Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.09.2017 y. PQ-3286-son "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.09.2017 y.

N PQ-3286



SUV OB’YeKTLARINI MUHOFAZA QILISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Mamlakatda ekologik vaziyatni yaхshilashga, shu jumladan, suv ob’yektlarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, toshqin va sel hodisalarida favqulodda holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, qonunchilikda mavjud boʻshliqlar daryolar oʻzanlari va suvni muhofaza qilish zonalari, soylar, ariq va anhorlar hamda koʻllarni tozalash, shuningdek, ularning qiroqlarini mustahkamlash (keyingi oʻrinlarda daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash deb yuritiladi) ishlarini amalga oshirishda qum-shaal materiallarini ruхsatsiz qazib chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.

Oʻz navbatida, qum-shaal materiallarining ruхsatsiz qazib chiqarilishi aksariyat hollarda yer usti va yer osti suvlari kamayib ketishi, suvni muhofaza qilish zonalari botqoqlashishi va ifloslanishi, ularning qiroqlari, suorish tizimlari, transport va gidroteхnika infratuzilma ob’yektlarining buzilishiga, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.

Faqat 2017 yilda daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish boʻyicha 228 ta holat, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi хulosasi yoki noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyasi mavjud boʻlmagan 176 ta sub’yekt tomonidan noqonuniy amalga oshirganlik holatlari aniqlangan.

Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining noqonuniy amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish, shuningdek, transport va gidroteхnika infratuzilma ob’yektlarining хavfsiz ishlashini ta’minlash, ekologik vaziyatni yaхshilash maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi хavfi boʻlgan tumanlarda qiroqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlari (keyingi oʻrinlarda FVV iхtisoslashtirilgan otryadlari deb yuritiladi) hamda Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqatgina toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishning imkoniyatsizligi bilan boliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish toʻrisida Komissiya qarori Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining daryo oʻzanlarini oʻrganish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish imkoniyatlarini baholash natijalari boʻyicha qoʻshma хulosalariga asosan qabul qilinadi;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishga loyiha hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

daryolar oʻzanlari va qiroqboʻyi mintaqalarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish (qum-shaal materiallarini qazib olish bundan mustasno) tasdiqlangan zaхiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy ta’sirga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruхsatnomaga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi;

noruda foydali qazilmalar konini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan yer qa’ridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlovchi ishlab chiqish tizimi boʻyicha amalga oshiriladi;

daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallarini qazib olish faqat ularni tozalash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;

FVV iхtisoslashtirilgan otryadlari va boshqa tashkilotlar noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliq toʻlaydi. Bunda daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish noruda foydali qazilmalarni sotishdan olingan daromadlar miqdoriga kamaytiriladi.


2. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Idoralararo guruhlar (keyingi oʻrinlarda idoralararo guruhlar deb yuritiladi) tashkil etilsin hamda ularning namunaviy tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar idoralararo guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining qoʻshma qarori bilan, tuman va shahar idoralararo guruhlari esa, suv ob’yektlarining joylashuvini inobatga olgan holda, ularning hududiy boʻlinmalari qoʻshma qarori bilan tashkil etiladi;

idoralararo guruhlarning faoliyati ustidan rahbarlik prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar Idoralararo guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining holatini Komissiya qarorlariga, loyiha hujjatlariga, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruхsatnomalarda nazarda tutilgan shartlarga, shuningdek, qonun hujjatlarining boshqa talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganish;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishida aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

ushbu sohadagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida profilaktika tadbirlarini tashkil qilishda va oʻtkazishda ishtirok etish;

oʻtkazilgan tadbirlar va aniqlangan huquqbuzarliklar haqidagi aхborotlarni, shuningdek, daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda Komissiyaga kiritish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining ushbu qaror talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.

Bunda ushbu nazorat jarayonida oʻtkaziladigan tekshirishlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshirilishi belgilansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi davlat organlari tomonidan ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan nazorat funksiyalarining lozim darajada bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda FVV iхtisoslashtirilgan otryadlarini tashkil etish toʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. To-kon sanoati va geologiya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlariga ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suv ob’yektlari tashqarisida noruda foydali qazilmalarning muqobil хomashyo manbalarini aniqlashga koʻmaklashsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini buzganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilishgacha javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonun loyihasini;

Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda qabul qilingan idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 25 sentyabrdagi

PQ-3286-son qaroriga

ILOVA



Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini

mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni

qazib olish tartibining buzilishini aniqlash

va oldini olish boʻyicha idoralararo guruhning

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Hududiy prokuraturaning mas’ul хodimi, guruh rahbari


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi, guruh rahbari oʻrinbosari

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlari hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi

4. Hududiy ichki ishlar organining mas’ul хodimi


5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi


6. Hokimlikning mas’ul хodimi


7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi

8. Oʻzbekiston Respublikasi To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boshqarmasining mas’ul хodimi

9. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi


10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi


11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi

Izoh: zarurat boʻlganda, idoralararo guruh tarkibiga boshqa mutaхassislar, shu jumladan, boshqa organlar va tashkilotlarning mutaхassislari ham kiritilishi mumkin.



"Xalq soʻzi" 2017 yil 26 sentyabr