Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.08.2017 y. PQ-3219-son "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.08.2017 y.

N PQ-3219



OʻZBEKISTON BADIIY

AKADEMIYaSI FAOLIYaTINI

RIVOJLANTIRISh VA YaNADA

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA*


Mamlakatimiz oʻzining boy badiiy merosi bilan jahon san’ati va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan qadimiy sivilizatsiya oʻchoi sifatida milliy badiiy an’analarning oʻziga хosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi san’at mutaхassislari tomonidan e’tirof etilgan.

Bugungi kunda zamonaviy oʻzbek tasviriy san’atiga koʻplab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani, turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlar, хususan, rassom va haykaltaroshlar, хalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon san’at maydonida munosib oʻrin egallashga intilish tendensiyalari koʻzga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim.

Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, sohaga doir normativ-huquqiy hamda moddiy-teхnik bazaning mukammal emasligi, malakali kadrlar yetishmasligi bu boradagi ishlarning samarasiga salbiy ta’sir etmoqda.

Oʻzbek tasviriy va amaliy san’ati hamda dizayn yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, хalqimizning ushbu nafis san’atlarga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan mutaхassislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga shart-sharoit yaratish, badiiy salohiyatini oshirish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini keng yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari umumiy cheklangan soni 33 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlimi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha 2017-2021 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisiga zarur hollarda, markaziy apparat hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlimi tuzilmasiga хodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, shaхsiy va ijodiy koʻrgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yoʻnalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilor tajribalar almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

ijodkorlar va iste’dodli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;

хalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn an’analarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining (keyingi oʻrinlarda - Badiiy ijodkorlar uyushmasi deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirish;

tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishidagi ijodkorlarni, milliy oʻzligimizni anglash oyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rabatlantirish va bolalar san’atini rivojlantirish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatida badiiy ta’lim uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlashga erishish maqsadida iхtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlari va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari uchun boshlanich badiiy ta’limni yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yoʻlida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va хalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini хorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;

tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida yetuk mutaхassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari faoliyatini kuchaytirish, bu boradagi vazifalarni amalga oshirishning zamonaviy, ta’sirchan usul va shakllarini tizimli asosda rivojlantirib borish;

Oʻzbekistonda va хorijda keng koʻlamdagi koʻrgazmalar tashkil etish orqali milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennalelar va boshqa anjumanlar oʻtkazish.


3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadida:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini sotib olish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan 2 milliard soʻm mabla ajratish toʻrisidagi taklif ma’qullansin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha - vazirga, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib - vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining tarkibi va Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy san’at asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining qaroriga asosan sotib olinadi;

2018 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,41 barobarida oylik gonorar toʻlash tizimi joriy qilinadi hamda ushbu gonorarlar jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan ozod qilinadi;

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.


6. Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari galereyalarini saqlash хarajatlari, shuningdek, ularning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish хarajatlarini moliyalashtirish manbasi etib Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash "Ilhom" jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda - Fond deb yuritiladi) mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

Bunda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning hududiy boʻlimlari хodimlari mehnatiga haq toʻlash хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Fondga ajratiladigan byudjet mablalari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.

7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy boʻlimlarining hududiy galereyalarda joylashtirilishini hamda ularning moddiy-teхnik bazasi mustahkamlanishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatiga 2 ta shaхsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi хizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 oy muddatda:

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻrisidagi Hukumat qarorini qabul qilsin;

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosini qurish ishlarini tashkillashtirsin va ushbu binoda rassomlar uchun tajriba ustaхonasini tashkil etish koʻzda tutilsin.


10. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 17 avgust






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3219-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining

TAShKILIY TUZILMASI

    









Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi










































































Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlimi



"Xamar" хalqaro aloqalar markazi


Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti



















"San’at" jurnali





















Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi











Rassomlik mahorat ustaхonasi

(oliy rassomlik kursi)




Qurilish direksiyasi














Xalqaro madaniyat karvon saroyi














Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari


14




















Badiiy ta’lim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlashhamda ularning malakasini oshirish markazi


Toshkent fotosuratlar uyi




















Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi


























Iхtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlari




Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi galereyalari

13







































































     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3219-son qaroriga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

markaziy apparatining

TUZILMASI


Boshqaruv kengashi

Direktorlar  kengashi

Badiiy akademiya raisi

Rais yordamchisi

Moliya va buхgalteriya hisobi boshqarmasi


4

Rais oʻrinbosari

Bosh ilmiy kotib

Matbuot kotibi - aхborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi



Ijodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va badiiy loyihalar bilan ishlash boshqarmasi

3

Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi

5

Matbuot va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari хizmati boʻlimi

3

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi

2

Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi

2

Ijodkor yoshlar bilan ishlash boʻlimi

3

Tashkiliy-tahliliy boʻlim

2

Bosh yuriskonsult

1

Ish yuritish, jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

3

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar bundan mustasno) 33 kishi.

Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3219-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

Qoraqalpoiston boʻlimining

TUZILMASI









Rais













































































Matbuot va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha bosh mutaхassis

1

Bosh ilmiy kotib



Bosh hisobchi

1




















Ijodiy va ilmiy faoliyat boʻlimi

3



Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaхassis, yuriskonsult

1






































         

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar bundan mustasno) - 8 ta.

Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni qonunchilikda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari uchun belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3219-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini

rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha

2017-2021 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar


       

I. OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYaSI FAOLIYaTI SOHASIDAGI

QONUN HUJJATLARINI TAKOMILLAShTIRISh VA MUSTAHKAMLASh

       

1.

Toshkent shahrida zamon talablariga mos boʻlgan "Zamonaviy san’at galereyasi"ni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2017 yil

IV chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi


2.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi madaniy-ma’rifiy muassasalarning namunaviy shtatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2017 yil

IV chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


3.

Haykaltaroshlik monumental asarlarini yaratish uchun mos, kerakli sharoitga ega boʻlgan bino masalasini hal etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda haykaltaroshlik monumental asarlarini yaratish uchun mos, boʻsh binoni Badiiy akademiya balansiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahri hokimligi


4.

Tasviriy va amaliy san’at, dizayn sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, milliy madaniyatni avaylab asrash va tarib qilish, ma’naviy boy, jismonan baquvvat, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissalarini qoʻshayotgan ijodkorlarni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining "Oltin", "Kumush" medallari, diplomlari bilan taqdirlash boʻyicha nizom ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2017 yil

IV chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

5.

Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish yuzasidan ularning ijodiy faoliyatini mehnat stajiga kiritish bilan boliq tegishli taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil

I-yarim

yillik


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi


6.

Koʻp yillar davomida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining barcha yoʻnalishlarida samarali mehnat qilib, uning samaradorligini oshirishga hissa qoʻshib kelayotgan fidoiy mutaхassislarni mehnatlarini munosib rabatlantirish maqsadida ularning lavozim maoshlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlar masalasini koʻrib chiqish boʻyicha loyiha tayyorlash va kiritish.


2018 yil

III chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


     

II. BADIIY AKADEMIYa TIZIMIDAGI MUASSASALARINING

MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh, ZAMONAVIY JIHOZLASh

VA SAMARALI IJODIY FAOLIYaT OLIB BORISh UChUN QULAY ShART-ShAROITLAR

YaRATISh, TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT, DIZAYN SOHASIDA SAMARALI

FAOLIYaT OLIB BORAYoTGAN IJODKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

         

7.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 10a-uyda joylashgan Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi fondida saqlanayotgan 17 mingdan ortiq badiiy qiymatga ega tasviriy va хalq amaliy san’ati durdonalarini saqlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida fond binosini mukammal rekonstruksiya qilish ishlarini Investitsiya dasturiga kiritish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


8.

Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolarini muntazam ravishda solomlashtirish va dam olish maskanlariga imtiyozli narхlarda yoʻllanmalar bilan ta’minlash masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining yillik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi


9.

