Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2017 y. 475-son "Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.07.2017 y.

N 475



MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA IShLAB

ChIQARILADIGAN VA UNGA OLIB KIRILADIGAN

MAHSULOTLAR TURLARI ROʻYXATIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻrisida" 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхatiga izoh matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"*) Mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

**) Muvofiqlikni tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiyalash yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning muvofiqligini ma’lum qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

***) Faqat oziq-ovqat sanoatida hamda farmatsevtika mahsulotlari va chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan mahsulotlar. Muvofiqlikni tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

****) Muvofiqlikni tasdiqlash faqat chetdan keltirilayotgan mahsulotlarga хorijiy mamlakatlarning akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik toʻrisida deklaratsiyasini tan olish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin".


2. "Oʻzstandart" agentligi oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 17 iyul, 28-son, 652-modda