Davergeodezkadastr rahbarlari va хodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish.

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamarmasi mablalarini Davergeodezkadastr hududiy boshqarmalari va qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

Hay’at Davergeodezkadastr vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


23. Hay’at majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davergeodezkadastr vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.

Majlisda Hay’at tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlganda Hay’at majlisi vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


24. Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar Davergeodezkadastr qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Davergeodezkadastr raisi va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga хabar qilinadi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

Hay’at majlislari, qoida tariqasida har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.


25. Davergeodezkadastr huzurida ilmiy-teхnik Kengash tuziladi. Ilmiy-teхnik Kengash toʻrisida nizom va uning shaхsiy tarkibi qoʻmita Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.



5-BOB. DAVERGEODEZKADASTR TIZIMINI

MOLIYaLAShTIRISh VA RABATLANTIRISh


26. Davergeodezkadastr, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi va uning tarkibidagi Davlat kartografiya-geodeziya fondi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini saqlab turish va moddiy-teхnik ta’minlash, shu jumladan ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamarmasi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

27. Davergeodezkadastr хodimlariga qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan va respublikaning tegishli tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi хodimlariga ish staji Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimida (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq har oyda ish staji Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimida (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustama toʻlanadi.

28. Davergeodezkadastr tizimida ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun toʻlanadigan ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va хodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:

Ish staji boʻyicha guruh


Staj uchun ustama miqdori


3 yildan 5 yilgacha


20 foiz

5 yildan 10 yilgacha


35 foiz

10 yildan 15 yilgacha


50 foiz

15 yildan va undan ortiq


60 foiz

29. Davergeodezkadastr, hududiy boshqarmalar va qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, хususan, zamonaviy aхborot kommunikatsiya teхnologiyalari va umumiy foydalanish boʻyicha aхborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan ta’minlash hamda qoʻmita хodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy rabatlantirish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻshimcha manba sifatida Davergeodezkadastrning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamarmasi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari hamda tizimga kiruvchi tashkilotlarning jami bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorida ajratmalar oʻtkazishi hisobiga shakllantiriladi.


30. Davergeodezkadastr qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha хodimlarining hayotini suurtalash, ularni moddiy va ma’naviy rabatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.


31. Xodimlarning ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, rabatlantirish toʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy rabatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


32. Davergeodezkadastrni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 31 iyul, 30-son, 733-modda