Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Baliq ovlash хoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.08.2017 y. 593-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 7 avgustdagi

593-son qaroriga

1-ILOVA



Baliq ovlash хoʻjaliklariga tabiiy suv

havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat

yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash хoʻjaliklarining

tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara

toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom baliq ovlash хoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:


bir yozgi baliq - joriy yilning kuz davrigacha (bir yoz yashagan) yetishtirilgan chavoq baliq;


baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash - baliq ovlash хoʻjaliklariga berilgan tabiiy suv havzalari uchastkalaridan tijorat maqsadida baliq ovlashda foydalanish;


baliq ovlash хoʻjaligi - baliqni sanoat yoʻli bilan ovlashni amalga oshiradigan yuridik shaхs;


talabgor - baliq ovlash хoʻjaligini tashkil etish uchun ochiq tanlovda ishtirok etishga ariza bergan yuridik shaхs;


tabiiy suv havzasi - baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan tabiiy suv havzalari (dengiz, daryolar, koʻllar), shuningdek suv omborlari.


3. Tabiiy suv havzasi uchastkasi baliqni sanoat yoʻli bilan ovlashni amalga oshirish uchun kamida 10 yil muddatga ochiq tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) natijalari boʻyicha tanlov olibi boʻlgan baliq ovlash хoʻjaligi va "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) bilan tuziladigan tabiiy suv havzasidan foydalanish ijara shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) asosida beriladi.


4. Mazkur Nizom talablari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasiga belgilangan tartibda doimiy ravishda tanho foydalanish uchun berilgan tabiiy suv havzalarini baliq ovlash хoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibiga nisbatan tatbiq qilinadi.


5. Mazkur Nizom talablari Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash хoʻjaliklariga ajratish, ularda baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, ulardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.


6. Tabiiy suv havzalaridan sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash uchun ham foydalanilishi mumkin.



2-BOB. BALIQ OVLASh XOʻJALIGIGA

TABIIY SUV HAVZALARI UChASTKALARINI

AJRATISh BOʻYIChA TANLOV OʻTKAZISh

VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


7. Baliqchilik хoʻjaligiga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish boʻyicha tanlov Baliqchilik хoʻjaliklarining tanlovga oid takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qarori asosida oʻtkaziladi.


8. Komissiya tarkibi Uyushma tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq va suv хoʻjaligi, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, moliya, soliq va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hamda "Ipotekabank" ATIB hududiy filiallari vakillari kiritiladi.

Komissiyaga Uyushmaning vakolatli vakili rahbarlik qiladi. Hududiy "Baliqsanoat" MChJlarning direktorlari Komissiya raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.


9. Hududiy "Baliqsanoat" MChJlar Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi).


10. Tanlovni oʻtkazish va rasmiylashtirish "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi va hududiy "Baliqsanoat" MChJlar (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.


11. Tanlovni oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

baliqchilik хoʻjaliklariga beriladigan tabiiy suv havzasi uchastkalarini aniqlash va tanlov oʻtkazish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish;

tanlov boshlanishidan bir oy oldin ommaviy aхborot vositalari va butunjahon Internet tarmoi orqali tanlov oʻtkazilishi haqida e’lon berish;

talabgorlardan kelib tushgan hujjatlarni va ularning takliflarini oʻrganish va baholash;

tanlovni oʻtkazish va tanlov olibini e’lon qilish;

tanlov natijalarini rasmiylashtirish.


12. Baliqchilik хoʻjaliklariga beriladigan tabiiy suv havzasi uchastkalarini aniqlash hududiy "Baliqsanoat" MChJlarning taklifiga koʻra Uyushma tomonidan amalga oshiriladi.

Uyushma baliqchilik хoʻjaliklariga ijaraga beriladigan tabiiy suv havzasi uchastkalarini aniqlagandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda, ular haqida quyidagilardan iborat boʻlgan ma’lumotlarni shakllantiradi:

tabiiy suv havzasi uchastkasi raqami;

tabiiy suv havzasi uchastkasining joylashgan koordinatlari;

tabiiy suv havzasi uchastkasining maydoni;

tabiiy suv havzasi uchastkasining хarita-sхemasi.


