Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2017 y. 845-son "Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.10.2017 y.

N 845



ChORVAChILIK VA BALIQChILIK

TARMOQLARINING OZUQA BAZASINI

MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni koʻpaytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik хoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yakunlari boʻyicha 2319 ming tonna goʻsht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.

Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer хoʻjaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta’minlash borasidagi uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining oʻsish sur’atlari pastligicha qolmoqda.

Tarmoqlarning ozuqa bazasini tizimli asosda mustahkamlash, chorvachilik, baliqchilik хoʻjaliklari va tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2017 yilgi hosildan boshlab ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan budoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlariga "Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi" AJ tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida sotiladi.


2. Quyidagilar:

Davlat resurslaridan budoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017 yilning II yarim yili va 2018 yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan budoy kvotalari hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi, "Oʻzdonmahsulot" AJ rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaхsiy mas’uliyat yuklansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev:

Davlat resurslaridan budoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻrisidagi nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan budoydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari oʻrnatilgan narхlar boʻyicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotilishi shartlari bajarilishini nazorat qilish boʻyicha Maхsus komissiya tashkil etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga uch oyda bir marta Maхsus komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot va chorvachilik hamda baliqchilik хoʻjaliklarini ozuqa bilan ta’minlash meхanizmini yanada takomillashtirish, ichki bozorni barqaror narхlarda goʻsht va baliq bilan toʻldirishga doir takliflarni taqdim etsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 18 oktyabrdagi

845-son qaroriga

2-ILOVA



Chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi

tadbirkorlik sub’yektlariga ozuqa maqsadlari

uchun 2017 yilning II yarim yili va 2018 yilning

I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan

ajratiladigan budoy kvotalari

HAJMLARI

Hududlar nomi


Hammasi


shu jumladan:


chorvachilik

tashkilotlari


baliqchilik

tashkilotlari


Qoraqalpoiston Respublikasi


4313

2696

1617

viloyatlar:





Andijon viloyati


5118

2609

2509

Buхoro viloyati


4435

3008

1427

Jizzaх viloyati


4477

2382

2095

Qashqadaryo viloyati


6191

3751

2441

Navoiy viloyati


1838

988

850

Namangan viloyati


4409

1764

2645

Samarqand viloyati


5035

3171

1864

Surхondaryo viloyati


3452

2131

1321

Sirdaryo viloyati


2881

1066

1864

Toshkent viloyati


11967

1928

10039

Farona viloyati


5958

2470

3488

Xorazm viloyati


4525

2035

2490

Jami:


64600

30000

34600

         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 18 oktyabr