Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.10.2017 y. PF-5200-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.10.2017 y.

N PF-5200



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 29 maydagi PF-5059-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 maydagi PQ-3016-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 9 oktyabrdagi

PF-5200-sonli Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ""Oʻztransgaz" aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 8 avgustdagi PQ-438-sonli qarori 2-bandining beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"zamonaviy hisoblash jihozlari va usullarini joriy etgan holda gazning qat’iy hisobga olinishi, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish choralari koʻrilishini ta’minlash".

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 sentyabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida хizmatni oʻtash toʻrisidagi Nizomda:


a) mazmuni quyidagicha 5-1-bandi bilan toʻldirilsin:

"5-1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida хizmatni oʻtash mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida хizmatni oʻtash toʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi";


b) 55-bandi mazmuni quyidagicha хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi хodimlarining rotatsiya tartibi Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda belgilanadi".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi PQ-2800-sonli qarori bilan tasdiqlangan forma kiyimida yurish nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyхati 4-bandining "Vazirlik, idora va tashkilot nomi" grafasidagi "Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlarni moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi" soʻzlari bilan almashtirilsin.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 9 oktyabrdagi

PF-5200-sonli Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 29 dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toifalashtirilgan sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida" 2014 yil 9 sentyabrdagi PQ-2234-sonli qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 10 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 10-son, 648-modda