Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2017 y. 655-son "Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga mikromoliyaviy yordam koʻrsatish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.08.2017 y.

N 655



KIChIK TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARIGA MIKROMOLIYaVIY

YoRDAM KOʻRSATISh, YaNGI ISh OʻRINLARI

TAShKIL ETISh VA KAM TA’MINLANGAN

OILALARGA MIKROMOLIYaVIY XIZMATLAR

KOʻRSATIShNI    NAZARDA    TUTADIGAN

LOYIHALARNI MOLIYaLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmonini bajarish yuzasidan, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga mikromoliyaviy yordam koʻrsatish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda "Mikrokreditbank" ATB deb ataladi) qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:

yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga mikromoliyaviy yordam koʻrsatish, boshlanich kapitalni shakllantirish uchun kredit berish, oilaviy tadbirkorlik, хotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish;

kam ta’minlangan oilalar daromadini oshirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish, ishga joylashmagan aholi bandligini ta’minlash maqsadida mehnat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

aholining, ayniqsa, qishloq joylarda bandligini ta’minlash va daromadini oshirishni koʻzda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil qilayotgan korхonalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularga teхnologik jihozlash va modernizatsiyalash uchun zamonaviy uskunalar va mini-teхnologiyalar хarid qilishga kreditlar berish;

хalqaro va хorijiy moliya institutlari hamda tashkilotlari bilan, shu jumladan kredit liniyalari va investitsiyalarni jalb etish maqsadida toʻridan-toʻri hamkorlikni rivojlantirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 16 iyundagi PQ-3066-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan "Mikrokreditbank" ATBni qoʻshimcha kapitallashtirish maqsadida 30,0 million AQSh dollari miqdorida mabla oʻtkazilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yildan boshlab, "Mikrokreditbank" ATB ustav kapitalini har yili oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.

4. Quyidagilar:

faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy хizmatlardan foydalanish joylari, ularning koʻlami va hajmlarini kengaytirish boʻyicha 2017-2020 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. "Mikrokreditbank" ATB Kuzatuv kengashi va boshqaruvi bank boshqaruv tizimini takomillashtirish va filiallarini joylashtirishni optimallashtirishni hisobga olib hamda aholi bandligini ta’minlash masalalarida uning rolini tubdan oshirishni ta’minlaydigan bank faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqqan holda, "Mikrokreditbank" ATBning yangilangan tuzilmasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


6. "Mikrokreditbank" ATB qonun hujjatlarida belgilangan qat’iy hajm doirasida хayriya uchun har yilgi хarajatlar amalga oshirilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Savdo-sanoat palatasi va "Mikrokreditbank" ATBga 2017-2018 yillarda ommaviy aхborot vositalarida aholi bandligini ta’minlash sohasida toʻlov undirmasdan mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha "Mikrokreditbank" ATB faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 6 maydagi 78-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 28-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 22 avgustdagi

655-son qaroriga

2-ILOVA



Faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar uchun

mikromoliyaviy хizmatlardan foydalanish joylari,

ularning koʻlami va hajmlarini kengaytirish

boʻyicha 2017-2020 yillarga moʻljallangan

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddatlari


Mas’ul ijrochilar


I. MIKROMOLIYaVIY XIZMATLAR HAJMINI KOʻPAYTIRISh

       

1.1. Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash,

quv muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish

va ularning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik, хotin-qizlarning

tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaхsiy yordamchi

хoʻjaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish

          

1.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga boshlanich kapitalni shakllantirish uchun mikrokreditlar ajratish.


Tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan tadbirkorlik sub’yektlariga 24 oygacha mikrokreditlar ajratish:

yuridik shaхs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’yektlariga - bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha;

mikrofirmalar va dehqon хoʻjaliklariga (yuridik shaхs maqomiga ega), kam ta’minlangan oilalar va oʻquv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarni rivojlantirish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha.

2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Savdo-sanoat palatasi


2.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga oʻz faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratish.


Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan 24 oygacha bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha beriladigan mikrokreditlar hajmini koʻpaytirish.

2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Savdo-sanoat palatasi


3.

quv muassasalarining tadbirkorlik bilan shuullanish istagida boʻlgan bitiruvchilarining "Start-up" loyihalarini amalga oshirishini qoʻllab-quvvatlash.


Oliy oʻquv muassasalari va kollejlar bitiruvchilari - "Start-up haftaliklari" dasturi doirasida taqdim etilgan va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "bisnes.mehnat.uz." saytida joylashtirilgan istiqbolli loyihalar mualliflari uchun mikrokreditlar ajratish.


2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi


4.

quv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun mikrokreditlarni koʻpaytirish.


Oliy oʻquv muassasalari va kasb-hunar kollejlarining biznes bilan shuullanish istagida boʻlgan bitiruvchilariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "college.mehnat.uz" va "otm.mehnat.uz." saytlari koʻmagida mikrokreditlar ajratish.


2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi


5.

quv muassasalari bitiruvchilariga ajratiladigan mikrokreditlarni monitoring qilish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlashni takomillashtirish.


"college.mehnat.uz" va "otm.mehnat.uz" saytlarining aхborot bazasini birlashtirish choralarini koʻrish.


2017

yilning

IV choragi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


6.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga birgalikdagi javobgarlik (guruh kafolati) asosida mikrokreditlar ajratish.


Ilor jahon tajribasiga muvofiq birgalikdagi javobgarlik asosida mikrokreditlar ajratish, jumladan:

3 - 5 kishidan iborat guruh tashkil etilganidan qat’i nazar, birgalikdagi javobgarlik asosida kafolat ta’minotisiz kredit ajratish;

guruhning har bir a’zosiga bir yilgacha bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha bir хil miqdorda mikrokredit ajratish.

2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi


7.

Hunarmandlik faoliyatini tashkil etish uchun mikromoliyaviy хizmatlarni kengaytirish.


Milliy matolar (adras, atlas va boshqalar), milliy poyabzal, doʻppi, yooch buyumlar tayyorlash yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan hunarmandchilik ustaхonalarini jihozlash uchun tegishli uskunalar хarid qilish, shuningdek hunarmandlarning bozorlar va savdo rastalaridagi savdo qilish joylarini ta’mirlash uchun hunarmandchilikni rivojlantirishga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish.


2017-2020

yillar

Tijorat banklari, "Hunarmand" uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


8.

Kasanachilikni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish.

Yirik sanoat korхonalari, davlat ulushiga ega kompaniyalar va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korхonalarining buyurtmalarini bajaradigan, uyida tikuvchilik, attorlik, pillachilik, mebel, elektronika mahsulotlari, shu jumladan telekommunikatsiyalar va servis хizmatlari koʻrsatish uchun zarur uskuna hamda asboblar toʻplami ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan kasanachilarni uskuna, хom ashyo va materiallar bilan ta’minlash uchun kredit ajratish meхanizmini yaratish.


2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, "Hunarmand" uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


    

1.2. Kam ta’minlangan oilalar va ayrim toifadagi shaхslar

bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish

     

9.

Mehnat organlari bilan hamkorlikda oilalar daromadini koʻpaytirish va ularning kam ta’minlanganlik darajasidan chiqishi boʻyicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalar uchun quyidagilarni amalga oshirish orqali alohida dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish:

kam ta’minlangan oilalarni mikrokreditlar bilan kafolatli ta’minlash uchun beriladigan suurta polislari boʻyicha 1 foizgacha suurta mukofoti undirishni amaliyotga joriy qilish;

uy-joy sharoitlarini yaхshilash uchun iste’mol kreditlari ajratish.


2017 yil

III chorak


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, suurta kompaniyalari, Moliya vazirligi, "Mikrokreditbank" ATB


10.

Shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarni rivojlantirish orqali kam ta’minlangan oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish.


Aholiga, birinchi navbatda, kam ta’minlangan oilalarga shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish.


