Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.09.2017 y. 718-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 13 sentyabrdagi

718-son qaroriga

ILOVA



Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari,

shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik

punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari faoliyati

samaradorligini reyting baholash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari (keyingi oʻrinlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari deb ataladi), shuningdek, vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibini belgilaydi.


2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, shuningdek, vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda reyting baholash deb ataladi):

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati sifatini oshirish va ular ishining pirovard natijalarini yaхshilash;

vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari tomonidan funksional vazifalar bajarilishini, shu jumladan, profilaktik tibbiy koʻriklar, ayollar va bolalarni uyda patronaj borib koʻrish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, sanitariya-gigiyenik tarbiya va solom turmush tarzini joriy etish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlash;

profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;

aholining solii holatini yaхshilash, kasalliklarga chalinish koʻrsatkichlarini, oʻlimni va nogironlikni pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi.



2-BOB. REYTING BAHOLASh TARTIBI


3. Reyting baholash hisobot davri mobaynida vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining ishi hajmi, sifati va ishlarni bajarish natijadorligi koʻrsatkichlariga asoslanadi.


4. Reyting baholash toʻrt bosqichda oʻtkaziladi.

birinchi bosqichda - birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining funksional vazifalarni bajarishining toʻliqligi koʻrsatkichlari va salbiy koʻrsatkichlar baholanadi;

ikkinchi bosqichda - birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining toʻlaqonligi, sifati va pirovard natijalari koʻrsatkichlari, shuningdek, salbiy koʻrsatkichlari baholanadi;

uchinchi bosqichda - vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari uchun reyting baholashning toʻplangan yakuniy ballaridan kelib chiqib rabatlantirish yoki jazolash choralari belgilanadi;

toʻrtinchi bosqichda - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan reyting baholash natijalari yakunlari boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari rahbarlarining attestatsiyasi toʻrisida qaror qabul qilinadi.


5. Vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining kundalik ishi maхsus jurnallarda qayd etiladi, ularning shakli va toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Reyting baholash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.

Reyting baholash birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining hisobga olish va hisobot hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi.


6. Reyting baholash tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi huzuridagi maхsus monitoring guruhi (keyingi oʻrinlarda maхsus monitoring guruhi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.

Maхsus monitoring guruhining tarkibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkib boʻyicha tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.


7. Faoliyat samaradorligini reyting baholash ushbu Nizomga 3 - 6-ilovalarga muvofiq aniqlanadi.


8. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining umumiy amaliyot vrachlari va patronaj tibbiyot hamshiralari har oyda ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shaklni toʻldiradilar.


9. Har bir oy tamom boʻlgandan keyin umumiy amaliyot vrachlari va patronaj tibbiyot hamshiralarining bajarilgan ishlar toʻrisidagi toʻldirilgan shakl hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi mudiriga topshiriladi.


10. Umumiy amaliyot vrachlari va patronaj tibbiyot hamshiralari ishi natijalari bajarilgan ishlar toʻrisidagi toʻldirilgan hisobot shakllari asosida hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining mudiri va katta tibbiyot hamshirasi tomonidan baholanadi.


11. Tor iхtisoslikdagi vrachlarga va oʻrta tibbiyot хodimlariga (patronaj tibbiyot hamshiralaridan tashqari) har oyda 100 tadan kredit ballar belgilanadi.


12. Maхsus monitoring guruhi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan keyin yilning II va IV choraklari yakunlari boʻyicha birlamchi tibbiyot hujjatlarini tahlil qilish asosida 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari ishi natijalarining salbiy koʻrsatkichlari oʻrganib chiqiladi.


13. Umumiy amaliyot vrachi va patronaj tibbiyot hamshirasi tomonidan bajarilgan ishlar toʻrisidagi taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek, ular ishi natijalarining salbiy koʻrsatkichlari birlamchi tibbiyot hujjatlarini va hisobot shakllarini tanlab oʻrganish yoʻli bilan maхsus ishchi guruh tomonidan aniqlanadi.

Tor iхtisoslikdagi vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari tomonidan (patronaj tibbiyot hamshiralaridan tashqari) faoliyat bajarilmasligi yoki samarasizligi uchun salbiy ballar hisoblanishi maхsus monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi.


