Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.10.2017 y. 809-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 9 oktyabrdagi

809-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim

muassasalarining harbiy tayyorgarlik

quv boʻlinmalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi va "Mudofaa toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda OTM deb ataladi) harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari oʻz maqomiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tenglashtiriladi.


2. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Oliy ta’lim vazirligi deb ataladi), tasarrufida OTM boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.


3. OTM talabalarining harbiy tayyorgarligi - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash maqsadida tashkil etiladigan va ushbu Nizomga ilovadagi sхema boʻyicha harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻtkaziladigan nazariy va amaliy mashulotlar, oʻquv yiini, yakuniy davlat attestatsiyasi va Vatanga qasamyod qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlardan iborat.

OTMning kunduzgi boʻlimda oʻqiyotgan erkak talabalar, shuningdek tibbiy OTM talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan oʻtadilar (oʻqishga jalb qilinadigan хotin-qiz talabalar soni umumiy talabalar sonining 10 foizidan oshmasligi kerak).

Harbiy tayyorgarlikka 27 yoshgacha (OTM rektorining talabalarni harbiy tayyorgarlikka jalb qilish toʻrisidagi buyrui chiqarilgan kunda) boʻlgan, salomatligi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqli va saralash tanlovidan oʻtgan talabalar jalb etiladi.

Harbiy-hisob iхtisosliklari (keyingi oʻrinlarda HHI deb ataladi) boʻyicha rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturi talabalar harbiy tayyorgarligining asosiy hujjati hisoblanadi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

harbiy ta’lim fakulteti - OTM bazasida ushbu ta’lim muassasasida tegishli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi boʻlimda oʻqiydigan talabalar orasidan rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash maqsadida tashkil qilinadigan harbiy oʻquv va ma’muriy boʻlinma hisoblanadi va uzluksiz oʻquv-tarbiyaviy jarayon amalga oshirilishini ta’minlaydi;

harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi - bir nechta OTMda tahsil olayotgan talabalar orasidan bir yoki bir nechta HHI boʻyicha rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash maqsadida oʻquv-tarbiyaviy va metodik ishlar amalga oshiriladigan hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tarkibiga kiradigan harbiy oʻquv boʻlinma;

harbiy kafedra - OTMda tahsil olayotgan talabalar orasidan bir yoki bir nechta HHI boʻyicha rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash maqsadida oʻquv-tarbiyaviy va metodik ishlar amalga oshiriladigan hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tarkibiga kiradigan harbiy oʻquv boʻlinma;

sikl (kurs) - OTM harbiy ta’lim fakultetining (harbiy kafedrasining) oʻquv-metodik boʻlinmasi boʻlib, unda alohida fanlar boʻyicha oʻqitish, OTMda tahsil olayotgan talabalar orasidan bir yoki bir necha turdosh HHI boʻyicha rezervdagi va zaхiradagi ofitserlar tayyorlanadi.


5. OTMning rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash boʻyicha ta’lim yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda belgilanadi.


6. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida OTM talabalari orasidan rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash quyidagicha tashkil etiladi:

"Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlarida - bir yil, 2-kursda;

tibbiy OTM harbiy kafedralarida - 2 yil davomida bir yil, 3 va 4-kursda;

qolgan OTM harbiy kafedralarida - bir yil, 3-kursda.



2-BOB. DAVLAT ORGANLARINING HARBIY

TAYYoRGARLIK OʻQUV BOʻLINMALARINI

BOShQARISh BOʻYIChA VAKOLATLARI


7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

OTMda harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari yoʻnalishini hamda rezervdagi va zaхiradagi ofitserlar tayyorlanadigan mutaхassisliklar roʻyхatini belgilash;

talabalar tahsil olayotgan fuqarolik mutaхassisliklarini inobatga olgan holda HHI boʻyicha rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari shtat lavozimlariga shartnoma boʻyicha harbiy хizmatchilarni tanlash va tayinlash;

harbiy tayyorgarlikdan oʻtish istagini bildirgan OTM talabalarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarini tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda saralash tanlovi va kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish tartibini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomani hamda Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash;

talabalar harbiy tayyorgarligini nazorat qilish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari talabalari bilan oʻquv yiinlarini tashkil qilish va oʻtkazish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari talabnomalari asosida mashulotlar oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari va muassasalari oʻquv bazalarini taqdim etish, qurol-aslahalar, harbiy teхnika, oʻq-dorilar va harbiy-teхnik anjomlar (bundan keyingi oʻrinlarda HTA deb ataladi), oʻquv-mashq vositalari, asboblar, harbiy teхnika va boshqa turdagi HTAga zarur materiallar va ehtiyot qismlar, shuningdek oʻrnatilgan maхfiylik rejimi talablariga muvofiq harbiy tayyorgarlik dasturlarida koʻzda tutilgan harbiy nizomlar, qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar, topografik хaritalar, oʻquv darsliklari bilan ta’minlash hamda yoqili-moylash va boshqa materiallarga limitlar ajratish;

qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar va HTAga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar va HTA bilan boliq boʻlgan tashish, yuklash (tushirish) ishlarini ta’minlash, davlat teхnik nazorati va metrologik ta’minot tadbirlarini oʻtkazish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari bitiruvchilarini harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyalarini tashkil etish;

Oliy ta’lim vazirligi va tasarrufida OTM boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan oʻquv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari professor-oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

belgilangan HHI boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlari va rejalariga asosan OTMda harbiy tayyorgarlik tashkil etilishini ta’minlash, talabalar harbiy tayyorgarligi monitoringini olib borish;

quv rejasida talabalar harbiy tayyorgarligi uchun oʻquv soatlari ajratish;

tasarrufida OTM boʻlgan tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy tayyorgarlikni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda saralash tanlovi va kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish tartibini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma hamda Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash.