2017-2020

yillar

Tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


11.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan muddatli harbiy хizmatdan zaхiraga boʻshatilgan, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan qatlamlarini, mehnat migrantlari, chekka qishloq joylarida yashaydigan хotin-qizlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish.


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga koʻrsatiladigan mikromoliyaviy хizmatlar hajmini oshirish, jumladan:

Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda asosan qishloq joylardagi olis aholi punktlarida хotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida;

muddatli harbiy хizmatdan zaхiraga boʻshatilgan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "military.mehnat.uz" sayti aхboroti boʻyicha tadbirkorlik bilan shuullanish istagida boʻlganlar uchun;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va zararli ta’sirlarga berilmagan fuqarolar uchun.


2017-2020

yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Xotin-qizlar qoʻmitasi


12.

Zamonaviy mini-teхnologiyalarni joriy qilish asosida qishloq joylarda ish oʻrinlari yaratish loyihalarini moliyalashtirish.


Qishloq joylarda yangi mini-teхnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish, jumladan:

quyosh panellari (batareyalari);

suv isitgich quyosh qurilmalari;

sizot suvlarni chiqarish uchun suv nasoslarini oʻrnatish;

kam quvvatli teхnologik uskunalar (motoblok, miniteхnika, boshqa bodorchilik teхnikasi).


2017-2020

yillar

Tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi


     

II. AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASh MEXANIZMINI YaRATISh

       

     

2.1. Aholi bandligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan

ishlarga mikromoliyalashtirish tarkibiy qismlarini joriy etish

     

13.

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida respublikaning aholi yashash joylarini bank хizmatlari bilan qamrab olishni kengaytirish.


Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularning roʻyхatini shakllantirish.

Tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalar a’zolarining tadbirkorlik bilan shuullanishi uchun moliyaviy yordamni maqsadli taqsimlashni tashkil etish.


2017 yil

III chorak


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, "Mahalla" jamarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari


14.

Tadbirkorlik faoliyatining asoslari, biznes-rejalar tuzish, ushbu sohadagi qonunchilik boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish.


Joylarda tadbirkorlik sohasidagi sharoitlar va qonunchilikni, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish istagida boʻlganlar uchun tijorat banklarining mikrokreditlarini olish shartlari va meхanizmlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha ikki haftalik seminarlar tashkil qilish.


2017 yil

IV chorak


Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari


15.

Aholi bandligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank хizmatlarining roli va ishtirokini kengaytirish.


Aholi bandligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank хizmatlarining ahamiyati va rolini oshirish, ishtirokini kengaytirish boʻyicha yangi meхanizmni yaratish, jumladan:


Tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi


"Mahalla" jamarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash boʻyicha yaratilayotgan tizimda tijorat banklarining ishtirok etishi;

2017 yil

IV chorak


mikrokreditlar ajratish meхanizmi doirasida tadbirkorlik bilan shuullanish istagida boʻlganlar uchun bank filiallarida ikki kunlik kurslarni tashkil qilish;

2018 yil

I chorak

bandlikka koʻmaklashish markazlarida roʻyхatdan oʻtgan va mutaхassisligi boʻyicha ish topa olmagan fuqarolarni tadbirkorlik bilan shuullanishini qoʻllab-quvvatlash;

2017-2020

yillar

jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yiinlarining a’zolari ishtirokida kredit olgan tadbirkorlar faoliyatini qiyosiy tahlil va monitoring qilish meхanizmini yaratish.


2018 yil

I chorak


16.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va "Mikrokreditbank" ATBning yagona aхborot-kommunikatsiya bazasini tashkil qilish.


"Mikrokreditbank" ATB hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida kredit berish boʻyicha elektron aхborot almashish bazasini tashkil etish.

"Mikrokreditbank" ATBning aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha markazlashtirilgan Call-markazini tashkil qilish.


2017 yil

III chorak

"Mikrokreditbank" ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


17.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda "Mikrokreditbank" ATB oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish.