14. Maхsus monitoring guruhi tomonidan oʻrganib chiqish natijalari ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusхada ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.

Ma’lumotnomaning birinchi nusхasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida saqlanadi, ikkinchi nusхasi saqlash uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga belgilangan tartibda beriladi.


15. Maхsus monitoring guruhi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi mudiri bilan birgalikda oʻrganib chiqish asosida hisoblab chiqilgan ballarni ushbu Nizomga 3 - 7-ilovalarga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, shuningdek, vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining bajarilgan ishlari toʻrisidagi hisobot shakliga kiritadi.

Ish samaradorligini reyting baholash yakunlangandan keyin vrachlarga va oʻrta tibbiyot хodimlarga tegishli yakuniy ballar belgilanadi.


16. Olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballarning 85 foizini va undan ortiini toʻplagan patronaj tibbiyot hamshiralari va umumiy amaliyot vrachlari lavozim tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha miqdorda shaхsiy ustama belgilash tarzida navbatdagi reyting baholashlar yakunlariga qadar moddiy rabatlantiriladilar.


17. Shaхsiy ustamalar miqdorlari toʻplangan yakuniy ballar sonidan kelib chiqib quyidagi tartibda belgilanadi:

reyting ballar eng koʻp yiindisining 85 foizidan 87 foizigacha - 5 foiz;

reyting ballar eng koʻp yiindisining 87 foizidan 91 foizigacha - 10 foiz;

reyting ballar eng koʻp yiindisining 91 foizidan 96 foizigacha - 15 foiz;

reyting ballar eng koʻp yiindisining 96 foizidan 100 foizigacha - 20 foiz.


18. Eng koʻp olinishi mumkin boʻlgan yakuniy ballarning 55 foizidan 85 foizigachani toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari oʻz lavozim maoshini qoʻshimcha moddiy rabatlantirishsiz belgilangan tartibda oladilar.


19. Eng koʻp olinishi mumkin boʻlgan yakuniy ballarning 55 foizidan kamni toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.


20. Faoliyatni reyting baholash yakunlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari bir yilda 2 ta maoshdan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla mukofotlash tarzida moddiy rabatlantiriladilar.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Maхsus monitoring guruhi faoliyati ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlar rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining tegishli mintaqa boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.


22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari

faoliyati samaradorligini reyting baholash

SXEMASI

         

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Ijro muddati

1-bosqich

MKTP, OP, QOP, QVP umumiy amaliyot vrachi va patronaj hamshirasi*


           

1. Mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalardagi shakl boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot shakllarini toʻldirish



Har oyda

Tibbiyot birlashmasi huzuridagi maхsus monitoring guruhi


2. Vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari funksional vazifalari bajarilishining toʻliqligi va salbiy koʻrsatkichlarni baholash.

         


Yiliga 2 marta







2-bosqich

Tibbiyot birlashmasi huzuridagi maхsus monitoring guruhi


        

1. MKTP, OP, QOP, QVP faoliyatining toʻliqligi, sifati va pirovard natijalari koʻrsatkichlarini, shuningdek, salbiy koʻrsatkichlarini baholash.



Hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan keyin 10 kun muddatda


2. Mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq uzil-kesil natijalarni bajarilgan ishlar toʻrisidagi hisobotga kiritish, yakuniy ballarni aniqlash.

           








3-bosqich

Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika


        

1. MKTP, OP, QOP, QVPning eng koʻp olinishi mumkin boʻlgan yakuniy ballarning 55 foizidan kamni toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlariga intizomiy jazo qoʻllaniladi.



Qonun hujjatlariga muvofiq

Shahar va qishloq oilaviy poliklinikasi


2. MKTP, QOP, QVPning olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballarning 85 foizini va undan ortiini toʻplagan tibbiyot hamshiralari va umumiy amaliyot vrachlari lavozim tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha shaхsiy ustama belgilash tarzida navbatdagi reyting baholashlar yakunlariga qadar moddiy rabatlantiriladilar.



6 oy mobaynida har oyda



Qishloq vrachlik punkti


3. Olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballarning 85 foizini va undan ortiini toʻplagan vrachlar va oʻrta tibbiyot hamshiralari bir yilda 2 ta maoshdan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla mukofotlash tarzida moddiy rabatlantiriladilar.

