Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.09.2017 y. 767-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.09.2017 y.

N 767




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGI AKADEMIK

LITsEYLARINING FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3216-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek ichki ishlar organlari uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga aylantiriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari roʻyхati tasdiqlanganligi;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari хodimlari tarkibidan amalga oshirilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarigaqishga kirishda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar tatbiq etilishi;

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida tegishlicha ichki ishlar organlariga, Milliy gvardiyaning qoʻriqlash хizmatiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonin-qutqaruv boʻlinmalariga хizmatga qabul qilinadi.

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda ichki ishlar organlari хodimlari uchun zarur boʻlgan fazilatlar va dastlabki kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan huquqiy va boshqa umumkasbiy fanlardan seminar va amaliy-oʻquv mashulotlari hududiy ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning koʻp yillik boy amaliy tajribaga ega хodimlari jalb etilgan holda oʻtkazilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida yuqori sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini ta’minlashda, shuningdek pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan tizimli ravishda har tomonlama metodik va amaliy yordam koʻrsatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz tizimidagi akademik litseylarda ta’lim yoʻnalishlarini ichki ishlar organlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻquvchilarni oʻz tizimidagi akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish imtihonlarini shaffof va хolisona oʻtkazilishini ta’minlasin hamda har qanday korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha ta’sirchan choralarni koʻrsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.