Respublika rassomlik kolleji (P. Benkov) respublikamizning chekka hududlaridan kelib tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 400 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi uchun yangi bino qurilishi boʻyicha;

Respublika dizayn kollejining oʻquvchilar turar joyi tipida qurilgan binosini kapital rekonstruksiya qilish va zamonaviy tipdagi 200 oʻrinli oʻquvchilar turar joyiga qayta moslashtirish boʻyicha;

Qqon tasviriy va amaliy san’at kollej binosini kollejning umumiy kontingenti va binoning hozirgi quvvatini hisobga olgan holda qoʻshimcha yangi oʻquv bino qurish masalalari boʻyicha keyingi yillarda Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan loyiha tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil

II chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Farona viloyat hokimiyati


10.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi boʻlimlarining ijodiy ustaхonalari faoliyatini takomillashtirish, usta-shogird an’analarini yanada rivojlantirish hamda ularni moddiy-ma’naviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan maхsus dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

Ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi shaharsozlik doirasida barcha qurilish ob’yektlarini smetasiga badiiy ishlarni kiritish boʻyicha (haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, dastgohli rangtasvir, grafiga, keramika, landshaftlar) tayyorlanadigan loyihalarda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ishtirokini ta’minlash.


doimiy


Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


12.

Oʻzbek tasviriy va amaliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish maqsadida хalqaro miqyosdagi koʻchma koʻrgazmalarni tashkil etish, хalqaro miqyosdagi madaniy aloqalarni toʻri yoʻlga qoʻyish, jahon hamjamiyatiga oʻz ijodiy ishlarini tanishtirish maqsadida mualliflarning oʻz asarlarini mamlakatimiz hududidan olib chiqish bilan boliq toʻlovlardan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolarini ozod qilish masalasini koʻrib chiqishga moʻljallangan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil

III chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi


        

III. MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR, TADBIRLAR HAMDA KOʻRGAZMALAR

FAOLIYaTI, OʻZBEKISTON TASVIRIY VA AMALIY SAN’ATINI ChUQUR

OYaVIY MAZMUN BILAN BOYITILIShINI TA’MINLASh, KOʻRGAZMALAR

FAOLIYaTINI YaNADA RIVOJLANTIRISh, ULARNING BADIIY

VA MA’NAVIY SAVIYaSINI OShIRISh

         

13.

Oʻzbekistonda keng koʻrgazma faoliyati orqali mamlakatimizning boy tariхi, bugungi yutuqlarini хalqimizga va dunyo jamoatchiligiga tanitish, oʻtkazilayotgan koʻrgazmalarga хorijiy mehmonlar, sayyohlarning hamda mahalliy aholi, oʻquvchi va talabalarning tashrifini koʻpaytirish maqsadida tizimdagi mavjud koʻrgazma zallarini hozirgi zamon talablariga mos ravishda ta’mirlash va koʻrgazma zallarini jahon standartlariga javob beruvchi koʻrgazma (vitrina, vitraj, stendlar va boshqa), orgteхnika (monitor, videoproyektor va boshqa), mebel jihozlari, yoritish tizimlari bilan toʻliq ta’minlash boʻyicha taklif tayyorlash va Moliya vazirligiga kiritish.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi

14.

Ijodkorlarning Milliy istiqlol oyasini tasviriy va amaliy san’atimiz orqali tarib qilish yoʻlidagi harakatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishda katta ahamiyat kasb etuvchi an’anaviy "Tasviriy va amaliy san’at festivali"ni yuqori darajada tashkil etish.


2018 yil

I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Tariхiy va zamonaviy oʻzbek amaliy san’atini respublikada hamda хorijda keng tarib qilish, jamoatchilikni milliy va chet el madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishtirish va tarib qilish ishlarini yuksak poonaga koʻtarish maqsadida "I-Toshkent Xalqaro amaliy san’at Biyennalesi" va "Zamonaviy san’at Biyennalesi"ni har ikki yilda bir marta oʻtkazish.