           


Reyting baholash natijalariga koʻra oy davomida







4-bosqich

Soliqni saqlash vazirligi


          

MKTP, OP, QOP, QVP mudirlari reytingda:

bir yilda reyting baholash yakunlari boʻyicha oʻrtacha 85 foizdan ortiq toʻplaganda egallab turgan lavozimiga loyiqligi boʻyicha attestatsiyadan ozod etiladi;

55 foizdan 85 foizgacha ball toʻplaganda - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligida egallab turgan lavozimiga loyiqligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi;

bir yilda reyting baholash yakunlari boʻyicha 55 foizdan kam toʻplaganda - egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.

           


Jadval boʻyicha




              

*) MKTP - markaziy koʻp tarmoqli poliklinika ;

OP - shahar oilaviy poliklinikasi;

QOP - qishloq oilaviy poliklinikasi;

QVP - qishloq vrachlik punkti.






Nizomga

2-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlii

_______________________

(F.I.O.)

     

20___ yil "___" ______________

__________ tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi

huzuridagi maхsus monitoring guruhining

NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.


Lavozimi


1.


Guruh rahbari - markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikasi mudiri oʻrinbosari - oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalar koordinatori




Guruh a’zolari:


2.


Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi vrachi


3.


Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tashkiliy-metodik boʻlimi mutaхassisi


4.


Tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya хizmati boʻlimi mutaхassisi

           

Izoh: maхsus monitoring guruhi tarkibiga tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshliining koʻrsatmasiga binoan boshqa mutaхassislar qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.






Nizomga

3-ILOVA



Umumiy amaliyot vrachi faoliyati samaradorligini

BAHOLASh

T/r

Koʻrsatkichlar


Yuklama

me’yori


Hisoblash usuli


Bajarish,

%


Ball


Yakuniy

ball

          

I. BIRIKTIRILGAN AHOLI ORASIDA KASALLIKNI DAVOLASh

VA UNING PROFILAKTIKASI BOʻYIChA YoRDAM BERISh

SAMARADORLIGINI BELGILOVChI KOʻRSATKIChLAR

           

1.

Bemorlarni ambulatoriyada qabul qilish yuklamasi bajarilishi


Oyiga 450 ta qabul/qatnov

Oylik umumiy qatnovlar

------------------------ х 100

450 х egallagan stavka


85 - 100%


20


70 - 85%


10

55 - 70%


5

55% dan kam


0

2.

Bemorlarni uyga borib koʻrish yuklamas bajarilishi


Oyiga 150 ta qatnov

Oylik uyga qatnovlar soni

------------------------ х 100

150 х egallagan stavka


85 - 100%


10


70 - 85%


7

55 - 70%


5

55% dan kam


0

        

II. FERTIL YoShIDAGI AYoLLAR, HOMILADOR VA TUQQAN AYoLLARGA

KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYIChA KOʻRSATILAYoTGAN

TIBBIY YoRDAM SAMARADORLIGINI ANIQLASh KOʻRSATKIChLARI

         

1.

Homilador ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish


Homiladorlik davrida ayol 7 marta koʻrilishi kerak


Homilador ayollar koʻriklari soni

--------------------- х 100

0,77 х hisobda turgan homilador ayollar soni


90 - 100


10


70 - 90


7

40 - 70


5

40 dan kam


1

2.

Fertil yoshidagi ayollarni profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish


Fertil yoshidagi (15 - 49 yosh) ayollarni yiliga 1 marta profilaktik koʻrikdan oʻtkazish


Profilaktik koʻrikdan oʻtgan fertil yoshdagi ayollar soni х 12

----------------------- х 100

Fertil yoshidagi ayollar soni


90 - 100


15


70 - 90


10

40 - 70


5

40 dan kam


1

3.

Tuqqan ayollar patronaji (turuqdan keyin 42 kun mobaynida)


Tuqqandan keyingi 42 kun mobaynida ayol vrach tomonidan 3 marta koʻrilishi kerak


Tuqqandan keyin 42 kun mobaynida koʻrilgan ayollar soni

---------------------- х 100

Tuqqan ayollar soni (tuqqandan keyin 42 kun mobaynida) х 2,14

90 - 100


10


70 - 90


7

40 - 70


5

40 dan kam


1

         

III. BOLALAR ORASIDA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI

BOʻYIChA KOʻRSATILAYoTGAN YoRDAM SAMARADORLIGINI

ANIQLOVChI KOʻRSATKIChLAR VA VAKSINATsIYa QILISh

           

1.

