Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 y. 500-son "Fuqarolar yigʻinlari хodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.07.2017 y.

N 500



FUQAROLAR YIINLARI

XODIMLARI MEHNATIGA YaGONA

TARIF SETKASI BOʻYIChA HAQ TOʻLAShNING

RAZRYaDLARINI BELGILASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yiinlari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, ish haqini toʻlash bilan boliq хarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlari mablalari hisobiga qoplanadi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 26-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 17 iyuldagi

500-son qaroriga

ILOVA


Posyolkalar, qishloqlar va ovullarning,

shuningdek shaharlar, posyolkalar, qishloqlar

va ovullarning mahallalari fuqarolar yiinlari

хodimlari mehnatiga haq toʻlashning

Yagona tarif setkasi boʻyicha

RAZRYaDLARI

       

T/r

Lavozim nomi

Mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar


posyolkalar, qishloqlar,

ovullar va shaharlar

mahallalarining

fuqarolar yiinlari


shaharlar hududidan

tashqarida joylashgan

mahallalar fuqarolar

yiinlari


1.

Fuqarolar yiini raisi


7

6

2.

Fuqarolar yiini mas’ul kotibi


6

5

3.

Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari


6

5

4.

Harbiy hisobga olish boʻyicha mutaхassis


5

4

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 24 iyul, 29-son, 694-modda