Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 22-son, Ichki ishlar vazirligining 30-son, Milliy хavfsizlik хizmatining 82-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 14.07.2017 y. Qarori (AV tomonidan 22.08.2017 y. 2914-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.08.2017 y.

N 2914

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

14.07.2017 y.

N 22


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

14.07.2017 y.

N 30


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING

14.07.2017 y.

N 82


QARORI



Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy

хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy

ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun

tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi va 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati QAROR QILADI:


1. Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri

K. Berdiyev

Ichki ishlar vaziri

A. Azizov

Milliy хavfsizlik хizmati raisi

R. Inoyatov





Qarorga

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatining 2012 yil 23 oktyabrdagi 11, 33, 113-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2402, 2012 yil 21 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 532-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatining 2013 yil 5 iyuldagi 7, 19, 50-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2402-1, 2013 yil 31 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 31-son, 423-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 901-modda