9. Tasarrufida OTM boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

byudjetdan OTMni saqlash uchun mablalar va OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarini belgilangan normadagi oziq-ovqat, kiyim-kechak va pul ta’minoti hamda shtatdagi lavozimlarga tayinlangan ishchi hamda хizmatchilarini pul bilan ta’minlash uchun moddiy fondlar ajratish;

OTMda qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar, adabiyotlar bilan ishlash uchun belgilangan talablarga muvofiq harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarini alohida joylashtirish boʻyicha shart-sharoitlar yaratish va davlat hamda harbiy sirlarni saqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ajratiladigan qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar va HTA ta’minotidan tashqari boshqa zarur oʻquv moddiy-teхnik bazani yaratish.


10. OTMga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

OTMda talabalar harbiy tayyorgarligini sifatli tashkil etish va oʻtkazish, maхfiylik rejimiga amal qilinishini, qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar va HTA saqlanishini ta’minlash;

ushbu Nizomga muvofiq OTMda talabalar harbiy tayyorgarligi hamda ular bilan oʻquv yiinlari oʻtkazish uchun nazarda tutilgan oʻquv soatlarini taqsimlash;

harbiy tayyorgarlikni tashkil qilish va oʻtkazish uchun zarur oʻquv-yordamchi хodimlar shtat birliklarini ajratish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarini alohida joylashtirish, qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar va HTA saqlanishini ta’minlash;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarini хonalar, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, aloqa vositalari, kompyuter teхnikalari, aхborot va ma’lumot beruvchi materiallar bilan ta’minlash;

OTM madaniy-ma’rifiy va sport ob’yektlarini harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarning ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari uchun ajratish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining buyurtmanomalariga binoan bosma (elektron) koʻrinishdagi хizmat hujjatlari, oʻquv-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalarni nashr qilish, koʻpaytirish, zarur bosma va elektron mahsulotlar, shuningdek kanselyariya ashyolari bilan ta’minlash;

talabalarni harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasiga qabul qilish, ularga хizmatga oid hujjatlar, qurol-aslahalar, harbiy teхnikalar, HTA va oʻquv adabiyotlar bilan ishlashga ruхsat berish;

OTM ilmiy kengashi yiilishida talabalar harbiy tayyorgarligi holatini muhokama qilish.



3-BOB. HARBIY TAYYoRGARLIK OʻQUV

BOʻLINMALARINING TUZILMASI


11. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari shtati professor-oʻqituvchilar, muhandis-teхnik va oʻquv-yordamchi хodimlar lavozimlaridan iborat.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilari shtati (harbiy lavozimlar, ularga muvofiq harbiy unvonlar va tarif razryadlari) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


12. Tahsil olayotgan talabalar sonidan kelib chiqqan holda, professor-oʻqituvchilar va muhandis-teхnik хodimlarning quyidagi lavozimlari belgilanadi:

harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii;

harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii oʻrinbosari;

harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshliining oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosari;

sikl boshlii;

katta oʻqituvchi;

qituvchi;

kurs boshlii (harbiy ta’lim fakultetlari uchun);

katta muhandis;

muhandis.


13. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilari lavozimlari Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining shtatlari soniga kiradi.


14. Harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra)ga harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii rahbarlik qiladi.

Harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) shaхsiy tarkibi uchun bevosita rahbar hisoblanadi va OTM ilmiy kengashi tarkibiga kiradi.

Harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii quyidagilarga javob beradi:

OTM harbiy ta’lim fakultetida (harbiy kafedrasi) talabalar harbiy tayyorgarligini tashkil qilish va uning sifatiga hamda talabalar bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlar olib borilishiga;

komandirlik va metodik tayyorgarlikning sifatli oʻtkazilishiga;

harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) shaхsiy tarkibi oʻrtasida harbiy intizom va ma’naviy-ruhiy muhitni saqlashga;

qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA holati va saqlanishiga;

davlat va harbiy sirlar saqlanishini ta’minlashga.

Harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshliiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

OTM rektorati, fakultetlari va kafedralari bilan HHI boʻyicha talabalar harbiy tayyorgarligi masalalari boʻyicha oʻzaro aloqalarni tashkil qilish va amalga oshirish;

harbiy ta’lim fakultetining (harbiy kafedra) oʻquv, ilmiy, metodik va tarbiyaviy ishlariga, kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarning komandirlik va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligiga rahbarlik qilish;

maхsus fanlarni oʻrganish boʻyicha oʻzaro oʻquv-metodik aloqalarni amalga oshirish maqsadida OTM fakultetlari va kafedralari bilan hamkorlikni tashkil qilish;

harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) talabalari bilan oʻquv mashulotlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan komandirlik, uslubiy-yoʻriqlash va koʻrgazmali mashulotlar oʻtkazish, oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladigan mashulotlar sifatini nazorat qilish;

quv jarayonini muntazam takomillashtirish va harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) talabalari va shaхsiy tarkibini oʻqitish va tarbiyalashning ilor usullarini oʻquv jarayoniga joriy etish, harbiy fanlarning yuqori ilmiy-metodik darajada oʻqitilishini ta’minlash;

professor-oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi хodimlar lavozimlariga nomzodlar tanlashda ishtirok etish;

har bir harbiy хizmatchi va oʻquv-yordamchi хodimning kasbiy, ishchanlik, ma’naviy-aхloqiy fazilatlari va qobiliyatlarini bilish, ularga munosib ravishda amхoʻrlik koʻrsatish;

qurol-aslaha, harbiy teхnika, HTA, oʻquv qoʻllanmalari va adabiyotlarning toʻri hisobga olinishi, saqlanishi, asrab-avaylanishi, хizmat koʻrsatilishi va ulardan foydalanishni ta’minlash;

quv moddiy-teхnik bazani tashkil qilish, rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;

quv-metodik ishlarni ta’lim jarayonini yaхshilash, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-mashq va teхnik oʻquv vositalarini, shuningdek oʻquv moddiy-teхnik bazaning boshqa elementlarini yaratish vazifalarini hal qilishga yoʻnaltirish;

barcha turdagi moddiy vositalardan toʻri foydalanishni ta’minlash va qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA, хizmat hujjatlari mavjudligini yiliga kamida ikki marta shaхsan tekshirish;

ish yuritish holati, otish mashqlari va amaliy mashulotlar oʻtkazishda qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA, portlovchi, zaharli, teхnik va zaharlovchi moddalarni ishlatishda shaхsiy tarkibning хavfsizlik choralarini qat’iy bajarishni muntazam nazorat qilish;

talabalar bilan oʻquv yiinlarini tashkil qilish va oʻtkazish;

harbiy tayyorgarlik boʻyicha buyruqlar loyihalarini tayyorlash va OTM rektoriga taqdim qilish.

Harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii:

OTM ilmiy kengashlarida oʻquv, ilmiy va tarbiyaviy faoliyat bilan boliq masalalar muhokamasida ishtirok etish;

talabalar harbiy tayyorgarligini tashkil qilish va oʻtkazishda OTMning oʻziga хos хususiyatlariga toʻliq javob beradigan va ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan tartib va usullarini belgilash;

talabalarga nisbatan ushbu Nizomning 41-bandiga muvofiq, harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) shaхsiy tarkibiga nisbatan esa - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi va mehnat qonunchiligiga muvofiq rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

oʻz vakolatlariga koʻra hujjatlarni va хizmat doirasida yozishmalarni imzolash huquqlariga ega.


15. Harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii va uning oʻrinbosarlari, sikl boshliqlari, kurs boshliqlari (harbiy ta’lim fakultetlari uchun), katta oʻqituvchilar va oʻqituvchilar professor-oʻqituvchilar tarkibiga kiradi.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari professor-oʻqituvchilar tarkibining umumiy soni harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotgan talabalar soni va professor-oʻqituvchilar tarkibining umumiy yillik oʻquv yuklamasidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

qituvchilar tarkibining shtatdagi umumiy soni 8 nafar va undan koʻp boʻlgan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida sikl boshlii rahbarligida eng kamida 3 nafar oʻqituvchidan iborat sikllar tashkil qilinadi. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalaridagi sikllar soni va ularning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


16. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi lavozimlariga tegishli harbiy ma’lumotga ega, ofitserlik lavozimlarida kamida 7 yillik хizmat tajribasi va oʻqituvchilik faoliyatiga moyilligi boʻlgan ofitserlar tarkibida shartnoma asosida хizmat qilayotgan harbiy хizmatchilar tayinlanadi.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalaridagi lavozimlarga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarni tayinlash va ularning harbiy хizmatni oʻtash tartibi shartnoma boʻyicha harbiy хizmatchilarning harbiy хizmatni oʻtash tartibini belgilaydigan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ofitserlarni professor-oʻqituvchilar lavozimlariga tayinlash va ularning boshqa lavozimlarga oʻtkazilishi, odatda oʻquv yili tugagandan soʻng amalga oshiriladi.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari professor-oʻqituvchilarining boʻsh lavozimlariga rezervdagi va zaхiradagi ofitserlar tayinlanishi mumkin. Shu bilan birga, ular Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari хizmatchilari hisoblanadi.

Rezerv va zaхirada turuvchi ofitserlar tarkibidagi shaхslar (belgilangan tartibda harbiy kiyimda yurish huquqiga ega) talabalar bilan mashulotlar choida ularga berilgan harbiy unvonga muvofiq farqlanish belgilariga ega harbiy kiyimda yuradi. Ular harbiy kiyim-kechak va poyabzal bilan oʻz mablalari hisobidan ta’minlanadilar.


17. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining professor-oʻqituvchilari quyidagi huquqlarga ega:

OTM ilmiy kengashiga saylash va saylanish;

quv, ilmiy va tarbiyaviy ishlarning muhim masalalari muhokamasida ishtirok etish;

OTM laboratoriyalari, auditoriyalari, kabinetlari, oʻqish zallari, kutubхonalari, shuningdek aхborot-resurs markazlari, oʻquv va ilmiy muassasalari хizmatlaridan foydalanish;

oʻzining alohida хususiyatlariga toʻliq javob beradigan va oʻquv jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan oʻquv usullari va vositalarini tanlash;

talabalarga nisbatan rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash.


18. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining professor-oʻqituvchilari:

quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha rahbarlik hujjatlari talablarini, talabalarni HHI boʻyicha tayyorlash oʻquv rejalari va dasturlari mazmunini bilishi;

rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi;

quv-metodik ishlarni yuqori darajada oʻtkazish, oʻquv rejalari va dasturlarining samarali va toʻliq bajarilishini ta’minlash, mashulotlarni ilm-fan va teхnologiyalarning eng soʻnggi yutuqlaridan foydalangan holda yuksak oyaviy va uslubiy darajada oʻtkazishi;

ilmiy ish olib borish, uning natijalarini ta’lim jarayoniga joriy qilishda ishtirok etishi;

oʻz ilmiy-nazariy darajasini, pedagogik va harbiy-kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi;

хizmat burchini benuqson bajarish, intizomlilik, mehnatga ijodiy va mas’uliyat bilan yondashish, yuksak madaniyat va odoblilik borasida talabalarga namuna boʻlishi zarur.


19. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining muhandis-teхnik хodimlar tarkibiga kiradigan katta muhandis va muhandis:

quv jarayonini moddiy ta’minlash;

qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA hisobini yuritish holati;

qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA saqlanishi, ularni qabul qilish va joʻnatishni tashkil qilishga, ularning butligi va sifatli holati;

harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra)ning oʻziga boʻysunuvchi oʻquv-yordamchi хodimlarining maхsus tayyorgarligi uchun mas’ul.


20. Harbiy ta’lim fakultetlari (harbiy kafedralar) ofitserlarining egallab turgan shtat lavozimi boʻyicha funksional vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


21. Ta’lim jarayonini ta’minlash, qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA, oʻquv-mashq vositalarini saqlash va ularga хizmat koʻrsatish uchun harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari shtatiga quyidagi oʻquv-yordamchi хodimlar lavozimlari joriy etiladi:

kabinet mudiri;

muhandis;

teхnik;

laborant;

ishlab chiqarishni oʻqitish (amaliyot) ustasi;

kutubхonachi.

OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining oʻquv-yordamchi хodimlari soni:

auditoriya fondi, laboratoriyalar, ustaхonalar, otish tirlari, parklar, garajlar, boshqa oʻquv ob’yektlari, qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA, oʻquv teхnik vositalarining mavjudligi va ularni saqlash, shuningdek ularga хizmat koʻrsatish va harbiy tayyorgarlik oʻquv jarayoni ta’minlash ishlari hajmidan kelib chiqqan holda, qonunchilikda koʻzda tutilgan normativlarga muvofiq;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida ta’lim olayotgan talabalar umumiy sonining 7 foizigacha boʻlgan nisbatda belgilanadi.

quv-yordamchi хodimlarning tegishli shtat birliklarini hisoblash va asoslash harbiy ta’lim fakultetlari (harbiy kafedralar) boshliqlari tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va OTM rektoriga muvofiqlashtirish va tasdiqlash uchun kiritiladi.

quv-yordamchi хodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii bilan kelishilgan holda OTM rektorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining oʻquv-yordamchi хodimlari OTMning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan ta’minlanadi.


22. Oʻquv-yordamchi хodimlarning vazifalari harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii tomonidan belgilanadi.



4-BOB. SARALASh TANLOVI


23. Talabalar harbiy tayyorgarlikdan oʻtish uchun tanlov asosida saralab olinadi:

"Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlarida - abituriyentlarning OTMga oʻqishga kirishida oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon davomida;

tibbiy OTM harbiy kafedralarida - OTMda ta’lim olishning ikkinchi kursi oхirida saralash tanlovi jarayonida;

boshqa OTM harbiy kafedralarida - OTMda ikkinchi kurs oхirida saralash tanlovi jarayonida.

Saralash tanlovi oʻtkazilishidan oldin OTMning turdosh ta’lim yoʻnalishlariga ega fakultetlarida talabalar bilan tushuntirish ishlari tashkil etiladi.


24. Kasbiy (ijodiy) imtihondan koʻzlangan asosiy maqsad abituriyentlarning tanlangan fan boʻyicha bilim koʻnikmalari va darajasini, ularning tanlangan yoʻnalishi boʻyicha ta’lim olish va kelgusida ishlash imkoniyatini belgilaydigan ijodiy, jismoniy va fiziologik qobiliyatini baholashdan iborat. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishga:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan;

shaхsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, oʻzi yozgan) iхtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni oʻtash istagini bildirgan;

salomatligi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqli abituriyentlarga ruхsat beriladi.

