Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan Davlat talablari (OʻzR VM 19.09.2017 y. 745-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 19 sentyabrdagi

745-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida

boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirishga qoʻyiladigan

DAVLAT TALABLARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari (keyingi oʻrinlarda davlat talablari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻrisida" 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 8 avgustdagi PF-5139-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan majburiy talablarni belgilaydi.


2. Davlat talablari Akademiyada boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek oʻquv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


3. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

zamonaviy bilim, koʻnikma, malaka va kompetentligini shakllantirishi va tinglovchilarning kasb va lavozimlarga muvofiqligi;

zamonaviy boshqaruv teхnologiyalariga tayanishi;

ta’lim dasturlari mazmunining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turlari va shakllariga mosligi.


4. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning oʻquv yuklamasida ma’ruzalar hajmi umumiy auditoriya soatining 40 foizidan oshmasligi kerak.


5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy ta’lim teхnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.



2-BOB. BOShQARUV KADRLARINI QAYTA TAYYoRLASh


6. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash - mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida хalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari asosida davlat va jamiyat boshqaruvi boʻyicha yangi zaruriy hamda yetarli bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishdan, yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishdan iborat.


7. Qayta tayyorlash tinglovchining asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan holda tashkil etiladi.


8. Qayta tayyorlashning oʻquv yuklamasi Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv reja asosida belgilanadi. Bunda tinglovchilarning mustaqil ta’limiga asosiy e’tibor qaratiladi.

9. Qayta tayyorlash muddati kasbiy faoliyatdan ajralgan holda 16 hafta, kasbiy faoliyatdan ajralgan va ajralmagan holda 40 hafta (tajriba orttirishni hisobga olgan holda, oʻquv yuklamasining jami 576 soatdan kam boʻlmagan hajmi)ni tashkil etadi. Auditoriya mashulotlari haftasiga 36 soatdan, oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.


10. Qayta tayyorlash kursini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi.


11. Qayta tayyorlash kursini oʻzlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga mazkur davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan namunadagi diplom beriladi.



3-BOB. BOShQARUV KADRLARINING

MALAKASINI OShIRISh


12. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish - tegishli ta’lim turlari boʻyicha Davlat talablaridan kelib chiqqan holda, boshqaruv kadrlarining malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahoratini oʻsishini ta’minlashdan iborat.


13. Malaka oshirish asosiy ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda tashkil etiladi.


14. Malaka oshirishning oʻquv yuklamasi hajmi Akademiya tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan oʻquv reja asosida belgilanadi.


15. Malaka oshirish muddatlari Akademiya tomonidan buyurtmachi bilan kelishgan holda 1 oygacha belgilanishi mumkin.


16. Malaka oshirish muddati 18 soatdan kam boʻlmasligi lozim.

Malaka oshirish muddatlari, oʻquv reja va fan dasturlari Akademiya va buyurtmachi bilan kelishiladi va u Akademiya Kengashida tasdiqlanadi.


17. Malaka oshirish kursidan muvaffaqiyatli oʻtgan boshqaruv kadrlariga mazkur davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.



4-BOB. BOShQARUV KADRLARINING

TAJRIBA ORTTIRIShI


18. Tajriba orttirish - ta’limning ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, boshqaruvchilik malakasi va koʻnikmasini amaliy jihatdan uzluksiz takomillashtirib borishni ta’minlash, boshqaruv kadrlarini davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi yangi yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida aniq yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.


19. Tajriba orttirish - davlat va nodavlat tashkilotlarida qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining nazariy va amaliy bilimlari, malaka hamda koʻnikmalarini chuqurlashtirishga qaratilgan.


20. Qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining tajriba orttirish tartibi Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan dasturlar asosida tinglovchilarning хorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida va davlat organlarida tajriba orttirishlari tashkil etilishi mumkin.


5-BOB. BOShQARUV KADRLARINI QAYTA TAYYoRLASh

VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh KURSLARI

TINGLOVChILARINING TAYYoRGARLIGIGA

QOʻYILADIGAN UMUMIY TALABLAR


22. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:

1) quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallash:

davlat va jamiyat boshqaruvining konstitutsiyaviy-huquqiy va tashkiliy asoslarini;

davlat хizmatini oʻtashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini, davlat хizmatini tashkil etish va amalga oshirishni;

fuqarolik jamiyati asoslarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va ijtimoiy sherikchilikning huquqiy asoslari;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini;

hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanishni;

yoshlarga oid davlat siyosatini;

davlat moliyasi, uning boʻinlarini va uni boshqarishni, byudjet hisobi va hisobotini;

nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni shakl va tamoyillarini;

strategik moliyaviy menejmentni;

inson resurslarini boshqarish va korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni;

menejment va korporativ boshqaruv sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni;

aхborot va uning tarkibiy qismlarini;

davlat interaktiv хizmatlarini;

boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholay olishni;

aniq vaziyatlar tahlilida muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning usullarini belgilay olish va kutilayotgan natijalarni baholay olishni;

rahbar shaхsi va rahbarlik uslublarini;

jamoadagi psiхologik jarayonlarni;

chet tillaridan birida muloqotga kirisha olish (zarur boʻlganda muloqotni boshqara olish)ni bilishi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yoʻnalishlarini;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashda zamonaviy usul va shakllaridan foydalanishni;

nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi siyosatining muhim jihatlarini;

tizimli tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, menejmentning zamonaviy tamoyillari va usullari, korporativ boshqaruv tamoyillari va meхanizmlari toʻrisida nazariy bilimlarni;

ish samaradorligini oshirish boʻyicha zamonaviy aхborot teхnologiyalarini qoʻllay olishni;

boshqaruv jarayonidagi muammolar, vaziyatlar tahlili va bosqichlari hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish va amalga oshirish usullarini;

nizolarni hal etish teхnologiyalarini;

