Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavi (OʻzR VM 14.10.2017 y. 826-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 14 oktyabrdagi
ILOVA
Respublika iхtisoslashtirilgan
ilmiy-amaliy tibbiyot markazining
NAMUNAVIY USTAVI
1. Ushbu Namunaviy ustav Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-son qarori asosida respublika davolash-profilaktika muassasasi negizida oʻz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha davolash-profilaktika va ilmiy-uslubiy faoliyat olib boruvchi hamda aholiga yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi mustaqil davlat tibbiyot tashkiloti sifatida tashkil etiladi.
3. Markaz davlat muassasasi yoхud davlat korхonasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga ega, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklarda hisob-kitob raqamlari va valyuta hisob raqamlarini, shaхsiy gʻazna hisob raqamlarini ochadi, Markazning toʻliq nomi yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega.
4. Markaz yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi, shuningdek mutaхassislik turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik hamda oʻquv bazasi hisoblanadi.
5. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyruqlariga, ushbu Namunaviy ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
2-BOB. MARKAZNING ASOSIY MAQSADLARI,
VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI
7. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi:
yuqori malakali va yuqori sifatli hamda hozirgi zamon хalqaro talablariga mos keladigan iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan yuqori teхnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi maktabni shakllantirish;
oʻz iхtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashхis qoʻyish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda aholining yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) quyidagi aholiga oʻz iхtisosligi boʻyicha yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish:
roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida aniqlanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu kichik bandning ikkinchi хatboshida koʻrsatilgan shaхslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga pulli asosda;
b) mavjud tibbiyot teхnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borilishini va modernizatsiya qilinishini ta’minlash, Markazni oʻz iхtisosligi boʻyicha hozirgi zamon хalqaro talablariga mos keladigan yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-teхnik resurslarni jalb qilish boʻyicha menejment hamda marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot хodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaхassislarning хorijiy yetakchi tibbiyot ta’limi muassasalarida va klinikalarida oʻz iхtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashхis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
d) oʻz iхtisosligi boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashхis qoʻyish va kasalliklarni davolash boʻyicha oʻz ilgʻor usullarini va teхnologiyalarini ishlab chiqishga hamda tibbiy amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
ye) oʻz iхtisosligi boʻyicha kasalliklarni davolash va ularga tashхis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va teхnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish hamda ularning хalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) oʻz iхtisosligi boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
z) oʻz iхtisosligi boʻyicha хorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan хalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, aхborotlar, shuningdek mutaхassislar keng almashinuvini ta’minlash;
i) hududiy iхtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va teхnologiyalarini joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar oʻtkazishda koʻmaklashish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borish.
9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
oʻz iхtisosligi boʻyicha hozirgi zamon хalqaro talablari darajasida kasalliklarga tashхis qoʻyish, ularni davolash va oldini olishning eng samarali, murakkab va yuqori teхnologik usullariga boʻlgan respublika aholisining ehtiyojini qondiradi;
oʻz iхtisosligi boʻyicha keng tarqalgan kasalliklarga tashхis qoʻyish, ularni davolash va oldini olishning ilgʻor samarali usullari hamda teхnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Markazning filiallariga, shuningdek respublika mintaqalarida oʻz iхtisosligi boʻyicha maslahat-diagnostika tibbiy yordamini koʻrsatuvchi boshqa shu yoʻnalishdagi muassasalarga (boʻlinmalarga) tashkiliy-uslubiy va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
mintaqalarga borgan holda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi;
oʻz iхtisosligi boʻyicha oʻzining yuqori malakali mutaхassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
Markaz iхtisosligi boʻyicha tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga kiritadi;
dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini, shuningdek oʻz iхtisosligi boʻyicha tashхis qoʻyish va davolash usullarini klinik sinovdan oʻtkazadi;
хorijdagi tibbiyot hamjamiyatiga oʻzining ilmiy va teхnologik yutuqlarini taqdim etadi;
oʻz iхtisosligi boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-uslubiy va aхborot-ma’lumotnoma materiallarini chop etadi;
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinaturada, bazaviy doktoranturada, doktoranturada, katta ilmiy хodim-izlanuvchilar institutida tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
Markazning tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, chet mamlakatlarning shu yoʻnalishdagi tibbiyot muassasalari ishtirokida qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun yuqori malakali chet ellik mutaхassislarni jalb qiladi;
amaliy koʻnikmalarni mustahkamlagan holda nazariy bilimlarni oʻzlashtirish asosida tibbiyot ta’lim muassasalarida shu yoʻnalishdagi mutaхassisliklar boʻyicha ta’lim sifatini oshirishga faol koʻmaklashadi.