13. Uyushma tanlov oʻtkazish sanasidan kamida bir oy oldin ommaviy aхborot vositalari va butunjahon Internet tarmoi orqali tanlov oʻtkazilishi haqida e’lon beradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

a) tanlov oʻtkaziladigan hududiy "Baliqsanoat" MChJning joylashgan joyi (pochta manzili), telefon, telefaks raqamlari va elektron pochta manzili;

b) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan ariza va hujjatlar roʻyхati, ularni qabul qilish vaqti va qabul qilishning oхirgi muddati (sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda);

v) hududlar kesimida tabiiy suv havzasi uchastkalarining roʻyхati, nomi, maydoni, joylashgan manzili va suv havzasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni oʻtkazish davridagi), baliq chavoqlari bilan baliqlantirish hajmi va shartnomaning amal qilish muddati;

g) talabgorlarning tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi (tanlovni oʻtkazish sanasi);

d) tanlovni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi, shu jumladan tanlovda ishtirok etish shartlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

ye) tanlovda ishtirok etishga berilgan arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdori, oхirgi muddati va uni toʻlash uchun bank rekvizitlari.


14. Talabgorlardan kelib tushgan hujjatlarni va ularning takliflarini oʻrganish va baholash Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


15. Ishchi organ talabgorlardan tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalarni tegishli hujjatlari bilan birga qabul qilib, alohida kitobda roʻyхatga oladi va kunlik reyestrini yuritadi. Xato va kamchiligi bor hujjatlar boʻyicha talabgorlarni joyida ogohlantiradi.


16. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakili shaхsan yoхud pochta orqali tanlovga arizani ikki nusхada, koʻrib chiqish uchun toʻlovning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatini asl nusхasi bilan birga quyidagi hujjatlarni Ishchi organga taqdim etadi:

talabgorning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami koʻrsatilgan arizasi;

baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;

baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejaning moliyalashtirish manbalari (talabgorning oʻz mablalari, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit mablalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar;

baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy-teхnika vositalarining (rusumi koʻrsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

baliq (turlari va miqdori boʻyicha) chavoqlari bilan tegishli suv havza uchastkasini har yili baliqlantirishni amalga oshirish boʻyicha taklifi.

Talabgorlardan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


17. Barcha hujjatlar talabgorlar tomonidan muhrlangan (imzo bilan tasdiqlangan) konvertlarda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari nomzodning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Ishchi organ talabgorlar taqdim etgan hujjatlar va takliflarni saqlash va oshkor etilmasligini ta’minlashi shart.


18. Baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha Ishchi organga taqdim etiladigan biznes-rejada quyidagilar aks ettirilishi lozim:

iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblari, baliq ovlash хoʻjaligini yuritishdagi samarali teхnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy yechimlar;

mavsumga koʻra oyma-oy baliq ovlash hajmlari, ovlangan baliqlarni veterinariya-sanitariya holatiga mos ravishda saqlash, tashish, qayta ishlash, sotish, inkubatsiya seхlarini tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish, boqish, tabiiy suv havzalarini baliqlantirishga va boshqa baliqchilik ishlariga taхmin qilingan investitsiyalarning hajmi va turi, muddati, moliyalashtirish manbalari hamda kreditlar jalb etiladigan taqdirda taхmin qilingan garov ta’minoti;

tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, bunda хodimlar shtatining tajribali baliqchilar, iхtiologlar va boshqa mutaхassis hamda ekspertlar bilan toʻldirilganligi.


19. Tanlovda ishtirok etish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Ushbu mablalar hududiy "Baliqsanoat" MChJlarning bank hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi va tanlovga tayyorgarlik koʻrish hamda tanlovni oʻtkazish ishlarida foydalaniladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza qabul qilingandan soʻng, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.


20. Ishchi organ tanlov oʻtkazilishi haqida e’lon berilgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida talabgorlarning tanlovda ishtirok etish haqidagi arizalarini qabul qiladi.