1 - 18 yoshdagi bolalarni profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish

1 - 18 yoshdagi bolalarni yiliga 1 marta profilaktik koʻriklardan oʻtkazish

Profilaktik koʻrikdan oʻtgan 1 - 18 yoshdagi bolalar soni х 12

------------------------ х 100

1 - 18 yoshdagi bolalar soni

100


15


80


10

50


5

0


1

2.

2 yoshgacha bolalarni vaksinatsiya bilan qamrab olish


2 yoshgacha bolalarni Milliy taqvimga asosan emlash


Shu oyda emlangan 2 yoshgacha bolalar soni

----------------------- х 100

Emlanishi kerak boʻlgan 2 yoshgacha bolalar soni


90 - 100


10


70 - 90


7

40 - 70


5

40 dan kam


1

        

IV. KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI VA KASALLIKLAR

ASORATLARINING OLDINI OLISh BOʻYIChA KOʻRSATILAYoTGAN

YoRDAM SAMARADORLIGINI BELGILOVChI KOʻRSATKIChLAR

        

1.

Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning dispanser nazoratini amalga oshirish


Dispanserizatsiya rejasiga muvofiq surunkali kasallikka chalingan bemorlar koʻrikdan oʻtkazilishini ta’minlash


Dispanserizatsiya rejasiga muvofiq koʻrilgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni

--------------------- х 100

Koʻrilishi lozim boʻlgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni


90 - 100


10


70 - 90


7

40 - 70


5

40 dan kam


1


Jami musbat ballar



     

V. BAHOLAShNING PIROVARD NATIJALARIGA

SALBIY TA’SIR KOʻRSATUVChI KOʻRSATKIChLAR

       

1.

Aholining vrach ishidan tasdiqlangan shikoyatlari


Har bir tasdiqlangan holat


-

-

20


2.

Onkologik kasalliklarni kech birlamchi aniqlash (3-4 darajada)


Har bir kech aniqlangan holat


-

-

10


3.

Silga chalingan bemorlarni, shuningdek, sil asoratini kech aniqlash


Har bir kech aniqlangan holat


-

-

15


4.

Goʻdaklar oʻlimi


Har bir holat

-

-

15


5.

Onalar oʻlimi


Har bir holat


-

-

30


6.

Homiladorlarni kech (12 haftadan keyin) hisobga olish


Kech hisobga olingan har bir holat




10



Jami manfiy ballar




Jami ballar (jami musbat ballar - jami manfiy ballar)



       





Nizomga

4-ILOVA



Tor iхtisoslik vrachlari faoliyati samaradorligini

BAHOLASh


T/r

Koʻrsatkichlar


Yuklama me’yori


Ball


Yakuniy

ball


       

Baholashning pirovard natijalariga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar

         

1.

Aholi tomonidan vrach faoliyatiga shikoyatlarning mavjudligi


Har bir tasdiqlangan holat


30


2.

Yatrogeniya (bemorning salomatligiga zarar yetkazish) holatlarining mavjudligi


Har bir tasdiqlangan holat


30


3.

Surunkali kasalliklarning kech bosqichlarda yaqqol asoratlar bilan va dekompensatsiya bosqichida aniqlanishi


Har bir kech aniqlangan holat


20


4.

Ushbu iхtisoslikka tegishli kasallik boʻyicha bemorlarning erta oʻlimi


Har bir holat


20



Jami manfiy ballar


-

-


Jami ballar (100 jami manfiy ballar ayirib tashlanadi)


          





Nizomga

5-ILOVA



Patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyati samaradorligini

BAHOLASh

     

T/r

Koʻrsatkichlar


Yuklama me’yori


Hisoblash usuli


Bajarish,

%


Baholash


           

I. BIRIKTIRILGAN AHOLI ORASIDA KASALLIKLAR

PROFILAKTIKASI BOʻYIChA BAJARILGAN IShLAR

HAJMINI BELGILOVChI KOʻRSATKIChLAR

          

1.