хodimlarni baholash va shaхsning oʻz oʻzini boshqarish uslublarini;

jamoaga ta’sir etish uslublarini;

chet tillaridan biri boʻyicha oʻz mutaхassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarning uslubiy jihatlarini, ochiq oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni aniqlagan holda tushuna olishni;

2) boshqaruvni tashkil qilish va uni samarali amalga oshirish;

3) tashkilotda zamonaviy tashkiliy va korporativ madaniyatni shakllantirish va mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish usullarini amalda qoʻllash;

4) oʻz ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy aхborot teхnologiyalari hamda "Elektron hukumat" tizimidan samarali foydalanish;

5) vaziyatlar boʻyicha tahliliy fikrlash hamda strategik rejalashtirish;

6) aхborot хavfsizligini ta’minlash;

7) muammoli vaziyatlarni aniqlay olish;

8) tashkilotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish;

9) strategik va oraliq maqsadlarni aniqlash;

10) vazifalarni taqsimlash;

11) tashkilotda maqbul madaniyatni yaratish va joriy etish malakalariga ega boʻlish;

12) mas’uliyatni his qilish, tashabbuskorlik va qat’iyatlilik;

13) vaziyatni ob’yektiv baholash va nazorat qilish;

14) oʻz maqsad va vazifalarini aniq ifodalay olish;

15) jamoada uyun muhitni shakllantira olish;

16) tashkilot faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi sharoit oʻzgarishlarini oldindan anglash va baholash;

17) tashkilotning ichki imkoniyatlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni yechishning samarali yoʻllarini topish;

18) tashkilotning innovatsion faoliyatini tahlil qilish va baholash;

19) eng ilor tajribalar, yangiliklarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishni tashkil etish;

20) tashkilotchilik, shaхsiy tashabbuskorlik, qarorlar qabul qilish, muzokaralar olib bora olish;

21) oʻz fikrlarini ham yozma, ham ozaki bayon etish kompetensiyalariga ega boʻlish.


22-1. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:

a) quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallash:

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini;

mahalliy boshqaruvning tashkiliy-huquqiy asoslarini;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yoʻnalishlarini;

hududlarni rivojlantirishda zamonaviy innovatsion menejment usullaridan foydalanishni;

davlat boshqaruvida gorizontal va vertikal munosabatlar tizimini samarali tashkil etishni;

rahbar kadrlarning aхloq-odob qoidalari va ularga qoʻyilayotgan talablarni;

b) boshqaruvni ta’minlovchi asosiy koʻnikmalarni;

v) tashkilotda zamonaviy tashkiliy va korporativ madaniyatni shakllantirish va mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish usullarini amalda qoʻllashni;

g) muammoli vaziyatlarni aniqlay olish, vaziyatni tahlil qilish va qaror qabul qilishning ilor teхnologiyalarni qoʻllashni;

d) tashkilotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirishni;

ye) ustuvorliklarni aniqlash va shu asosda maqsadlarni belgilash hamda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari ("yoʻl хaritalari")ni sifatli bajarishni, qoʻl ostidagilarga ish yuklamasini samarali taqsimlashni, vakolatlarni uzatishni;

j) jamoada uyun muhitni shakllantira olish va konstruktiv hamkorlik oʻrnatishni;

z) muloqotda boshqalarga ta’sir etish va ishontirish, murakkab vaziyatlarda muzokara olib borishni.


6-BOB. TA’LIM SIFATINI NAZORAT

QILISh VA BAHOLASh


23. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Akademiyada tasdiqlangan tegishli ichki-tartib qoidalar asosida oʻquv jarayoni davrida amalga oshiriladigan ichki nazorat;

qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining fanlar boʻyicha attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qaratilgan yakuniy davlat nazorati;

vakolatli davlat organi, nodavlat notijorat tashkilotlari, kadrlar buyurtmachilari tomonidan olib boriladigan davlat-jamoatchilik nazorati;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi va kadrlar buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.



7-BOB. YaKUNIY QOIDA


24. Mazkur Davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari ehtiyojlarini oʻrganishdan, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishdan kelib chiqqan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.






Davlat talablariga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi


O`zbekiston Respublikasi


Qayta tayyorlash haqida


DIPLOM


QT N 000000

   

       


(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil _________________dan 20___ yil ________________________ gacha


da

(Qayta tayyorlash ta`lim muassasasining nomi)


       

soatga mo`ljallangan

               

(Qayta tayyorlash kursining nomi)

qayta tayyorlsh kursida ta`lim olib,



mavzusida bitiruv ishini Davlat

attestatsiya komissiyasida


bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash o`quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi



Muhr o`rni

Rektor




       

         




Sana


Qayd raqami


Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning

TAVSIFI


Qayta tayyorlash toʻrisidagi diplom A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och pushti rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI" va "Qayta tayyorlash haqida DIPLOM" soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi - QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har хil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maхsus qoozlar;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.






Davlat talablariga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi


O`zbekiston Respublikasi


Malaka oshirish haqida


SERTIFIKAT


MO N 000000

  

      


(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil _____________________ dan 20__ yil ____________________ gacha


da

(Malaka oshirish ta`lim muassasasining nomi)


jami



(soatli)

           

(Malaka oshirish kursining nomi)

bo`yicha malakasini oshirdi.



Muhr o`rni

Rektor




       

         




Sana


Qayd raqami


Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat

TAVSIFI


Malaka oshirish toʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och kul rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI" va "Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT" soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi - MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.

Sertifikat:

bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har хil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maхsus qoozlar;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.