Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 y. 865-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.10.2017 y.

N 865




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT VAZIRLIGI

HUZURIDA JISMONIY TARBIYa VA OMMAVIY

SPORTNI RIVOJLANTIRISh KENGAShINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq

va sifatli bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni talablari hayotga toʻlaqonli joriy etilishini ta’minlash.


4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 oktyabrdagi

865-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya

va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining

TARKIBI

       

Narbayeva T.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Kengash raisi

Isroilov Sh.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

Aхmatdjanov U.M.

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari

Mominjanov Sh.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari

Nabiyev D.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari

Xolmuхamedov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari

Nazarbekov O.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Basitхanova E.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

Sattarov D.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

Rafikov Q.M.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


Djalilov Sh.I.

-

Oʻzbekiston "Nuroniy" jamarmasi raisi

Mirzajanov A.X.

-

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining oʻrinbosari

Xudoyberganov K.S.

-

Oʻzbekiston sport tashkilotlari faхriylari kengashi raisi

Nurmatova Sh.O.

-

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Zufarov M.M.

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari

Toyirov T.A.

-

Oʻzbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

Qodirov E.I.

-

Oʻzbekiston "Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

Xaitov T.Sh.

-

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim oʻquv yurtlari oʻquvchilari hamda talabalarining Respublika "Talaba" sport uyushmasi ijrochi raisi

Ismoilov A.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlii

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

Lavozimi boʻyicha

-

Respublika iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internati direktori

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Jismoniy tarbiya ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlii

Lavozimi boʻyicha

-

Sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) raislari oʻrinbosarlari, bosh kotiblari, ijrochi direktorlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari

             

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar Kengash tarkibiga kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 oktyabr