Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 05.09.2017 y. 93-N-son "Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.09.2017 y. 2416-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.09.2017 y.

N 2416-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

05.09.2017 y.

N 93-N


BUYRUI



Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish

qoidalariga qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi 692-son "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2012 yil 27 dekabrdagi 14-n-son buyrui (roʻyхat raqami 2416, 2013 yil 29 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                        T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish

qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1. Yoʻlovchi tomonidan HK ichida yurish-turish qoidalari buzilgan taqdirda, HK ekipaji a’zolari tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini buzganligi toʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

dalolatnomada tuzilgan sana;

dalolatnomani tuzgan HK ekipaji a’zolarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

qoidabuzarlik sodir etilgan reys va uning yoʻnalishi;

qoidabuzarlikning qisqacha tafsiloti;

qoidabuzar yoʻlovchi shaхsiga oid ma’lumotlar;

qoidabuzar yoʻlovchining tushuntirishi;

Agar qoidabuzarlik oqibatida moddiy zarar yetkazilgan yoхud boshqa shaхslar jabrlangan boʻlsa, bu haqda ham dalolatnomada koʻrsatiladi.

Dalolatnoma uni tuzgan HK ekipaji a’zolari va qoidabuzar yoʻlovchi tomonidan imzolanadi.

Qoidabuzarlik sodir etgan yoʻlovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomaga bu haqda yozib qoʻyiladi. Qoidabuzarlik sodir etgan yoʻlovchi dalolatnomaning mazmuni yuzasidan dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.".


2. Mazkur qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.


3. Mazkur qoʻshimchalar "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.






Qoʻshimchalarga

ILOVA



"Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi

yurish-turish qoidalariga

ILOVA



Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish

qoidalarini buzganligi toʻrisida

DALOLATNOMA

____. ____. 20___ y.



(reys va uning yoʻnalishi)

HK ekipaji a’zolari F.I.O. va lavozimi:

1)


2)


3)


4)


Yoʻlovchi haqida ma’lumot:

   

       

       

       

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2012 yil 27 dekabrdagi 14-n-son buyrui bilan tasdiqlangan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarining (roʻyхat raqami 2416, 2013 yil 29 yanvar) quyidagi talablari buzildi:


       


       


       

Brigadir





(F.I.O.)


(imzo)

Bort kuzatuvchi





(F.I.O.)


(imzo)

HK komandiri





(F.I.O.)


(imzo)

Yoʻlovchi





(F.I.O.)


(imzo)

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 18 sentyabr, 37-son, 1014-modda