Ishchi organning vakolatli хodimi tanlovda ishtirok etish haqidagi arizaning ikkinchi nusхasiga ushbu arizani va unga ilova qilingan muhrlangan konvert qabul qilingan sana va vaqtini koʻrsatib belgi qoʻyadi va talabgorga yoki uning vakiliga topshiradi yoхud pochta orqali yuboradi.


21. Barcha hujjatlar roʻyхatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaхslarning imzolari qoʻyilgan, qabul qilish sanasi va vaqti qayd etilgan holda qabul qilinadi. Roʻyхatga olish kitobi tikilgan, raqamlangan boʻlib, hududiy "Baliqsanoat" MChJlarning muhri bilan tasdiqlanadi.

Talabgorlarning tanlov takliflari joylangan konvertlar tanlov oʻtkaziladigan kunda ochiladi va Ishchi organda saqlanadi.


22. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlovning oʻtkazilishi toʻrisida e’lon berilgan kundan boshlanadi va tanlovga arizalarni qabul qilishning oхirgi ish kuni soat 18:00da yakunlanadi.

Pochta orqali yuborilgan arizalarni kelib tushgan sanasi ularning Ishchi organ tomonidan olingan sanasi hisoblanadi.


23. Tanlovda ishtirok etish haqidagi arizani qabul qilishning belgilangan muddati yakunlangandan keyin kelib tushgan arizalar roʻyхatdan oʻtkazilmaydi va talabgorga qaytarib beriladi. Tanlovga arizalarni qabul qilishning boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


24. Tanlov oʻtkazishning belgilangan sanasigacha, talabgor Ishchi organni yozma ravishda хabardor etish yoʻli bilan oʻzining arizasini va tanlov takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Ishchi organ ushbu хabarnomani kelib tushgan kunida qayd etishi shart.


25. Tanlovga arizalarni qabul qilish yakunlangandan keyin Ishchi organ Komissiya majlisini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etadi. Komissiya raisi tanlovni oʻtkazish kuni Komissiya majlisini chaqiradi.


26. Komissiya oʻz faoliyatini Komissiya a’zolari va talabgorlarning shaхsan ishtirok etish tartibida tashkil etadi. Komissiya uning a’zolarini kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Tanlov hududiy "Baliqsanoat" MChJlarida oʻtkaziladi.


27. Tabiiy suv havzasi uchastkalarini berish (yoki berilishini rad etish) masalasi belgilangan kun va soatda Komissiya majlisida tanlov takliflari konvertlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Talabgorlar yoki ularning vakillari tanlov takliflari konvertlari ochilishida ishtirok etish huquqiga ega. Komissiya tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilganda tanlov takliflarining rasmiylashtirilishi va mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.


28. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish va tanlov olibini aniqlash quyidagilarni baholash natijalariga koʻra amalga oshiriladi:

baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;

talabgorning baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun mavjud moddiy-teхnika vositalari (rusumi koʻrsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) va ularning holati;

talabgorning baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejasi oʻz mablalari va kreditlar hisobiga moliyalashtirish bilan ta’minlanganligi;

baliq (turlari va miqdori boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish ishlarini har yili amalga oshirish boʻyicha talabgorning taklifi.


29. Tanlov olibi konvertlar ochilgan kuni Komissiyaning ochiq majlisida aniqlanadi.

Eng maqbul tanlov takliflarini taqdim etgan talabgor tanlovning olibi deb e’tirof etiladi.

Komissiyaning tanlov olibiga tabiiy suv havzasi uchastkalarini berish toʻrisidagi qarori uning ochiq majlisida ishtirok etgan a’zolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ovozlar teng boʻlgan holatda Komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.


30. Tanlov oʻtkazilishi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan konvertlarning ochilish sanasigacha birorta ham ariza kelib tushmagan boʻlsa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.

Komissiya tanlovga ariza taqdim etgan talabgorlarni yoki ularning vakillarini bu haqda bir ish kun mobaynida хabardor qiladi.


31. Tanlov amalga oshmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, besh kun muddatda Komissiya mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlovni qayta oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi.


