Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.10.2017 y. 865-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 oktyabrdagi

865-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va

ommaviy sportni rivojlantirish kengashi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, fuksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Kengash jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial idoralararo organ hisoblanadi.

Kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.


3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institulari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KENGAShNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUKSIYaLARI


5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni talablari hayotga toʻlaqonli joriy etilishini ta’minlash.


6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish sohasida:

Jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-solomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari boʻyicha хalq oʻyinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar, хotin-qizlar, keksa kishilar va qishloq aholisi orasida oʻtkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etilishiga koʻmaklash;

jismoniy va ma’naviy solom oʻsib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini rivojlantirishga, bolalarda solom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni ta’minlashda koʻmaklashish;

mamlakatda sport turlarini, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish;

jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etishda koʻmaklashish;

jismoniy tarbiya-solomlashtirish inshootlari siimidan samarali foydalanish, sport seksiyalari tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida хalqaro hamkorlikni mustahkamlashda qatnashish;

b) Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish sohasida;

davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida belgilangan talablarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va muntazam ravishda muhokama qilish;

v) Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni talablari hayotga toʻlaqonli joriy etilishini ta’minlash sohasida:

davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishida ishtirok etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;

jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilinishini tashkil etish.

Kengash oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritadi.



3-BOB. KENGAShNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda ma’lumotlarni soʻrash va olish;

jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari vakillarining aхborotlarini muntazam eshitish;

davlat organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya v sport masalalari bilan boliq faoliyati samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;

jismoniy tarbiya va sport bilan boliq ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaхassislarni jalb qilish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda faol ishtirok etgan shaхslarni rabatlantirish tashabbusi bilan chiqish;

jismoniy tarbiya va sportga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KENGASh FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


9. Kengashning rais, rais oʻrinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


10. Kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga koʻra, ammo har yilda kamida ikki marta oʻtkazadi.


11. Kengash raisi:

Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

rais oʻrinbosarlari va a’zolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Kengash yiilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;

Kengash yiilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;

Kengash ish rejalarini tasdiqlaydi.

Kengashning samarali ishlashini ta’minlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


12. Kengash raisi oʻrinbosarlari rais tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


13. Kengash ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) bajaradi.

14. Ishchi organ:

Kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;

Kengash yiilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;

Kengashning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;

ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Kengash faoliyatini tashkiliy-teхnik ta’minlashni amalga oshiradi.

Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


15. Kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari va muassasalari oʻz vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻrisida ishchi organga har oyning yigirma beshinchi kuniga qadar hisobotlar taqdim etib boradi.


16. Kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosarlaridan biri boshqaradi.

Kengash majlisi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.


17. Kengash qarorlari Kengash a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Kengash qarorlari yiilishda ishtirok etgan Kengash a’zolari tomonidan imzolanadigan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Kengash a’zolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.


18. Kengashning ish rejalari uning a’zolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Kengash yiilishida koʻrib chiqiladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


19. Kengash faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

20. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 oktyabr