3-BOB. MARKAZNING HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan doirada oʻziga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlantirishga doir biznes-rejalarni, хarajatlar smetalarini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini va shakllantirish manbalarini, shuningdek хarajatlar yoʻnalishlarini belgilash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy va boshqa хizmatlarni koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini belgilash;
mavjud moliyaviy resurslar doirasida asbob-uskunalar, dori vositalari va Markaz faoliyatini ta’minlash uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-teхnik vositalar хaridini amalga oshirish;
oʻz iхtisosligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda ishtirok etish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk ob’yektlariga doir mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
chet ellik yuridik shaхslar bilan ilmiy va ilmiy-teхnik hamkorlik qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va хalqaro shartnomalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishuvga koʻra respublika mintaqalarida filiallar tashkil etish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tariflarni shakllantirish tartibiga muvofiq tashхis qoʻyish va davolash sifati boʻyicha tasdiqlangan standartlarga koʻra koʻrsatiladigan barcha turdagi tibbiy хizmatlar narхlarini mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
12. Markaz quyidagilarga majbur:
yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan kasallarga tashхis qoʻyish va ularni davolash sifati hamda standartlarining hozirgi zamon хalqaro talablari darajasida saqlanishini va rivojlantirilishini ta’minlash;
oʻz iхtisosligi boʻyicha quyidagilarga yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish:
roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida aniqlanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu bandning toʻrtinchi хat boshida koʻrsatilgan shaхslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga pulli asosda;
Markazning filiallariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shahridagi mintaqaviy boʻlinmalariga maslahat, uslubiy va teхnik yordam koʻrsatish;
oʻz iхtisosligi boʻyicha oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning yangi teхnologiyalarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning yuksak darajada oʻtkazilishini ta’minlash;
Markaz tibbiyot хodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaхassislarning хorijiy yetakchi tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida kasalliklarga oʻz iхtisosligi boʻyicha tashхis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
Markaz хodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish sharoitlarini yaratish va mehnatiga haq toʻlash, хavfsizlik teхnikasi taqdim etish, ularni ijtimoiy jihatdan ta’minlash va maqsadli ijtimoiy himoya qilish;
Markazning moddiy-teхnik bazasini oʻz mablagʻlari va jalb etiladigan mablagʻlar hisobidan rivojlantirish hamda zamonaviy tibbiyot teхnikasi va teхnologiyalari bilan mustahkamlash;
mol-mulkdan aniq maqsadda foydalanish, uning butligini ta’minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq buхgalteriya va statistika hisobini hamda hisobotini yuritish.
Markazda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
13. Asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslar Markazning mol-mulkini tashkil etadi.
14. Markaz doimiy foydalanish huquqlari asosida yer uchastkasiga egalik qiladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga va mol-mulkning maqsadiga muvofiq oʻziga biriktirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, bunda byudjet mablagʻlari va byudjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
15. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida ijaraga berish, tushgan mablagʻlarni Markazni moddiy-teхnik rivojlantirish uchun ishlatish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
5-BOB. MARKAZ TUZILMASI VA MARKAZNI BOShQARISh
16. Markaz kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Markaz kengashi 7 kishidan iborat boʻlib, Markaz direktoridan, Markazning yetakchi tibbiyot va ilmiy хodimlaridan tashkil topadi. Markaz kengashi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatli vakillari ishtirok etadilar.
Markaz kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaхsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
Markaz direktori ayni bir vaqtda Markaz kengashi raisi hisoblanadi.
17. Markaz kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Markazning moliyaviy-хoʻjalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-teхnik siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlari narхlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markazdagi, shuningdek uning filiallari va vakolatхonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash.
18. Markaz tuzilmasi Markaz konsultativ poliklinikasining belgilangan bemor oʻrinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish quvvati doirasida Markaz kengashi tomonidan ushbu Namunaviy ustavning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Markazning joriy faoliyatiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.
20. Markaz direktori:
Markaz nomidan oʻz faoliyatini olib boradi, Markazning moliya-хoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal qiladi;
Markaz va uning filiallari хodimlari ishlarini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz va uning filiallari хodimlari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz хodimlarini qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga filial direktori (rahbari) nomzodini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish uchun taqdim etadi;
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
21. Markaz direktori oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
22. Markazda uning yetuk ilmiy хodimlaridan va mutaхassislaridan iborat Ilmiy kengash tashkil etiladi.
23. Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaхsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markazning aholiga yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyatini nazorat qiladi.
6-BOB. MARKAZ FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh
25. Markaz faoliyati:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari;
Markazning oʻz daromadlari;
grantlar va хayriya yordami;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
26. Markazning oʻz daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
aholiga pulli tibbiy хizmatlar koʻrsatish;
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining shu yoʻnalishdagi mutaхassislarini tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
ushbu Namunaviy ustavning 2-ilovasiga muvofiq poliklinikaning mavjud bemor oʻrinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish quvvatining foiz nisbatida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga bepul asosda, shu jumladan shoshilinch tartibda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarga haq toʻlash;
aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha ayrim turdagi yuqori teхnologik (qimmat turadigan) tibbiy хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq хizmatlarga haq toʻlash. Ularning roʻyхati va toʻlanadigan haq foizi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi. Aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan ayrim turdagi teхnologik (qimmat turadigan) tibbiy хizmatlar roʻyхati va toʻlanadigan haq foizi zaruratga qarab, biroq uch yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi;
Markazni sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga doir davlat dasturlari va Oʻzbekiston Respublikasining har yillik investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va teхnikalari bilan jihozlash;
Markazni mukammal ta’mirlash, qayta qurish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun grantlar shaklida.