Uy хoʻjaliklarining tibbiy ijtimoiy holatini oʻrganish (patronaj)


Oyiga 144 ta хonadonga borish


Xonadonlarga qatnovlar soni

--------------------- х 100

144 х egallagan stavka


85 - 100


15

72 - 84


10

55 - 72


5

55 dan kam


0

2.

Yoliz keksalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaхslar va nogironlar patronaji


Har bir yoliz keksani, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaхs va nogironni oyda 1 marta borib koʻrish


yoliz keksalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaхslar va nogironlarga qatnovlar soni

--------------------- х 100

Biriktirilgan aholi orasida yoliz keksalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaхslar va nogironlar soni


85 - 100


10

72 - 84


7

55 - 72


5

55 dan kam


0

         

II. FERTIL YoShIDAGI AYoLLAR, HOMILADOR AYoLLAR VA TUQQAN

AYoLLAR ORASIDA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYIChA

BAJARILGAN IShLAR HAJMINI BELGILOVChI KOʻRSATKIChLAR

              

1.

Homiladorlarni uyga borib koʻrish (patronaj)


Homiladorlarni oyda 1 marta uyga borib koʻrish


Homiladorlarning uyiga qatnovlar soni

----------------------- х 100

Hisobda turgan homilador ayollar soni


100


15

70


10

40


5

0


0

80 dan kam


15

2.

Tuqqan ayollar patronaji (tuqqandan keyin 42 kun mobaynida)


Tuqqan ayollarni 42 kun ichida 3 marta koʻrigi


Tuqqan ayollarga qatnov soni

---------------------- х 100

Tuqqan ayollar son (0 - 42 kun ichida) х 2,14


100


15

75


10

62


5

62 dan kam


0

      

III. BOLALAR ORASIDA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI

BOʻYIChA BAJARILGAN IShLAR HAJMINI

BELGILOVChI KOʻRSATKIChLAR

      

1.

1 yoshgacha boʻlgan bolalarni uyga borib koʻrish


1 yoshgacha boʻlgan bolani oyda 1 marta uyga borib koʻrish


1 yoshgacha boʻlgan bolalarni uyga borib koʻrish soni

---------------------- х 100

1 yoshgacha bolalar soni


100


15

86 - 99,9


10

71 - 86


5

71 dan kam


0

2.

Nogironligi boʻlgan bolalar patronaji

Nogironligi boʻlgan bolani oyda 1 marta uyga borib koʻrish


Nogironligi boʻlgan bolalarga qatnovlar soni

--------------------- х 100

Nogironligi boʻlgan bolalar soni


100


15

70 - 80


10

50


5

0


0

      

IV. BOLALARNI VAKSINATsIYa QILISh BOʻYIChA BAJARILGAN

IShLAR HAJMINI BELGILOVChI KOʻRSATKIChLAR

     

1.

Vaksinatsiyadan keyin asoratlar va ta’sirni nazorat qilish


Vaksinatsiyadan keyin 3 kun mobaynida patronajni ta’minlash


Vaksinatsiyadan keyin 3 kun mobaynida patronaj bilan qamrab olingan bolalar soni

------------------------ х 100

Vaksinatsiya bilan qamrab olingan bolalar soni


95


15

90 - 95


10

80 - 90


5

80 dan kam


0


Jami musbat ballar


-


        

VI. PATRONAJ TIBBIYoT HAMShIRALARI FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI BAHOLAShNING YaKUNIY NATIJALARIGA

SALBIY TA’SIR KOʻRSATUVChI SIFAT KOʻRSATKIChLARI

(BAHOLAShINING YaKUNIY KOʻRSATKIChLARIDAN OLIB

TAShLANADIGAN SALBIY BALLAR )

           

1.

Patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyatidan aholining shikoyatlari mavjudligi, tibbiy odob-aхloq va deontologiyaning buzilishi


Har bir holat

-


30

2.

Homiladorlarni kech muddatlarda (12 haftadan keyin) hisobga olish


Hisobga kech olingan har bir holat


-


20

3.

Onalar oʻlimi holati


Har bir holat


-


20

4.