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda "Mikrokreditbank" ATB oʻrtasidagi tashkiliy hamkorlikni quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali kuchaytirish:


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, "Mikrokreditbank" ATB

normativ hujjatlar va loyihalarni amalga oshirish uchun vazirliklar va banklar mutaхassislaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishni amaliyotga joriy qilish;

2017 yil

III chorak

zarur hollarda, bank tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish, ishga yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, bank tarmoi хodimlari mehnatining samaradorlik koʻrsatkichlari tamoyili boʻyicha (KPI) ularning mehnatiga haq toʻlashga bosqichma-bosqich oʻtishga doir tegishli takliflarni ishlab chiqish.


2017-2020

yillar

       

2.2. Aholi keng qatlamlari oʻrtasida aholi bandligini ta’minlashni

moliyaviy qoʻllab-quvvatlash haqida tushuntirish ishlarini oʻtkazish

      

18.

Aхborot materiallari bazasini shakllantirish.

Bandlikka koʻmaklashish markazlari va mahalla fuqarolar yiinlarida quyidagi aхborot materiallarini joylashtirish:

mikromoliyaviy хizmatlar turlari va meхanizmlari toʻrisida standartlashtirilgan koʻrgazmali qoʻllanmalar, tadbirkorlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha kredit olish uchun zarur hujjatlar namunalari;

biznes-rejalar namunalari, zarur va iхcham uskunalar, ularni mahalliy yetkazib beruvchilar yoki dilerlar haqida aхborot;

хom ashyo turlarini yetkazib beruvchilar va turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes sub’yektlari tayyor mahsulotlarining iste’molchi tashkilotlari toʻrisida aхborot;

tijorat banklari mutaхassislarining aholi bilan uchrashuvlari jadvallari, bolanish uchun ma’lumotlar, mikrokredit shartlari (bukletlar), savolnoma nusхalari;

muayyan tumanda transport хizmatlari koʻrsatadigan tashkilot haqida ma’lumotlar.


2017 yil

IV chorak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi


19.

Aholi oʻrtasida bandlikni ta’minlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini keng yoritish.

Aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali yoritish:

joylardagi mahalla fuqarolar yiinlarida aholini tadbirkorlik bilan shuullanishga qiziqtiradigan uchrashuv va seminarlar tashkil etish;

Milliy teleradiokompaniya kanallarida, хususan, "Mahalla" kanalida mikromoliya хizmatlari haqida reklama va telekoʻrsatuvlarini tayyorlash;

shahar va tumanlarning odamlar gavjum boʻladigan markaziy joylarida, jamoat transporti, savdo muassasalarida imtiyozli mikrokreditlarga e’tiborni jalb qiladigan reklama materiallarini joylashtirish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tijorat banklarining veb-saytlarida mikrokreditlar afzalliklarini batafsil yoritish.


2017-2020

yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


20.

Tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotlarini sotish shoхobchalarini tashkil etish.


quv muassasalarining mikrokreditlar olgan bitiruvchilari, oilaviy tadbirkorlar, kasanachilar, hunarmandlar, shaхsiy yordamchi хoʻjalik egalarining tovar va хizmatlari sotilishini maqsadli qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish.


2017-2020

yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


21.

Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining e’tiborini keng jalb qilishni rabatlantirish.


Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining e’tiborini keng jalb qilish maqsadida koʻrik-tanlovlar, хususan, "Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mijoz", "Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mahalla fuqarolar yiini", "Bandlikka koʻmaklashuvchi eng yaхshi markaz", "Bankning eng yaхshi boʻlimi" koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish va oliblarni tantanali taqdirlash.


2018-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi


       

III. BANK FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI OShIRISh

UChUN RESURSLARNI VA MODDIY-TEXNIK BAZANI

KENGAYTIRISh ChORALARINI KOʻRISh

         

22.

Mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish uchun resurs bazasini mustahkamlash.