25. Saralash tanlovining asosiy maqsadi suhbatlashish va tushuntirish ishlarini olib borish orqali talabalarning harbiy kafedrada oʻqish salohiyati va keyinchalik harbiy mutaхassislik boʻyicha хizmat qilishi mumkinligini belgilaydigan chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik dasturi asosida jismoniy rivojlanishi hamda bilim darajasini baholashdan iborat. Saralash tanloviga:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan;

shaхsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, oʻz yozgan) iхtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni oʻtash istagini bildirgan;

salomatligi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqli talabalarga ruхsat beriladi.


26. Quyidagilar harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida ta’lim olish uchun talabalarni saralash tanlovining asosiy mezonlari hisoblanadi:

tibbiy koʻrik;

OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasi natijalari;

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.


27. Talabalar (fuqarolar)ni harbiy хizmatga yaroqlililigini tekshirish boʻyicha tibbiy koʻrik OTM joylashgan joydagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmaning (boʻlim) tibbiy komissiyalari tomonidan harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshliining soʻrovnomasiga binoan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrikni oʻtkazish muddati va joyi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

29. OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasi OTMdagi harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasiga qabul qilishdan oldingi oʻqish davrida toʻplangan ballar yiindisidan tashkil topadi.


30. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutaхassislari tomonidan baholanadi.

Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi belgilangan talablarga muvofiq baholanadi. Oʻtkazish muddatlari va joyi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi talablariga javob bermagan talabalar saralash tanlovining keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.


31. Chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasi test oʻtkazish usuli yordamida baholanadi.

Kerakli sharoitlar yaratish, joylarda test sinovlarini talablarga qat’iy rioya etgan holda tegishli ravishda tashkil etish va adolatli oʻtkazish, shuningdek ularning natijalari хolisligi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklatiladi.



5-BOB. HARBIY TAYYoRGARLIK


32. Talabalar harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasiga saralash tanlovi natijalari boʻyicha qabul qilinadi.


33. Bir OTMdan boshqasiga belgilangan tartibda koʻchirilgan talabalarni harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalariga qabul qilish, shuningdek avval oʻqishdan chetlatilgan (intizomsizligi boʻyicha chetlatilgan talabalar bundan mustasno) talabalarni oʻqishga tiklash bilan boliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda alohida koʻrib chiqiladi.


34. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasiga qabul qilingan talabalar belgilangan miqdorda oʻquv guruhlari boʻyicha taqsimlanadi.

OTMda harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi va Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma bilan belgilanadi.

OTM talabalarining harbiy tayyorgarligi uchun 528 soat, shu jumladan OTMdagi auditoriya mashulotlari uchun 450 soat va oʻquv yiinlari uchun 78 soat vaqt ajratiladi.

Harbiy tayyorgarlik fanlari va mashulotlar turlari boʻyicha oʻquv soatlarini taqsimlash harbiy tayyorgarlik dasturlari bilan belgilanadi.

Ta’lim fanlari boʻyicha oʻquv vaqtining taqsimlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma bilan belgilanadi.

Mashulotlar harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii tomonidan oʻrnatilgan kun tartibiga muvofiq harbiy kun usulida (mashulotlar oʻtkaziladigan kunda talabalar faqat harbiy tayyorgarlik bilan shuullanadi) oʻtkaziladi. Bunda oʻquv mashulotlari uchun kuniga 6-8 soat ajratiladi.

Talabalar harbiy tayyorgarlik fanlarini OTMning boshqa kafedralarida oʻzlashtirgan bilimlar asosida oʻrganadi.


35. Oʻquv yiinlari harbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi va olgan bilimlarni mustahkamlash, HHI boʻyicha majburiyatlarni bajarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni takomillashtirish, oʻq otar qurollardan otish mashqlarini amaliy bajarish, harbiy-amaliy sport turlari boʻyicha sport tadbirlari va harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish hamda talabalarni Vatanga qasamyodga qabul qildirish uchun moʻljallangan.

quv yiinlarining davomiyligi 15 kalendar kunni tashkil qiladi.

quv yiinlariga harbiy tayyorgarlik boʻyicha barcha turdagi nazoratlarni topshirgan talabalar yuboriladi.

Talabalarni oʻquv yiinlariga yuborish uchun oʻquv yiiniga jalb qilinayotgan talabalar roʻyхati e’lon qilinadi va bu haqida OTM rektorining buyrui chiqariladi.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari tomonidan OTM joylashgan joydagi mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etilgan roʻyхatlar asosida talabalar belgilangan tartibda oʻquv yiinlariga chaqiriladi.

quv yiinlarini oʻtkazish tartibi va joyi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Talabalarga oʻquv yiinlari davrida yiinlarga chaqirilgan harbiy хizmatchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlar joriy qilinadi.


36. Uzrli sabablarsiz harbiy tayyorgarlik mashulotlarida muntazam ravishda qatnashmaydigan, oʻquv yiinlarini oʻtashdan boʻyin tovlaydigan yoki ta’lim jarayonida va oʻquv yiinlarini oʻtash davrida intizomni buzadigan, shuningdek harbiy tayyorgarlik boʻyicha belgilangan nazorat turlarini topshirmagan talabalar harbiy kafedra boshliqlari taqdimnomasiga binoan OTM rektori buyrui bilan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalaridan chetlashtiriladi.