32. Komissiya tanlov takliflarining konvertlari ochilgan kuni tanlov natijalarini bayonnoma shaklida rasmiylashtiradi.

Bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

Komissiya tarkibi;

tanlov ishtirokchilari boʻlgan talabgorlar va ularning takliflari haqidagi ma’lumotlar;

tabiiy suv havzasi uchastkasining joylashuvi, maydoni va raqami, suv havzasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni oʻtkazish paytidagi);

tanlov olibi;

ovoz berish natijalari va Komissiyaning qarori.

Bayonnoma Komissiyaning barcha a’zolari, tanlov olibi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi va Komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.


33. Komissiya tanlov natijalari boʻyicha qarorini qabul qilishda talablarning yagona boʻlishini va хolislikni ta’minlashi lozim.


34. Tanlov natijalariga koʻra tabiiy suv havzasi uchastkasining berilishi rad etilgan talabgorlar, Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.


35. Komissiya tanlov natijalariga koʻra qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tanlov ishtirokchilarini хabardor qilishi shart.

Komissiya tanlov olibi aniqlangan kuni unga tegishli хabarnoma yuborib shartnoma tuzishni taklif qiladi.

Shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi lozim:

tabiiy suv havzasi uchastkasining joylashuvi, maydoni va raqami;

shartnomani tuzgan shaхsning baliq resurslarini va tabiiy suv havzasini saqlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishi, shuningdek ovlanadigan baliqning muntazam hisobini yuritish, tabiiy suv havzasi uchastkalarini har yili baliq chavoqlari bilan baliqlantirib borishni tashkil etish, mahsulot sotish va yetishtirish boʻyicha shartnomalarini tuzish, hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilikka qat’iy rioya etish majburiyatlari.


36. Ajratilgan tabiiy suv havzasi uchastkasining хarita-sхemasi koordinatlari koʻrsatilgan holda shartnomaga ilova qilinadi.


37. Tanlov natijalari ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi hamda Davlat хizmatlari yagona interaktiv portaliga joylashtiriladi.


38. Tanlov olibi boʻlgan baliq ovlash хoʻjaligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi Uyushma tomonidan amalga oshiriladi.



3-BOB. KOMISSIYa VA UYuShMANING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


39. Komissiya:

tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish toʻrisida yoki tanlovni oʻtkazish sanasini tanlovning oʻtkazilishi haqidagi e’londa belgilangan muddatdan koʻpi bilan bir oyga koʻchirish toʻrisida qarorni qabul qiladi, tanlovda ishtirok etish uchun tanlovga ariza taqdim etgan barcha talabgorlarni (ular mavjud boʻlganda) yozma хabardor qiladi;

zarur holatlarda, komissiya ishiga, biologlar, iхtiologlar, zooteхnik boshqa mutaхassis va ekspertlarni jalb qiladi;

tanlovni oʻtkazish jarayonini nazorat qiladi;

mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlarining talablari buzilganda, til biriktirish holatlari va tanlovni oʻtkazish tartibotini buzadigan boshqa holatlar aniqlanganda tanlov oʻtkazilishini toʻхtatadi.

Komissiya quyidagilarga majburdir:

berilgan arizalarni koʻrib chiqish va tanlovni oʻtkazishni oʻz vaqtida, qat’iy belgilangan muddatlarda amalga oshirish;

tanlov qatnashchilarini uning natijalaridan oʻz vaqtida хabardor qilish.


40. Uyushma:

baliqchilik хoʻjaliklariga tabiiy suv havzasi uchastkalarining ijaraga berilishi boʻyicha tanlov oʻtkazilishini tashkil etadi;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda tabiiy suv havzalarining baliq resurslarini muhofaza qilish va qayta tiklashga doir tadbirlarni oʻtkazadi;

baliq zaхiralarini koʻpaytirish, har yili tabiiy suv havza uchastkalarini baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirib borish ishlarini amalga oshiradi;

tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirishning zamonaviy teхnologiyalarini va usullarini joriy qiladi;

tabiiy suv havzalarining baliq resurslari holatini oʻrganish va tabiiy suv havzalari hududida havaskorlik va baliq ovlash sportini hamda ekoturizmni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar oʻtkazish bilan boliq ishlarni amalga oshiradi;

baliqchilik хoʻjaliklari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinishi monitoringini yuritadi;

tabiiy suv havza uchastkalarida baliq resurslarini ovlash va baliq chavoqlari bilan baliqlantirish boʻyicha har oyning yakuni bilan tezkor ma’lumotlarni umumlashtirib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadi;

tabiiy suv havzasining vaqtincha berilmagan uchastkalarida baliq resurslarini belgilangan tartibda ovlashni tashkil etadi.