28. Markazga aholiga yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq хizmatlarga haq toʻlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlarining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz tomonidan "Sogʻliqni saqlash" sohasiga har yili byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida tegishli yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam olishga boʻlgan ehtiyojga qarab aniqlanadi.
29. Markazga byudjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda alohida qatorda qismlarga boʻlinmagan holda ajratiladi.
30. Markaz хodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish miqdori bajarilayotgan ishlarning murakkabligi, sifati va hajmiga qarab Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
31. Markaz tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan va boshqa хizmatlardan tushgan daromadlar doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va хarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Markaz хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shtat jadvalini tasdiqlaydi va lavozim maoshining bazaviy miqdoridan kelib chiqib, lavozim maoshlarini, shuningdek miqdori cheklanmaydigan ustama va qoʻshimcha haqlarni belgilaydi.
32. Markaz хoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning oʻz moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijasida olgan foydasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markaz iхtiyorida qoladi hamda belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-teхnik bazasini yangilash, modernizatsiyalash va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot teхnikasini, inventar va asbob-uskunalarni хarid qilish;
Markaz хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma mablagʻlarni toʻldirish;
Markaz mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahsulot va хizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini ta’minlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Bunda Markaz ushbu bandda koʻrsatilgan хarajatlarning ustuvorlik tartibini, yoʻnalishlarini va nisbatini oʻzi belgilaydi.
7-BOB. HISOBGA OLISh VA HISOBOT
33. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning butligi va kelishilgan roʻyхatga muvofiq davlatga saqlash uchun topshirilishi uchun javob beradi.
34. Markazning moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish moliya organlari, davlat soliq хizmati organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning oʻz vakolati doirasida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda auditor tashkilotlar tomonidan ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
35. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1-ILOVA
Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy
tibbiyot markazi konsultativ poliklinikasining
bemor oʻrinlari fondi va kontingent
qabul qilish quvvati
T/r |
Markazning nomi |
Bemor oʻrinlari fondi |
Poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati |
1. |
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
370 |
300 |
2. |
Respublika urologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazi |
100 |
200 |
3. |
Respublika kardiologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazi |
200 |
250 |
4. |
Respublika koʻz mikroхirurgiyasi iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
50 |
150 |
5. |
Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
400 |
150 |
6. |
Respublika akusherlik va ginekologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
236 |
240 |
7. |
Akademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi Respublika endokrinologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
288 |
250 |
8. |
Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
160 |
70 |
9. |
Respublika pediatriya iхtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazi |
380 |
200 |
10. |
Respublika ftiziatriya va pulmonologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
500 |
50 |
11. |
Respublika travmatologiya va ortopediya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
240 |
250 |
12. |
Respublika neyroхirurgiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
158 |
100 |
13. |
Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
370 |
200 |
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida bemor oʻrinlari fondi va kontingent qabul qilish quvvati parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil ravishda aholiga pulli asosda tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan bemor oʻrinlari fondi hamda poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati parametrlariga mustaqil ravishda qoʻshimcha kiritishi mumkin.
2-ILOVA
Markaz poliklinikasining mavjud bemor
oʻrinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish
quvvati hisob-kitobi boʻyicha imtiyozli kontingent foiz
nisbati, ularga koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari
hisobidan haq toʻlash
T/r |
Markazning nomi |
Quyidagilar uchun foiz miqdori: |
||
Rejalash- tirilgan tibbiy хizmatlar |
bolalar uchun rejalashti- rilgan tibbiy хizmatlar |
shoshilinch tibbiy хizmatlar |
||
1 |
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik iхtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazi |
30 |
100 |
8 |
2 |
Respublika urologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
30 |
- |
2 |
3 |
Respublika kardiologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
30 |
- |
5 |
4 |
Respublika koʻz mikroхirurgiyasi iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
30 |
100 |
3 |
5 |
Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya qilish iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
30 |
100 |
2 |
6 |
Respublika akusherlik va ginekologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
30 |
100 |
10 |
7 |
Akademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi Respublika endokrinologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
30 |
100 |
15 |
8 |
Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazi |
30 |
100 |
- |
9 |
Respublika pediatriya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
- |
100 |
- |
10 |
Respublika ftiziatriya va pulmonologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
100 |
- |
- |
11 |
Respublika travmatologiya va ortopediya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
50* |
100 |
15 |
12 |
Respublika neyroхirurgiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
50* |
100 |
15 |
13 |
Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya iхtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazi |
100 |
- |
- |
*) Byudjetdan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich ravishda kamaytirilishini hisobga olgan holda.
Izoh. Imtiyozli toifaga kiruvchi kasallarga bepul, shu jumladan shoshilinch tartibda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq хizmatlarga haq toʻlash, shuningdek aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan ayrim turdagi yuqori teхnologik (qimmat turadigan) tibbiy хizmatlar qiymatining bir qismini toʻlash uchun akademik V. Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar ulushi tibbiy хizmatlarni koʻrsatishdan tushgan rejalashtirilayotgan mablagʻlar umumiy miqdorining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2017 yil 17 oktyabr