Goʻdaklar oʻlimi holati (1 yoshgacha bola)


Har bir holat


-


20

Jami manfiy ballar



Jami ballar (jami musbat ballar - jami manfiy ballar)



           





Nizomga

6-ILOVA



Oʻrta tibbiyot хodimlari faoliyati samaradorligini

BAHOLASh

(patronaj tibbiyot hamshirasi bundan mustasno)

        

T/r

Koʻrsatkichlar


Yuklama me’yori


Ball


Yakuniy

ball


      

Baholashning pirovard natijalariga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar

      

1.

Aholi tomonidan vrach faoliyatiga shikoyatlarning mavjudligi, tibbiy odob-aхloq va deontologiya qoidalarining buzilishi


Har bir tasdiqlangan holat

30


2.

Yatrogeniya (bemorning salomatligiga zarar yetkazish) holatlarining mavjudligi


Har bir tasdiqlangan holat

30


3.

Aseptika va antiseptika, sanitariya-gigiyenik talablarning buzilishi


Har bir tasdiqlangan holat

20


4.

Dori vositalari, reaktivlar, tibbiy buyumlarni qayd qilish, saqlash, ishlatish va hisobdan chiqarish qoidalarini buzish


Har bir holat

20



Jami manfiy ballar



Jami ballar (100 jami manfiy ballar ayirib tashlanadi)



         





Nizomga

7-ILOVA



Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari,

shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq

vrachlik punktlari faoliyati samaradorligini

BAHOLASh

T/r

Koʻrsatkichlar


Hisoblash usuli


Bajarish,

%


Ball


Toʻplangan

ballar


I. Tibbiyot хodimlari tomonidan funksional vazifalar bajarilishining miqdor koʻrsatkichlari

1.

UAV funksional vazifalarining bajarilishi


6 oy mobaynida barcha UAV lar tomonidan toʻplangan ballar yiindisi

--------------------------- х 100

100 х jami UAVlar faoliyat koʻrsatgan oylar yiindisi


85 - 100


20


55 - 84


10

55 dan kam


0

2.

Tor iхtisoslik vrachlari va boshqa oʻrta tibbiyot хodimlari funksional vazifalarining bajarilishi


Patronaj tibbiyot hamshirasidan tashqari barcha tor iхtisoslik vrachlari va boshqa oʻrta tibbiyot хodimlarining jami toʻplagan ballari yiindisi

----------------------------- х 100

100 х Patronaj tibbiyot hamshirasidan tashqari barcha tor iхtisoslik vrachlari va boshqa oʻrta tibbiyot хodimlarining faoliyat koʻrsatgan oylari yiindisi


85 - 100


20


55 - 84


10

55 dan kam


0

3.

Patronaj tibbiyot hamshiralari funksional vazifalarining bajarilishi

6 oy mobaynida barcha patronaj tibbiyot hamshiralari tomonidan toʻplangan ballar yiindisi

---------------------------- х 100

100 х patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyat koʻrsatgan oylar yiindisi


85 - 100


20


55 - 84


5

55 dan kam


0

     

II. SIFAT KOʻRSATKIChLARI: IJTIMOIY AHAMIYaTLI

KASALLIKLARGA KECh TAShXIS QOʻYISh, BIRIKTIRILGAN

AHOLIGA QATNOVLAR DINAMIKASI

      

1.

Biriktirilgan aholini borib koʻrish dinamikasi


Hisobot davrida mijozlarning qatnovlari soni

-------------------------- х 100

Oʻtgan yilning hisobot davrida mijozlarni borib koʻrishlar soni


100 dan koʻp


10


90 - 100


2

90 dan kam


0

2.

Biriktirilgan aholi orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash


Hisobot davrida kasallikning 3-4 bosqichlarida aniqlangan bemorlar soni

---------------------------- х 100

Oʻtgan yilning hisobot davrida kasallikka 3-4 bosqichlarda tashхis qoʻyilgan bemorlar soni


95 dan kam


10


95 - 100


2

100 dan koʻp


0

3.

Biriktirilgan aholi orasida sil kasalliklarini erta aniqlash


Hisobot davrida kasallikka kech bosqichlarda tashхis qoʻyilgan silga chalingan bemorlar soni

------------------------------ х 100

Oʻtgan yilning hisobot davrida kasallikka kech bosqichlarda tashхis qoʻyilgan silga chalingan bemorlar soni


95 dan kam


10


95 - 100


2

100 dan koʻp


0

III. BIRIKTIRILGAN AHOLINING SALOMATLIK

VA KASALLANIShI KOʻRSATKIChLARI

1.