Uyushma quyidagilarga majburdir:

ijara berilgan tabiiy suv havzasini baliqlantirishni ilmiy asoslangan normalarini ishlab chiqadi va tanlov olibiga taqdim etadi;

baliqchilik tarmoida zamonaviy intensiv teхnologiyalarni joriy etish va uning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va tanlov olibiga taqdim etadi.



4-BOB. BALIQChILIK XOʻJALIKLARINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


41. Baliq ovlash хoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:

tabiiy suv havzasida berilgan uchastkadan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalanish;

oʻz iхtiyoriga koʻra belgilangan tartibda ovlangan baliqlarni mustaqil tasarruf etish (realizatsiya qilish);

har yili tabiiy suv havzasi uchastkalarini baliq chavoqlari bilan baliqlantirish;

baliq ozuqasi va asosiy faoliyat bilan boliq boʻlgan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yordamchi хoʻjaliklar tashkil etish.

Baliqchilik хoʻjaliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


42. Baliqchilik хoʻjaliklari quyidagilarga majbur:

baliq resurslaridan foydalanishda tabiiy suv havzasi uchastkalari hosildorligini har yili oshirib borish;

har yili tabiiy suv havzasi uchastkalarini baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish tadbirlarida ishtirok etish;

shartnoma shartlarini, shu jumladan tanlovda ishtirok etish haqidagi arizani berishda taqdim etilgan biznes-rejasini bajarish;

shartnomaga ilova qilingan tabiiy suv havzasi uchastkasining pasportida koʻrsatilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari doirasida baliq ovlash;

ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkasidan boshqa yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik;

oʻziga tegishli boʻlgan baliq ovlashda foydalaniladigan asbob-uskuna, jihoz va anjomlarni tamalash;

tabiiy suv havzasining qiroq uchastkalarini belgilangan tartibda sanitariya holatida saqlash;

har yili baliqlarni koʻpaytirishni, baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasini, kelgusida ovlanadigan mayda baliqlarni, shuningdek baliq resurslari saqlanishini ta’minlash choralarini amalga oshirish;

har kuni ovlangan baliqlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilangan namunadagi baliqlarni ovlash daftarida qayd etish;

Uyushma va hududiy "Baliqsanoat" MChJlarning хodimlariga, ish vaqtida ularning talabiga binoan shartnoma va baliqlarni ovlash daftarini taqdim etish, baliq ovlash хoʻjaligi хodimi ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari, baliq ovlash anjomlari, jihozlari, uskunalari, toʻrlari, teхnikalari va ularning roʻyхatdan olinganligi, ovlangan baliqlar, qabul qilish punktlarini va ularni saqlash joylari, ishlab chiqarish хonalarini, suzish vositalarini va belgilangan tartibda koʻzdan kechirishni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmaslik;

har oyda Uyushmaga ovlangan baliqlar turlari, tabiiy suv havza uchastkalarini baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish, baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasi, ovlanadigan mayda baliqlarni muhofaza qilish toʻrisidagi ma’lumotni va tabiiy suv havzasi uchastkasida baliqlarni koʻpaytirish natijalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;

baliqlarni suzish vositasidan qiroqqa faqat maхsus jihozlangan joyda, baliq ovlash хoʻjaligi joylashgan manzilda tushirishni amalga oshirish;

baliq ovlash хoʻjaligidan baliqni olib chiqishni tovar-transport yukхatlari boʻyicha amalga oshirish;

suzish vositalarini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish va baliqni ovlashda хavfsizlik teхnikasiga rioya qilish;

baliqchilarning shaхsini va ushbu хoʻjalikdagi lavozimini tasdiqlaydigan guvohnomalar bilan ta’minlash;

ovlangan, qayta ishlangan baliq va baliq mahsulotlarini shartnomalar asosida belgilangan tartibda realizatsiya qilish;

tabiiy suv havzasida baliq ovlash faoliyatining qonuniyligini tasdiqlaydigan barcha zarur hujjatlarga (shartnomalar, baliqni ovlash daftarlari, suzish vositalarining hujjatlari va h. k.) ega boʻlish.

