Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 03.10.2017 y. 222-son "Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.10.2017 y. 2303-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.10.2017 y.

N 2303-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

03.10.2017 y.

N 222


BUYRUI



"Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini

va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport

vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan

oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan

oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan

toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyruqqa

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻrisidagi nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-son "Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 2303, 2011 yil 21 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 51-son, 552-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                  P. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



"Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini

va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport

vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan

oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan

oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan

toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyruqqa

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Buyruq muqaddimasidagi "hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 maydagi 256-son "Avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997 y., 5-son, 18-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. Buyruq ilovasida:


a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnomani berish uchun

-

eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida".

b) Quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:

"8-1. Avtomototransport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnomani berish uchun

-

eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida".

v) 8-bandning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Izoh:

yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻirlangan avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi;

yoʻqotilgan avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;

yoʻqotilgan avtomototransport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.".


g) 15-banddagi "20 foizi" degan soʻzlar "70 foizi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


d) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga vaqtinchalik ruхsatnoma berish uchun

-

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida".

ye) 17-banddagi "hamda unga ogohlantirish taloni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


j) V bobning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Izoh:

yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻirlangan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikatini, shu jumladan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi;

yoʻqotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;

yoʻqotilgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida undiriladi.".


3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 17 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 23 oktyabr, 42-son, 1089-modda