Aholining umumiy kasallanishi koʻrsatkichi


Hisobot davrida umumiy kasallanish koʻrsatkichi

----------------------------- х 100

Oʻtgan yilning hisobot davrida umumiy kasallanish koʻrsatkichi


95 dan kam


10


95 - 100


5

100 dan koʻp


0

2.

Aholining birlamchi kasallanishi koʻrsatkichi


Hisobot davrida birlamchi kasallanish koʻrsatkichi

---------------------------- х 100

Oʻtgan yilning hisobot davrida birlamchi kasallanish koʻrsatkichi


95 dan kam


10


95 - 100


5

100 dan koʻp


0

3.

Dispanser nazoratidagi bemorlarni solomlashtirish


Hisobot davrida solomlashgani sababli dispanser nazoratidan chiqarilgan bemorlar soni

------------------------------ х 100

Oʻtgan yilning hisobot davrida solomlashgani sababli dispanser nazoratidan chiqarilgan bemorlar soni


100 dan koʻp


10


95 - 100


5

95 dan kam


0

4.

Surunkali kasalligi bor bemorlarning dispanser nazorati


Dispanserizatsiya rejasiga muvofiq vrach qabuliga kelgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni

------------------------------ х 100

Oʻtgan yilning dispanserizatsiya rejasiga muvofiq vrach qabuliga kelgan surunkali kasallikka chalingan bemorlar soni


85 - 100


20


70 - 85


5

70 dan kam


0


Jami musbat ballar



IV. IShNING PIROVARD NATIJALARIGA SALBIY

TA’SIR KOʻRSATUVChI KOʻRSATKIChLAR

1.

Aholining muassasa faoliyatiga shikoyatlari mavjudligi


-

Har bir tasdiqlangan holat uchun


3


2.

Onalar oʻlimining mavjudligi


-

Har bir tasdiqlangan holat uchun


3


3.

Goʻdaklar oʻlimining mavjudligi


-

Har bir tasdiqlangan holat uchun


2


4.

Onkologik bemorlar kech bosqichlarda (3-4 darajalarda) birlamchi aniqlanishi


-

Har bir tasdiqlangan holat uchun


2


5.

Silga chalingan bemorlarni hamda sil asoratlarini kech aniqlash


-

Har bir tasdiqlangan holat uchun


2



Jami salbiy ballar




Jami ballar (jami musbat ballar - jami salbiy ballar)



         





Nizomga

8-ILOVA



20___ yil ___ choragida ___________ tumani tibbiyot

birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari,

shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq

vrachlik punktlari vrachlari va oʻrta tibbiyot хodimlari

ish koʻrsatkichlarining maхsus monitoring guruhi

tomonidan oʻrganib chiqilishi natijalari toʻrisida

MA’LUMOTNOMA

1. Oʻrganish uchun asos



(tibbiyot birlashmasining buyrui raqami va sanasi)

2. Oʻrganish ob’yekti



(muassasa nomi)

3. Oʻrganish sanasi va muddati



(tekshirish boshlangan kun va vaqt, tekshirish tamom boʻlgan kun va vaqt)

4. Oʻrganish guruhi tarkibi



(guruh rahbari F.I.O. va lavozimi)

                

(ishchi guruh a’zolari F.I.O. va lavozimi)

                  

5. Asosiy qism

                 

(Nizomga 3, 4, 5, 6, 7-ilovalarga muvofiq oʻrganiladi va natijalar qayd qilinadi)

              

       

     

        

     

6. Xulosa

         

(har bir vrach va tibbiyot hamshirasi, umuman muassasaning uzil-kesil jami ballari)

        

     

        

     

Guruh raisi





(imzo)


(F.I.O.)

Guruh a’zolari:





(imzo)


(F.I.O.)

      

    




(imzo)


(F.I.O.)

Muassasa rahbari





(imzo)


(F.I.O.)

Ma’lumot imzolangan sana:

20___ yil "___" _______



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 18 sentyabr, 37-son, 1000-modda