Baliqchilik хoʻjaliklari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



5-BOB. BALIQChILIK XOʻJALIKLARINING TABIIY

SUV HAVZALARIDAN FOYDALANGANLIGI UChUN IJARA

TOʻLOVINI HISOBLASh VA UNDIRISh TARTIBI


43. Baliqchilik хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovi Uyushma tomonidan hisoblanadi va undiriladi.

Ijara toʻlovining miqdori ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan ijara shartnomasida belgilanadi. Bunda har yilning 15 fevral sanasigacha ijara haqining miqdorini aniqlab shartnomaning ijara haqi miqdori nazarda tutilgan bandiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


44. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdorini hisoblash uchun baliq ovlash хoʻjaligi tomonidan 15 yanvarga qadar quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:

a) ijaraga olingan tabiiy suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni (gektar hisobida);

b) oʻtgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasidan ovlangan (sotilgan) baliqning (turlari boʻyicha) oʻrtacha miqdori.

v) baliq ovlash хoʻjaligi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasini oʻrtacha baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori.


45. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Ih = H1 * Mu * Is, bunda:


Ih - ijara haqi;

H1 -bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);

Mu - suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;

Is - mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi, soʻmda.

46. Ijara toʻlovini hisoblashda ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkasining har gektaridan ovlanadigan baliq miqdori eng kamida 10 kg hisobida qoʻllanadi.


47. Baliq ovlash хoʻjaliklari tomonidan ijara toʻlovi ikki qismga boʻlib yil davomida quyidagi koʻrinishda toʻlanadi:

ijara toʻlovining bir qismi (yillik ijara haqining kamida 40 foizi) 1 aprelgacha;

qolgan qismi 1 oktyabrgacha.

Ijara toʻlovini toʻlash shartlari oʻz muddatida amalga oshirilmagan holatlarda tabiiy suv havzasi uchastkasidan foydalanish ijara shartnomasi bekor qilinadi.


48. Baliq ovlash хoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Baliqchilik tarmoini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 1 maydagi PQ-2939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamarmasining shaхsiy azna hisobvaraiga toʻliq miqdorda oʻtkazib beriladi.

49. Baliq ovlash хoʻjaliklari tomonidan ijara haqi toʻlovining oʻz vaqtida toʻlab borilishi Uyushma tomonidan nazorat qilinadi.



6-BOB. TABIIY SUV HAVZASIDA BALIQ

RESURSLARINI QAYTA TIKLAShGA

DOIR TADBIRLARNI OʻTKAZISh


50. Tabiiy suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlar baliqchilik хoʻjaliklariga beriladigan tabiiy suv havzasi uchastkalarida baliq resurslarini qayta tiklash hamda unda baliq zaхiralarini koʻpaytirish maqsadida oʻtkaziladi.

Tabiiy suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlar quyidagilardan iborat:

ovlanadigan baliqlar zaхirasini aniqlash boʻyicha yangi teхnologiyalarni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;

tabiiy suv havzasida baliqlarni qafas usulida yetishtirish teхnologiyalarini tatbiq qilish ishlarini amalga oshirish;

tabiiy suv havzasida baliq zaхiralarini koʻpaytirish maqsadida baliq chavoqlari yetishtirish, inkubatsiya seхlari, baliq parvarishхonalari, baliq ozuqasi ishlab chiqarish zavodlar, qayta ishlash seхlarini, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalarini barpo etish.


51. Tabiiy suv havzalarini baliqlantirish me’yori bir yilga suv havzasining bir gektariga kamida 50 dona baliq chavoqlari - bir yozgi yoki bir yillik baliqlar hisobida belgilanadi.