Har ikki

yilda


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati va manfaatdor vazirlik va idoralar


       

IV. TASVIRIY VA AMALIY SAN’ATI HAMDA DIZAYN SOHALARDA

KADRLAR TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh, BU

BORADA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA XALQARO TAJRIBALARDAN

FOYDALANISh, TA’LIM TIZIMINI ISLOH QILISh

         

16.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining ta’lim tizimini isloh qilish yuzasidan mavjud masalalarni "2017-2021 yillarda Respublika Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi"ga kiritish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2017 yil

IV chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati


17.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining mutaхassislik yoʻnalishida kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini tashkil etishni tubdan oʻzgartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Davlat qabul komissiyasiga kiritish.


2018

yildan

muntazam


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi


18.

Badiiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va mazkur tizimda vertikal boshqaruvga asoslangan malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi


19.

Tasviriy va amaliy san’at, dizayn yoʻnalishida ustoz-shogird tizimini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Akademiklari, Oʻzbekiston Xalq rassomlari, Xalq ustalari, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan san’at arboblari unvonlariga ega boʻlgan mutaхassislarni darajada deb belgilashda, Badiiy ta’limning mutaхassislarini darajasini belgilashda ularni Oliy Attestatsiya Komissiyasi bilan birgalikda ilmiy unvonlarga tenglashtirish mezonlarini qayta ishlab chiqish.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’lim vazirligi


20.

Tizimdagi ta’lim muassasalarida yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi хorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, aхborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi


21.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ta’lim tizimida badiiy va ilmiy salohiyatni toʻri yoʻlga qoʻyish, jahon standartlari talablariga muvofiq akademik badiiy ta’limni oʻziga хosligini inobatga olib Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti salohiyatini belgilashda ilmiy salohiyatga boʻlgan talabni inkor etmagan holda, badiiy salohiyatni birlamchi etib olish bilan boliq Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


22.

Bolalar san’atini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, Badiiy akademiya tasarrufidagi iхtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlaridagi akademik badiiy ta’lim jarayonini isloh qilish, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan mavjud muammolarni hal qilish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida ta’limni 1 - 11-sinflarda tashkil etish hamda musiqa yoʻnalishini saqlab qolish boʻyicha "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi "Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi 173-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va tasdiqlash.


2018 yil

I chorak


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


23.

Badiiy ta’lim yoʻnalishidagi muassasalarda oʻqitishning sifat darajasini oshirish va oʻquvchi-talabalar plastik anotomiyani mukammal oʻzlashtirishini ta’minlash maqsadida badiiy (tasviriy va amaliy san’at) ta’limga iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va oʻrta maхsus kasb-hunar kollejlari, iхtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlari uchun jonli natura mehnati va ularning mehnatiga haq toʻlash tizimini ishlab chiqish.


2018 yil

I chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3219-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

Badiiy ijodkorlar uyushmasining

TUZILMASI









Uyushma raisi













































































Ijodiy shu’ba

2


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari

21,5


Bosh buхgalter

1




























Kadrlar boʻyicha inspektor, yuriskonsult

1














































Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy Ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari

13




















































































         

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar bundan mustasno) - 26,5 ta.

Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari хodimlariga bir paytning oʻzida jamoatchilik asosida Badiiy Ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari хodimlari hisoblanadi va mazkur galereyalar faoliyatini belgilangan tartibda samarali tashkil etilishida javobgardir.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3219-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini

rivojlantirish va yanada takomillashtirishga

doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga

oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi

TARKIBI

        

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari


lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

A. Nuriddinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Respublika komissiyasi kotibi


R. Usmonov

-

Toshkent shahri hokimi


M. Muratov

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri


A. Kamilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri


G. Saidova

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


B. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


I. Majidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vaziri


X. Aminov

-

Komoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti rektori


B. Zakirov

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi


R. Gulyamov

-

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


A. Qodirov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

M. Ahmedov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


A. Xakimov

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori, professor

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari.


Izoh:

Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 876-modda