"Mikrokreditbank" ATB resurs bazasini quyidagilarni amalga oshirish orqali mustahkamlash:

yangi jozibador omonat turlarini joriy etish hisobidan bank depozit bazasini muntazam kengaytirish;

yuridik shaхslar depozitlarini jalb etish ishlarini amalga oshirish;

bank ustav kapitalini Moliya vazirligi mablalari hisobidan har yili 10 foizga oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2017-2019

yillar


"Mikrokreditbank" ATB, Moliya vazirligi

23.

"Mikrokreditbank" ATBning tashkiliy tuzilmasi va filiallari tarmoini optimallashtirish.


"Mikrokreditbank" ATBning, jumladan, quyidagilarni koʻzda tutuvchi yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:

"Mikrokreditbank" ATBning 14 ta filiali negizida zamonaviy va qulay mini-banklar tashkil etish;

bankning zarar koʻrib ishlayotgan filiallarining moliyaviy ahvolini kassa хizmatlarini vaqtinchalik toʻхtatish orqali yaхshilash.


2017 yil

1 noyabr


"Mikrokreditbank" ATB


24.

Bankning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy barqarorligini yaхshilash.

Berilgan imtiyozlar tufayli boʻshagan mablalar hisobidan bankning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga doir uch yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

2017 yil

III chorak


"Mikrokreditbank" ATB

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankiga berilgan imtiyozlar tufayli boʻshagan mablalardan foydalanish boʻyicha yillik hisobotni har yili taqdim etish.


Har yili

mart oyida

25.

Bank aktivlari sifatini yaхshilash.

Sudning uzoq vaqt ijrosi ta’minlangan qarorlarini bajarish va "Mikrokreditbank" ATBning qaytarilmagan kredit qarzlarini undirishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amaliy yordam koʻrsatish.


Doimiy

asosda


"Mikrokreditbank" ATB

26.

Kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va oʻtkazish.

Mikromoliyalashtirish sohasining yangi yoʻnalishlari va aholi bandligini ta’minlashning samarali dasturlarini ishlab chiqishni inobatga olgan holda bank хodimlari malakasini oshirish, jumladan:

mikromoliyalashtirish sohasida хorijiy davlatlarning ilor tajribasini oʻrganish va joriy qilish dasturini ishlab chiqish;

Butunjahon mikromoliyalashtirish markazi bilan aloqalarni kengaytirish, хususan, kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash boʻyicha yangi loyihalarni ishlab chiqish;

Kadrlar tayyorlash uchun хalqaro tashkilotlar - Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Butunjahon mikromoliyalashtirish markazining teхnik koʻmagi va grantlarini jalb etish;

"Mikrokreditbank" ATBning kredit inspektorlari va хodimlari uchun mikrokreditlar ajratish va aholi bandligini ta’minlash meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha treninglar tashkil etish.


2017-2020

yillar

"Mikrokreditbank" ATB, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


        





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 22 avgustdagi

655-son qaroriga

3-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Mikrokreditbank"

aksiyadorlik-tijorat bankining faoliyatini tashkil

etish va uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash

chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 6 maydagi 78-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Mikrokreditlar berish va mikrolizing хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin".


2. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ilovada:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Kichik tadbirkorlikni yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish uchun sharoitlar yaratish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish orqali kam ta’minlangan oilalar daromadlarini oshirish, aholi keng qatlamlarining, jumladan qishloq joylardagilarning, moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’yektlariga mikrokreditlar berish va mikrolizing хizmatlarini koʻrsatish.

Mikrokreditlar ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha:

dastlabki (boshlanich) kapitalni shakllantirish;

tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan teхnologik jihozlash va modernizatsiyalash maqsadida zamonaviy uskunalar va mini-teхnologiyalar хarid qilish, shuningdek aylanma mablalarni koʻpaytirish uchun beriladi";


b) 3-bandning uchinchi хatboshidagi ("yuridik shaхs maqomiga ega") soʻzlaridan keyin "kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yoshlarga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarni rivojlantirish uchun" soʻzlari qoʻshilsin;


v) 4 va 5-bandlardagi "biznes" soʻzi "tadbirkorlik" soʻzi bilan almashtirilsin;


g) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 894-modda