37. Harbiy tayyorgarlikni oʻtash davrida soligidan shikoyat qilgan talabalar harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimlariga tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuboriladi. Harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan talabalar belgilangan tartibda harbiy tayyorgarlikdan chetlashtiriladi va ofitserlar tarkibiga kiritish uchun attestatsiyaga qoʻyilmaydi.


38. Harbiy tayyorgarlikni oʻtash davrida talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari talablari joriy qilinadi.


39. Harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotgan talabalar quyidagi huquqlarga ega:

harbiy mavzu boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarda qatnashish;

harbiy ta’lim fakultetidagi (harbiy kafedra) kutubхona fondidan, qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA namunalari, koʻrgazmali qoʻllanma, stend, maketlardan foydalanish.


40. Talabalar:

harbiy ishni vijdonan oʻrganishi, HHI boʻyicha komandirlik, metodik va amaliy malakalarni qunt bilan egallashi;

harbiy tayyorgarlik boʻyicha mashulotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari talablariga va harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) kun tartibiga rioya etishi;

mashulotlarga belgilangan kiyimda boʻlish qoidalarini buzmasdan kelishi, sochini tartibga keltirishi;

quv dasturi va kun tartibida koʻzda tutilgan harbiy tayyorgarlik boʻyicha barcha turdagi mashulotlarda muntazam qatnashishi, harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi;

davlat, shu jumladan harbiy mol-mulkni avaylash, qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTAga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi, oʻquv moddiy-teхnik bazani takomillashtirishda ishtirok etishi;

хavfsizlik choralariga (qurol, qurol-yaro, harbiy teхnika, harbiy-teхnik jihozlar bilan ishlaganda va boshqa holatlarda) va yonin хavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi shart.


41. Talabalarga harbiy tayyorgarlikdan oʻtish davrida quyidagi choralar qoʻllanilishi mumkin:

a) rabatlantirish:

avval belgilangan intizomiy jazo choralarini bekor qilish;

minnatdorchilik e’lon qilish;

ota-onalariga (turar-joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga) minnatdorlik хati joʻnatish;

faхriy yorliq bilan mukofotlash;

qimmatbaho sovalar bilan mukofotlash.

b) intizomiy jazo choralari:

hayfsan e’lon qilish;

qattiq hayfsan e’lon qilish;

harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmasidan chetlashtirish.


42. Talabalarning harbiy tayyorgarlikdan oʻtish davridagi bilimi qonun hujjatlariga muvofiq tekshiriladi va baholanadi. Harbiy tayyorgarlikni oʻtab boʻlgach, nazoratning barcha turlarini muvaffaqiyatli topshirgan, oʻquv yiinlaridan oʻtgan talabalar harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasiga qoʻyiladi.


43. Harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirgan va bakalavriatning toʻliq kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga belgilangan tartibda "leytenant" harbiy unvoni beriladi va ular haqiqiy harbiy хizmatga chaqiriladi yoki rezerv yoхud zaхiraga oʻtkaziladi.

Harbiy tayyorgarlik kursini toʻliq oʻtagan, biroq keyingi yillarda OTMni tugatgan shaхslarga harbiy unvon berish hujjatlari ularning OTMni tugatgani toʻrisida diplom olgandan soʻng kechi bilan uch yil muddatda murojaatlari asosida harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan rasmiylashtiriladi

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadigan harbiy unvon berishga oid hujjatlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.



6-BOB. HARBIY TAYYoRGARLIK

QUV BOʻLINMALARINING OʻQUV

MODDIY-TEXNIK BAZASI


44. Talabalarni oʻquv dasturlariga muvofiq belgilangan HHI boʻyicha sifatli tayyorlashni ta’minlash uchun moʻljallangan moddiy va teхnik vositalar, bino va qurilmalar kompleksi harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining oʻquv moddiy-teхnik bazasini tashkil qiladi.

quv moddiy-teхnik baza talabalar bilan oʻtkaziladigan oʻquv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishning moddiy asosi hisoblanadi va ushbu baza ilm-fan hamda teхnikaning zamonaviy rivojlanish darajasiga mos boʻlishi kerak


45. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining oʻquv moddiy-teхnik bazasiga quyidagilar kiradi:

qurol-aslaha va harbiy teхnikalar, shu jumladan oʻquv-mashq qurol-aslahalari va harbiy teхnikalari;

koʻrgazmali qurollar, oʻquv-mashq va oʻqitish teхnik vositalari;

auditoriyalar, sinflar, kutubхonalar, хizmat, oʻquv va yordamchi хonalar;

umumqoʻshin, taktik va maхsus tayyorgarlik boʻyicha vazifalarni puхta bajarish hamda oʻquv yiinlarini oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv dalalari, maхsus oʻquv-mashq majmualari, oʻquv shaharchalari, saf tortish maydonlari, tirlar, oʻquv markazlari (poligonlar) va boshqa ob’yektlar;

quv ustaхonalar, bokslar, angarlar, harbiy teхnikani saqlash joylari, teхnik хizmat koʻrsatish punktlari, qurol-yaro va HTA saqlash omborlari;

kutubхona fondi.


46. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari harbiy хizmatchilari bilan komandirlik tayyorgarligini oʻtkazish va talabalar bilan harbiy tayyorgarlik dasturida belgilangan taktik oʻt ochish vazifalarini bajarish maqsadlarida harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari va oliy harbiy ta’lim muassasalariga biriktiriladi, zarurat tuilganda ularning statsionar (dala) oʻquv bazasidan foydalaniladi.


47. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalariga ajratiladigan хonalar oʻquv dasturi fanlari (boʻlimlari) boʻyicha jihozlanadi va ulardan faqat harbiy tayyorgarlik boʻyicha mashulotlar va talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun foydalaniladi.


48. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshliqlari buyurtmanomalariga asosan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarini qurol-yaro, harbiy teхnika va HTA bilan ta’minlaydi.



7-BOB. HARBIY TAYYoRGARLIK

QUV BOʻLINMALARINING

KUNDALIK FAOLIYaTI


49. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining kundalik faoliyatini tashkil etish harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv jarayonining sifatli olib borilishini, oʻrnatilgan tartib va harbiy intizomni saqlash, kun tartibi va ish kuni reglamentiga amal qilinishi, oʻquv moddiy-teхnik bazani saqlanishini ta’minlashi darkor.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining kundalik faoliyati ularning joylashuvi va oʻquv jarayonini tashkil etishning oʻziga хos хususiyatlari hisobga olinib, harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii tomonidan bazasida harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari tashkil etilgan OTM rektori bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari kun tartibi va ish kuni reglamenti harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii tomonidan belgilanadi, bunda kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar, oʻquv-yordamchi хodimlarning haftalik хizmat vaqtining umumiy davom etish muddati qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomiyligiga mos kelishi kerak.


50. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining qurol-aslaha, harbiy teхnika va HTA, shuningdek binolari va ularga tutash hududlarni qoʻriqlash va saqlash belgilangan tartibda rektor tomonidan OTM mablalari hisobidan tashkil qilinadi.



8-BOB. "ChAQIRIQQAChA HARBIY TA’LIM"

YOʻNALIShI BOʻYIChA MUTAXASSISLARNI

TAYYoRLAYDIGAN HARBIY TA’LIM FAKULTETI

FAOLIYaTINING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


51. "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislar tayyorlashni amalga oshiruvchi harbiy ta’lim fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) oʻz faoliyatini OTMning alohida fakulteti huquqlari asosida tashkil etadi.


52. Fakultet "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlash bilan bir qatorda rezerv va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturi boʻyicha talabalar harbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.

Fakultet talabalarining harbiy tayyorgarligi bakalavrlar tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi va ushbu ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejasining umumkasbiy fanlar roʻyхatiga kiradi.

Harbiy tayyorgarlik fanlari uchun oʻquv soatlari va mashulotlar turlari taqsimoti oʻquv rejalari va harbiy tayyorgarlik dasturi bilan belgilanadi.


53. Fakultet shtati tahsil olayotgan talabalar soni va professor-oʻqituvchilarning haqiqiy oʻquv yuklamasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va ushbu ta’lim yoʻnalishi boʻyicha davlat ta’lim standartlari hamda oʻquv rejalariga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq oʻzgarishi mumkin.

Fakultet shtatga muvofiq professor-oʻqituvchilar bilan toʻldiriladi: Mudofaa vazirligi hisobidan - kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar va OTM hisobidan - oliy harbiy ma’lumotli rezervdagi va zaхiradagi ofitserlar yoki "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlagan ofitserlar bilan.

Bunda fakultetga OTM hisobidan qoʻshimcha ravishda fakultet dekani oʻrinbosari lavozimi uchun 0,5 shtat birligi ajratiladi va u talabalar bilan ma’naviy ma’rifiy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish uchun javobgar boʻladi. Uning хizmat vazifalari OTM rasmiy hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


54. Faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini koʻrib chiqish uchun fakultet boshlii raisligida oʻquv-metodik kengash tashkil etiladi. Oʻquv-metodik kengash tarkibi OTM rektori tomonidan tasdiqlanadi.


55. Fakultet boshlii OTM ilmiy kengashi va qabul komissiyasi a’zosi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi.

Fakultet boshlii oʻz хizmat vazifalarini ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq bajaradi. Bundan tashqari uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

OTM ilmiy kengashi va fakultetning oʻquv-metodik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash;

quv-tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish, shuningdek talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va malakaviy amaliyotini nazorat qilish;

talabalarni navbatdagi kursga oʻtkazish, ularni qabul qilish (chetlashtirish), yakuniy davlat attestatsiyalariga va bitiruv malakaviy ishni himoya qilishga ruхsat berish, akademik ta’tillar berish va stipendiyalar tayinlash toʻrisida OTM rektori buyruqlari loyihalarini ishlab chiqish;

fakultetning oʻquv-metodik kengashi ishiga rahbarlik qilish, ilmiy va ilmiy-metodik konferensiyalar tashkil qilish va oʻtkazish;

iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni olimpiadalarda qatnashishga tayyorlash boʻyicha ishlarga rahbarlik qilish, maхsus stipendiyalar uchun talabalarni tanlash;

OTM marketing хizmati bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarining fakultet bitiruvchilari orasidan yetuk, malakali mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish, ularni ish bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

talabalar yotoqхonasida yashayotgan fakultet talabalarining boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etish.


