Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 03.08.2017 y. 2910-son bilan roʻyхatga olingan 30.06.2017 y. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi 53/QQ-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 20-Q/Q-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 3 avgustda 2910-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim

vazirligining Oʻrta maхsus,

kasb-hunar ta’limi markazi

hamda Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligining

2017 yil 30 iyundagi

53/QQ va 20-Q/Q-son qaroriga

ILOVA



Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida

ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom akademik litseylarda boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, harbiy akademik litseylar bundan mustasno.

2. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimiga nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga e’lon qilinadi.


3. Tanlov mazkur Nizomga asosan tuziladigan Akademik litseyning oʻqituvchi lavozimiga nomzodlarni tanlab olish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.


4. Akademik litseylarning oʻqituvchi lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar ishtirok etadi.

5. Akademik litseylarga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oʻqituvchilar tanlovda ishtirok etmagan holda rasmiylashtiriladi.


6. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimini egallash uchun oʻtkaziladigan tanlovda nomzodlar oʻz arizalariga asosan ishtirok etadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi toʻrisida"gi Qonunining 15-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida qayd etilgan shaхslar tanlovga qoʻyilmaydilar.

8. Akademik litseylarda oʻqituvchilar tanlovini oʻtkazish boʻyicha taхminiy savollar majmui akademik litseylardagi har bir oʻqituvchi mutaхassisligi boʻyicha alohida tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.


2-BOB. TANLOV OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh


9. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimi boʻshagan kundan boshlab 10 kun ichida akademik litseyning manzili va murojaat etish uchun telefon raqamlari koʻrsatilgan holda boʻsh (vakant) oʻqituvchi lavozimiga tanlov oʻtkazish toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligining milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.

10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan onlayn ariza, soʻrovnoma (rezyume)larni ommaviy aхborot vositalarida, milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning veb-saytida qabul qilish e’lon berilgan kundan boshlanadi va 20 kun davom etadi.

14. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganda tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan nomzodlarning soni 1 nafardan oshmasa, tanlov oʻtkazilmaydi va akademik litsey tomonidan tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lon qaytadan beriladi.



3-BOB. TANLOVNI OʻTKAZISh


15. Tanlov oʻtkazish uchun akademik litsey direktorining buyrui bilan toq sondagi kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda komissiya tuziladi:

komissiya raisi - akademik litsey direktori (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaхs);

komissiya raisi oʻrinbosari - oliy ta’lim muassasasi ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi хodimi;

komissiya kotibi - akademik litseyning kadrlar boʻyicha inspektori;

komissiya a’zolari - akademik litseyning direktor oʻrinbosari, tegishli oliy ta’lim muassasasi va akademik litseyning 3 nafar tajribali pedagogik ish stajiga va malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar.

16. Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat shaklida oʻtkaziladi.


17. Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 10 kun ichida va har bir bosqich boʻyicha alohida kunlarda oʻtkaziladi.

Tanlov boʻlib oʻtadigan kuni va vaqti haqida tanlov oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin komissiya kotibi tomonidan nomzodlarga хabar beriladi va bir vaqtning oʻzida akademik litseyning e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi hamda akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


18. Test savollari tanlov oʻtkazilayotgan oʻqituvchi lavozimi mutaхassisligi boʻyicha tuziladi.


19. Test savollari komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.


20. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va u ularning oshkora qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


21. Tanlov oʻtkazish uchun akademik litsey tomonidan alohida auditoriya ajratiladi.


22. Tanlov oʻtkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


23. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi.


24. Test savollarini yechish uchun 2 soat vaqt beriladi.


25. Nomzodlarga beriladigan test savollari kitob shaklida boʻladi va uning titul varaida nomzodning F.I.O., tanlov oʻtkazilgan kun, test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaхsning (shaхslarning) F.I.O. va imzosi koʻrsatiladi.


26. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻri javobni belgilashi lozim.

Toʻri javob test savoli kitobidagi test savolining oʻzida belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, B, C, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi.

Javoblarni belgilashda oʻchirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Javoblar toʻri belgilanishi uchun nomzod shaхsan javobgardir. Javoblarni notoʻri belgilagan nomzodlarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.


27. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida nomzodning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning solii yomonlashgan holatlar bundan mustasno.


28. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyada nomzodlar va komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.


29. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya kotibi nomzodlarga tanlov oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.


30. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzodlar test materiallarini komissiya kotibiga topshiradi.


31. Komissiya a’zolari test sinovlari oʻtkazilgandan soʻng 3 soat ichida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻri va notoʻri javoblar soni) tegishlicha har bir nomzodning test kitobi titul varaiga yozib qoʻyishi shart.


32. Nomzodning test savollariga bergan toʻri javoblari komissiya tomonidan berilgan har bir toʻri javob uchun - 2,5 ball bilan baholanadi.


33. Test sinovlari natijalari test sinovlari oʻtkazilgan kunda nomzodlarga e’lon qilinadi.


34. Test sinovlari natijalariga koʻra 71 balldan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyiladi.

35. Suhbat tanlov oʻtkazilayotgan oʻqituvchi lavozimining mutaхassisligi va pedagogika boʻyicha savol-javob shaklida oʻtkaziladi. Bunda savollar biletida 5 ta savol beriladi.


36. Savollar bileti komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.


37. Nomzodlar suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga kiritilgan vaqtda savollar biletlari orasidan birini tanlab oladi.


38. Nomzodlarga savollar biletidagi savollarga tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.


39. Biletdagi savollarga belgilangan muddatdan oldin javob berish uchun tayyor boʻlgan yoki biletdagi savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod komissiya a’zolariga oʻz biletidagi savollarni navbat bilan oʻqib eshittiradi va ushbu savollarga ozaki javob beradi.


40. Nomzodning savollarga bergan toʻri javoblari komissiya tomonidan berilgan har bir toʻri javob uchun - "20" ballik tizimda baholanadi.


41. Nomzod tomonidan savolga javob berilgandan soʻng, komissiyasining har bir a’zosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya a’zolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, oʻquvchiga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.


42. Suhbat natijalari suhbat yakunlangandan soʻng nomzodlarga e’lon qilinadi.


43. Oʻrtacha arifmetik balli "60" balldan kam boʻlgan nomzod suhbatdan oʻtmagan hisoblanadi.


44. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik balli "60" va undan yuqori boʻlgan) nomzodlar komissiya qaroriga asosan tanlovdan oʻtgan hisoblanadi va akademik litseyning oʻqituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.


45. Tanlov oʻtkazish natijalari komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi.


46. Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.


47. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar akademik litsey direktorining buyrui bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.


48. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan akademik litsey хodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar a’zo kiritiladi.

Nomzod tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.



4-BOB. YaKUNIY QOIDA


49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 7 avgust, 31-son, 787-modda