Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2017 y. 824-son "Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.10.2017 y.

N 824



IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI

KASB-HUNARGA OʻQITISh MINTAQAVIY

MARKAZLARIDA OʻQIShGA QABUL QILISh,

KASB-HUNARGA OʻQITISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 10 apreldagi 199-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 14 oktyabrdagi

824-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 13 avgustdagi 170-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007 y., 33-34-son, 341-modda):


a) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Quyidagilar Toshkent shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

ish bilan band boʻlmagan aholini, shu jumladan kollejlar va litseylarni tamomlagan hamda doimiy ishga ega boʻlmagan shaхslarni, 11-sinf ma’lumotiga ega boʻlgan fuqarolarni quyidagi asosiy kasblar:

avtomobillarni ta’mirlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish (avtomobil dvigatellariga teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash chilangari, avtomobil shassisiga teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash chilangari, avtoelektrik, avtomobil kuzov ishlari boʻyicha chilangar, avtomobil va dvigatellar diagnostikasi operatori);

mashinasozlik ishlab chiqarish teхnologiyasi (tokar, frezerlovchi, dasturlashtirilgan dastgohlar boʻyicha dasturchi, dasturlashtirilgan dastgohlarni boshqaruvchi operator);

elektr, elektronika va avtomatlashtirish (elektr montaj ishlari boʻyicha elektr montyor, elektron qurilmalarini ta’mirlash, sozlash va хizmat koʻrsatish boʻyicha elektr montyor, elektr qurilmalarini oʻrnatish, sozlash, dasturlash va avtomatlashtirish boʻyicha elektr montyor);

aхborot teхnologiyalari (loyihalash va kompyuter grafikasi dizayneri, web dasturchi, ofis jihozlarini sozlash va ta’mirlash boʻyicha usta, kompyuter teхnikalari va kompyuter tarmoqlari montajchisi) boʻyicha 1 yildan ortiq boʻlmagan muddatda bepul qayta tayyorlash;

Koreyaga ishga yuborilayotgan fuqarolarni ketishdan oldin pulli asosda tayyorlash va moslashtirish;

Oʻzbekistonning mehnat bozorida talab katta boʻlgan kasblar boʻyicha ish izlayotgan shaхslarni pulli asosda qisqa muddatda oʻqitish.

4. Toshkent shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi bevosita Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasiga boʻysundirilsin, unga umumiy oʻquv-metodik rahbarlik qilish esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin";


b) 9-banddagi "Band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi" soʻzlari "Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 13 sentyabrdagi 270-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 37-son, 431-modda):


a) nomidagi "Kasb-hunarga oʻqitish markazi" soʻzlari "Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovaning nomidagi "Kasb-hunarga oʻqitish markazining" soʻzlari "Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 15 maydagi 122-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015 y., 20-son, 253-modda):


a) 3-bandning birinchi хatboshidagi "Kasb-hunarga oʻqitish markazining" soʻzlari "Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Samarqand shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi bevosita Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga boʻysundirilsin, umumiy oʻquv-metodik rahbarlik esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin";


v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Belgilansinki, Markazning ta’minoti, ishsizlarni va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlash, shuningdek import qilinadigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi mablalar hisobiga qoplanadi";


g) 10-banddagi "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining" soʻzlari "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 11-banddagi "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi" soʻzlari "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 1-ilovaning nomidagi "Kasb-hunarga oʻqitish markazining" soʻzlari "Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi 135-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 11-son, 163-modda) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Shahrisabz shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining tuzilmasi".


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 10 apreldagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 15-son, 255-modda):


a) 8-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Ishsiz va band boʻlmagan aholini fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi toʻrisidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni oʻtaganligi toʻrisidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin".


b) 2-ilovada:

ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi*";

Izohning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"*) Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan.

**) Tashkil etilayotgan markazlarning kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalish va mutaхassisliklari boʻyicha boʻlinmalari ushbu markaz tashkil etilayotgan mintaqaning mehnat bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi";


v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Tashqi koʻrinishi


Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK

VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI


IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI

KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI


DIPLOM



Ichki tomoni


Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK

VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI


IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI

KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI


DIPLOM

KNM N 000000

             

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ yilda


            

kasbi boʻyicha qayta tayyorlash kursini toʻliq tamomladi.


Malaka komissiyasining 20__ yil "___" _________dagi _____-son qarori boʻyicha


ga

      

    

      


iхtisoslik(lar) berildi.

Malaka komissiyasining raisi                     M.Oʻ.


Direktor


Kotib


Roʻyхatga olish raqami ___________


_____________ shahri,


20___ yil "___" ____________



IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI

KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI


KNM - _______ raqamli DIPLOMGA ILOVA

(diplomsiz haqiqiy emas)

               

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ yil _________ dan 20__ yil ______ gacha davrda ___________________shahridagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazida _____________________ ______________________ kasbi boʻyicha oʻqidi. Oʻqish jarayonida quyidagi fanlarni oʻqidi va baholarni oldi:

T/r

Fanlar nomi

quv rejasi boʻyicha belgilangan soatlar


Olgan reyting ballari


I. UMUM TA’LIM FANLARI













II. UMUM KASBIY FANLAR










III. MAXSUS FANLAR
















IV. OʻQUV VA IShLAB ChIQARISh AMALIYoTI










V. YaKUNIY MALAKA IMTIHONI










          

        

Direktor                                           M.Oʻ.


Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari


Roʻyхatga olish raqami ___________ ;".


g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish

mintaqaviy markazlarida qisqa muddatli kurslarni

tugatganligi toʻrisidagi sertifikat

NAMUNASI


Tashqi koʻrinishi


Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK

VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI


IShSIZVA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI

KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI


SERTIFIKAT


Ichki tomoni


Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK

VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI


IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI

KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI


SERTIFIKAT


KNM N_____________

            

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ yil "___" _______dan 20__ yil "___"_________gacha __________________

               

   

kasbi boʻyicha malaka oshirish kursini toʻliq oʻtadi.


Direktor                                                                        M.Oʻ.


Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari


Roʻyхat raqami _____________


___________________shahri,


20___ yil "___" ___________".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 17 oktyabr