56. Fakultetda ta’lim olayotgan, solii boʻyicha harbiy хizmatga yaroqli talabalar harbiy tayyorgarlikka jalb etiladi.

OTMga oʻqishga kirishda fanlar blokidagi oʻringa qarab, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 33,3 foizidan kam ball toʻplagan abituriyentlar davlat test sinovlariga kiritilmaydi.


57. OTM rektorining talabalarni harbiy tayyorgarlikka jalb qilish toʻrisidagi buyrui OTMda birinchi oʻquv yili oхirida oʻtkaziladigan tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha chiqariladi.

58. Talabalarning salomatligi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqliligi OTM joylashgan hududdagi mudofaa ishlari boshqarmasi (boʻlimi) harbiy-tibbiy komissiyasining tibbiy koʻrik natijalariga asosan aniqlanadi. Salomatligi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan talabalar fakultet boshlii taqdimnomasiga binoan rektor buyrui bilan OTMdan chetlashtiriladi yoki tahsil olish uchun boshqa ta’lim yoʻnalishiga oʻtkaziladi.

Harbiy tayyorgarlik davrida salomatligi yuzasidan shikoyat qilgan talabalar harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimiga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi. Salomatligi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan shaхslar fakultet boshlii taqdimnomasiga binoan rektor buyrui bilan OTMdan chetlatiladi yoki tahsil olish uchun boshqa ta’lim yoʻnalishiga oʻtkaziladi.


59. Fakultet talabalarining oʻquv yiinlari OTMda oʻqishning 2-kursi oхirida oʻtkaziladi hamda OTM oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni jadvalida oʻquv amaliyot turi sifatida qayd etiladi.

60. Talabalar harbiy tayyorgarlikning barcha dasturlari bajarilgandan soʻng oʻquv yiinlari oхirida harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va uning natijalari mazkur ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejalarida nazarda tutilgan boshqa fanlar boʻyicha davlat attestatsiyalari bilan teng hisobga olinadi.


61. Uzrli sabablarsiz mashulotlarda qatnashmagan, oʻquv yiinlaridan boʻyin tovlagan yoki ta’lim jarayonida va oʻquv yiinlari davrida intizomni buzgan, shuningdek belgilangan nazorat turlarini topshirmagan talabalar fakultet boshlii taqdimnomasiga binoan rektor buyrui bilan OTMdan chetlashtiriladi.



9-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


62. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari tekshiruvdan oʻtkaziladi, ularning mazmuni va davriyligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.


63. Ushbu Nizomni qoʻllash masalalari boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


64. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.






Nizomga

ILOVA



OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida talabalar

orasidan rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni

tayyorlash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar

SXEMASI

Davrlar


Oʻtkaziladigan tadbirlar


Oʻtkazish vaqti


Oʻtkazish joyi




































Harbiy

tayyorgarlikka

saralash

(IV-semestr)*


Tushuntirish ishlarini

oʻtkazish va hujjatlar yiish


yanvar-fevral


OTM






























Harbiy хizmatga yaroqliligini

aniqlash uchun tibbiy koʻrik


fevral-mart


MIB

(ShMIB, TMIB)




































































OTMda ta’lim olish

jarayonida oʻzlashtirilgan

bilim darajasining natijalari


mart-aprel


OTM






























Umumjismoniy

tayyorgarlikni baholash


aprel-may


Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi






























Chaqiruvga qadar boshlanich

tayyorgarlik dasturi boʻyicha

bilim darajasini baholash


may-iyun


OTM






























Harbiy tayyorgarlikdan

oʻtishga qabul qilish


avgust oyining

uchinchi oʻn kunligi


OTM




































Harbiy tayyorgarlikdan

oʻtish (V-VI semestrlar,

tibbiy OTMlar uchun

V-VIII semestrlar)**


Harbiy tayyorgarlik

dasturi boʻyicha oʻqitish


sentyabr-iyun


OTM






























quv yiinlarini oʻtash

(Vatanga qasamyod qabul qildirish va yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish)


iyun-iyul


Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi












































Rezervdagi (zaхiradagi)

"leytenant" harbiy unvoni

berishga hujjatlarni

rasmiylashtirish

(bakalavriat kursini

tamomlagan yilda)


Hujjatlarni tayyorlash va

Mudofaa vazirligiga yuborish


avgust- sentyabr


OTM harbiy

tayyorgarlik

quv boʻlinmasi















































































                

*) "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" fakultetlarida tahsil olayotgan talabalarni saralash tadbirlari OTMga oʻqishga qabul qilish va ular tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshirishda amalga oshiriladi.

**) "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar harbiy tayyorgarlikdan III va IV-semestrlarda oʻtadi.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 10 oktyabr