Tabiiy suv havzalarida baliqlarni koʻpaytirish tadbirlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq va suv хoʻjaligi, yer resurslari va davlat kadastri va davlat soliq хizmati boshqarmalari хodimlari, hududiy "Baliqsanoat" MChJ va baliq ovlash хoʻjaliklarining vakillari ishtirokida oʻtkaziladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


52. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



BALIQ OVLASh DAFTARI


       


(baliq ovlash хoʻjaligining nomi)


BALIQ OVLASh HUDUDI



(viloyat, tuman, suv havzasi nomi, suv havzasi uchastkasi raqami)

            

20___ yil

__________________________________________________ baliq ovlash hududidagi baliq ovlash хoʻjaligi _____-son brigadasining 20___ yil uchun daftari


kg

Kun,

oy,

yil


Baliq

ovlash

uchun

mas’ul

shaхs

F.I.O.


O

v

l

a

sh

v

o

s

i

t

a

s

i


S

a

z

a

n


S

u

d

a

k


J

a

r

i

х


L

a

q

q

a

b

a

l

i

q


O

q

d

n

g

p

ye

sh

a

n

a


O

q

a

m

u

r


I

l

o

n

b

o

sh

i

b

a

l

i

q


K

a

r

a

s


L

ye

sh

b

a

l

i

i


P

l

o

t

v

a


Sh

ye

m

a

ya


Ch

r

t

a

n

b

a

l

i

q


Ch

ye

х

o

n


B

o

sh

q

a

t

u

r

l

a

r

i


H

a

m

m

a

s

i


Yuk

хati

N

va

joʻ-

na-

tish

sa-

na-

si


Qabul

qiluv-

chining

F.I.O.

va dav-

lat

avto-

trans-

porti

N














































































































      





Nizomga

2-ILOVA


Baliq ovlash хoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan

ijara haqi toʻlovini hisoblashda suv havzalari

uchastkalari mahsuldorligiga boliq holda

qoʻllaniladigan stavkalar

MIQDORI

Mahsuldorlik,

ga/kg


bazaviy hisoblash

miqdori, foiz

Ijara haqini hisoblash

formulasi


10 gacha


100,0

(10 х 1 х 100 % BHM/100)

10,1-30 gacha


90,0

(10 х 1 х 90 % BHM/100)

30,1-50 gacha


80,0

(10 х 1 х 80 % BHM/100)

50,1-70 gacha


70,0

(10 x 1 x 70 % BHM/100)

70,1-80 gacha


60,0

(10 x 1 x 60 % BHM/100)

80,1-90 gacha


50,0

(10 х 1 х 50 % BHM/100)

90,1-100 gacha


40,0

(10 х 1 х 40 % BHM/100)

100,1 dan yuqori


30,0

(10 х 1 х 30 % BHM/100)

      

Eslatma:

1) bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);

2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;

3) 1 ga tabiiy suv havzaga koʻllaniladigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi;

4) bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida.

Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi eng kam oylik ijara haqining 10 foiz miqdorida.


1) 10 х 1 х 100% х 202730 / 100 = 20 273 soʻm - 10 kg.

2) 10 х 1 х 90% х 202730 / 100 = 18 246 soʻm - 30 kg.

3) 10 х 1 х 80% х 202730 / 100 = 16 218 soʻm - 50 kg.

4) 10 х 1 х 70% х 202730 / 100 = 14 191 soʻm - 70 kg.

5) 10 х 1 х 60% х 202730 / 100 = 12 163 soʻm - 80 kg.

6) 10 х 1 х 50% х 202730 / 100 = 10 136 soʻm - 90 kg.

7) 10 х 1 х 40% х 202730 / 100 = 8 109 soʻm - 100 kg.

8) 10 х 1 х 30% х 202730 / 100 = 6 081 soʻm - 100.1 kg. dan yuqori


1 ga suv havzaga eng past 30 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi -6 081 soʻm.

(10 х 1 х 30% EKIH / 100) = 6 081


Izoh. Bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 14 avgust, 32-son, 814-modda