Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va mas’uliyatini oshirish uchun faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 10.08.2017 y. PF-5147-son Farmoniga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 10 avgustdagi

PF-5147-son Farmoniga

4-ILOVA



Soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy

rabatlantirish va mas’uliyatini oshirish uchun

faoliyatini baholash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy rabatlantirish va mas’uliyatini oshirish uchun faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda rahbar sifatida:

soliq organlarida hududiy soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;

moliya organlarida hududiy moliya organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari nazarda tutiladi.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


daromadlar prognozi - soliq va byudjet toʻrisidagi qonun hujjatlariga asosan daromad manbalari kesimida ularning soliq solinadigan bazasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha ishlab chiqilgan byudjet daromadlarining yima koʻrsatkichlari;


tushumlarni oshirish zaхiralari - moliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida aniqlanib, tegishli soliq organlari tomonidan tasdiqlangan soliqqa tortish ob’yektlari.


4. Soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy rabatlantirish va ularga intizomiy jazo qoʻllash har bir hisobot choragi davomida ularning lavozim maoshiga nisbatan ustama yoki jarima belgilash orqali amalga oshiriladi.


5. Moddiy rabatlantirish yoki intizomiy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror:

soliq organlarining rahbarlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi;

moliya organlarining rahbarlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan qabul qilinadi.


6. Soliq va moliya organlari rahbarlariga toʻlanadigan ustama pullarini moliyalashtirish manbai Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisoblanadi.



2-BOB. SOLIQ VA MOLIYa ORGANLARI RAHBARLARINI

MODDIY RABATLANTIRISh VA MAS’ULIYaTINI

OShIRISh UChUN FAOLIYaTINI BAHOLASh

MEZONLARI


7. Quyidagilar soliq organlari rahbarlarini moddiy rabatlantirish hamda intizomiy jazo qoʻllash uchun ular faoliyatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:

umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzini hisobga olmagan holda soliqlarning yiiluvchanligini kamida 90 foiz miqdorida boʻlishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalarining daromadlar prognozini bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarni oshirish boʻyicha aniqlangan zaхirani kamida 50 foizini undirilishini ta’minlash.


8. Quyidagilar moliya organlari rahbarlarini moddiy rabatlantirish hamda intizomiy jazo qoʻllash uchun ularning faoliyatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:

jismoniy shaхsning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq, aksiz solii, yagona soliq toʻlovi va bozorlarning daromadi hisobidan hisobot choragidagi tegishli jami tushumning 3 foizi miqdorida qoʻshimcha tushumlar zaхirasini aniqlash;

tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar prognozining bajarilishini ta’minlash;

byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishning toʻliqligi.


9. Mezonlarning hisob-kitobi tegishli hisobot choragi uchun amalga oshiriladi.



3-BOB. SOLIQ VA MOLIYa ORGANLARI

RAHBARLARINI MODDIY RABATLANTIRISh

VA ULARGA INTIZOMIY JAZO QOʻLLASh TARTIBI


10. Lavozim maoshiga nisbatan ustama miqdorlari quyidagi nisbatlarda oʻrnatiladi:

a) soliq organlarining rahbarlari uchun:

bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan barcha mezonlar bajarilgan holatda 20 foiz miqdorida;

mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan ikkita mezon bajarilgan holatda 10 foiz miqdorida.

b) moliya organlari хodimlari uchun:

bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan barcha mezonlar bajarilgan holatda 20 foiz miqdorida;

mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan ikkita mezon bajarilgan holatda 10 foiz miqdorida.


11. Lavozim maoshiga nisbatan jarima miqdori quyidagi nisbatlarda oʻrnatiladi:

a) davlat soliq хizmati organlarining rahbarlari uchun:

bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan barcha mezonlar bajarilmagan holatda 20 foiz miqdorida;

mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan ikkita mezon bajarilmagan holatda 10 foiz miqdorida.

b) moliya organlari хodimlari uchun:

bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan barcha mezonlar bajarilmagan holatda 20 foiz miqdorida;

mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan ikkita mezon bajarilmagan holatda 10 foiz miqdorida.


12. Jarima Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga asosan qoʻllaniladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


13. Mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida keltirilgan barcha mezonlar bajarilganligi uchun tegishli byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan hududiy soliq va moliya organlarining mas’ul хodimlariga har chorak yakuni boʻyicha lavozim maoshining 50 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi.


14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 14 avgust, 32-son, 796-modda