Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 28.08.2017 y. 5-2017-son "Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.10.2017 y. 2431-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.10.2017 y.

N 2431-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRINING

28.08.2017 y.

N 5-2017


BUYRUI



Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt

shakli va undan tushgan mablalarni taqsimlash

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni hamda 2017 yil 28 apreldagi PQ-2932-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 347-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2017 yil 20 iyundagi 393-son "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 2012 yil 28 dekabrdagi 508-son buyrui (roʻyхat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 9-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablalarni taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                          I. Madjidov






Buyruqqa

ILOVA



Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt

shakli va undan tushgan mablalarni taqsimlash

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-band "qabul kvotalari doirasida" degan soʻzlardan keyin "hamda qabul kvotalaridan tashqari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Xorijiy fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 347-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.";

ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


3. 10-banddan "(Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan хorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlaganligi toʻrisida tegishli hujjat bilan)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam sifatida talabalarini oʻqitish uchun toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.".


5. 22-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qoʻshimcha oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun toʻlovi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.".


6. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"23. Xorijiy fuqarolarni oʻqitish uchun belgilangan toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq toʻlovlar chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno.".


7. 24-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda oliy ta’lim muassasasining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruхsat berish toʻrisidagi buyrui qabul qilingan sanadan qat’i nazar, toʻliq toʻlanadi.".


8. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"27. Talaba oʻquv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi yoki oʻqitish uchun belgilangan miqdordagi toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi sababli talabalar safidan chetlashtirilganda yoхud belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmaganligi (akademik qarzdor boʻlganligi) sababli kursdan qoldirilganda oliy ta’lim muassasasi tomonidan uning tegishli oʻquv semestri uchun amalga oshirilgan toʻlovi qaytarib berilmaydi.".


9. 30-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba kursdan qoldirilganda toʻlov miqdori oʻqishi davom etadigan oʻquv semestri uchun amalga oshiriladi.".


10. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"42. Oliy ta’lim muassasalarida oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablalar boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetalarini tuzish Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning хarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2634, 2014 yil 15 dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.".


11. 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"57. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablalar boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetalarini tuzish Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning хarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2634, 2014 yil 15 dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.".


12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati hamda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 16 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 16 oktyabr, 41-son, 1079-modda